TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasida Toshkent davlat agrar universiteti olimlari tomonidan yaratilgan yangi limon navi taqdim etildi, deb xabar qilmoqda uz24.
Yangi limon navi juda hosildorligi bilan ajralib turadi. Oddiy usulda limon ko‘chati ko‘paytirilganda u besh yilda haqiqiy hosilga kiradi. Yangi texnologiya asosida yetishtirilgan limon ko‘chati esa to‘rt yilda hosil beradi. Mevalarining bittasi 1-2 kilogramm bo‘ladi.
Odatda bir gektar limonzordan o‘rtacha 40-45 tonna hosil olinsa, ushbu navdagi limon gektariga 70-75 tonna hosil berishi mumkin.