Fermerlar uchun yangi qonun: yo ishla, yo yerni bo‘shat

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishZagotovka sena v fermerskom xozaystve
Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2022 yilning 1-yanvaridan boshlab ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘ymagan fermer xo‘jaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Hukumat portali O‘zbekiston prezidentining "Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonini e’lon qildi.

O‘zbekiston hukumati mehnatkash dehqonlarni taqdirlaydi
Hujjatga muvofiq, 2018-yil hosilidan boshlab joriy etiladigan yangi tartiblarga ko‘ra:

fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashlarida, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi har oyda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilib boriladi;

yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishigacha bo‘lgan qat’iy javobgarlik choralari ko‘riladi.

Hujjatda 2018-2021 yillarda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi ta’kidlangan. 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘ymagan fermer xo‘jaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.

Uzum festivali - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand bog‘bonlari suvsiz yerda uzumning hosildor navlarini yetishtirmoqchi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Z.Mirzayev, J.Qo‘chqorov) har yili fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari kesimida hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida tasdiqlanishini ta’minlaydi va hududiy dasturlar asosida ishlab chiqilgan respublika miqyosidagi dasturlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kiritadi.

Yangiliklar lentasi
0