TOShKENT, 22-may — Sputnik. Oxirgi 5-7 yil davomida qishloq xo‘jalik texnikasiga xizmat ko‘rsatish tizimi sekin asta turg‘ullikka tushib bordi. Uning rivojlanishiga, yagona uslubda yondoshuv bo‘lmaganligi hamda surunkali mablag‘ yetishmasligi to‘sqinlik qilib keldi, deb xabar qildi "O‘zagrotexsanoatxolding" vakili Sputnik muxbiriga.
"Mazkur tarmoqda oxirgi yo‘llarda katta muamolar to‘lanib qolganligi hammaga ma’lum. Hozirgi kunda biz yil yakuniga qadar vaziyatni tubdan o‘zgartishish bo‘yicha ishlar olib bormoqdamiz. Xususan, yil davomida 175 ta faoliyat ko‘rsatayotgan mashina-traktor parklardan 40 tasi zamonaviy yuqori unumli texnikalar bilan ta’minlanadi. Bu avvalo, g‘alla o‘rib-yig‘adigan kombaynlar, zamonaviy yuqori unumli yer haydaydigan va ag‘daradigan traktorlar, omochli traktorlar va seyalkalar", — deb ta’kidladi "O‘zagrotexsanoatxolding" AJ vakili.
Yangi dasturning ahamiyatli tomoni, bu — mashina-traktor parklarda zamonaviy ta’mirlash stansiyalar barpo etilishidir. Stansiyalar ushbu parklar o‘zida yoki bevosita dalalarda texnikalarni tuzatish ishlari amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bu o‘z navbatida fermerlar uchun ta’mirlash ishlarining tan narxi pasayadi va dalalarda ish unumdorligini oshiradi. Dalalarda ish eng qizg‘in mavsumida fermerlar uchun juda muhim bo‘ladi.
Shu bilan birga, texnik xizmat ko‘rsatish tizimi avtomatlashtiriladi. Xususan, barcha mashina-traktor parklar Toshkentda joylashgan markaziy boshqarma bilan yagona avtomatlashtirilgan tarmoqqa ulanadi. Ushbu loyihaning narxi qariyb 12 mln dollardan oshadi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil oxirida tashkil etilgan "O‘zagrotexsanoatxolding" kompaniyasi qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, sotish va servis xizmati ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashgan xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Kompaniya tarkibiga respublikaning yirik qishloq xo‘jalik mashinasozlik korxonalari kiritilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.