Dehqon hayotning ustuni – Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev torjestvenno vruchil nagradi ko Dnyu rabotnikov selskogo xozaystva
Shavkat Mirziyoyev torjestvenno vruchil nagradi ko Dnyu rabotnikov selskogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yangi joriy etilgan Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunida, prezident agrar sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi hamda sohada erishilgan natija va yutuqlar, kamchiliklar va kelajak rejalari haqida so‘z yuritdi.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlarini  O‘zbekistonda ilk bor nishonlanayotgan kasb bayrami kuni bayrami bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Buxorolik fermerlar mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston
1 iyuldan dehqon va fermerlarga o‘z mahsulotlarini eksport qilish huquqi berildi

Prezident o‘z tabrik so‘zida qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida xizmat qilayotgan mirishkor dehqon va fermerlar, suvchi va irrigatorlar, mexanizator va agronomlar, agrar tarmoq olimlarini sanab o‘tib, ularni o‘z yuragiga eng yaqin insonlar deb bilishini ta’kidladi.

Dehqon deganda, bepoyon dalalar, bog‘u rog‘lar, dasturxonimizdagi turli noz-ne’matlar, to‘y-tomoshalar, xursandchilik kunlarimiz, butun hayotimiz ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi,

“Shu ma’noda, dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi”, — dedi prezident.  

Shundan so‘ng, prezident uzoq yillar davomida agrar sohasida kasb bayrami bo‘lmagani va bugun ushbu bayram paydo bo‘lgani — ado etilgan xalq istagi ekanligini aytdi.

Shuningdek, prezident yil so‘ngida o‘tgan mavsumda qo‘lga kiritilgan yutuqlar ham, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham batafsil tahlil qilib sohaga tegishli yangi rejalar belgilab olish uchun o‘tkaziladigan ushbu kabi anjuman – yaxshi an’ananing qayta tiklanishi ekanligini ta’kidladi.

Agrar sohada yutuqlari

Prezident aytishiga ko‘ra, fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida O‘zbekistonda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mutaxassislari AQShda malaka oshirishadi

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari 12 mingdan ziyodi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, 6 mingdan ortig‘i — xotin-qizlar ekanligi alohida aytib o‘tildi.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari oxirgi ikki yilda 45 %ga ko‘payib – 75 mingtaga yetdi. Buning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish o‘rinlari barpo etildi.

Olib borilgan islohotlar, fermerlikning rivojlanishi natijasida 8 million 377 ming tonna g‘alla, 2 930 ming tonnadan ziyod paxta, 12 450 tonna pilla, 318 ming tonna sholi, 23 million tonna meva-sabzavot, 13 million tonna go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirildi.

Bu yil birinchi marta g‘alladan bo‘shagan qariyb 1 million gektar maydonga sabzavot, kartoshka, poliz va dukkakli ekinlar ekildi va 5,5 million tonnadan ortiq mahsulot yetishtirildi.

Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish borasida qilinayotgan ishlar ham asta-sekin o‘z samarasini bermoqda.

Obrabotka risovix poley vo Vyetname - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganadi

Masalan, ushbu yilda 96 ming gektar hosildorligi past maydonlarda paxta va g‘alla o‘rniga 32 ming gektar yerda karam, turli sabzavot va ko‘katlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar eksport qilindi. Shuningdek, 11 ming gektarda intensiv bog‘ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi.

Bu borada Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Vyetnam va Indoneziya davlatlarining ilg‘or tajribasidan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda birinchi marta shafran kabi noan’anaviy ekin ekish yo‘lga qo‘yildi, soya ekish kengaydi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot olindi va tayyor mahsulot eksport qilindi. 724 ming tonna ho‘l meva 856 million dollar valyuta evaziga chetga sotildi.

Pillachilik, yilqichilik va baliqchilik qayta tiklanmoqda

Pillachilikda ham deyarli yo‘qolib borayotgan an’analar qayta tiklandi. Qimmatbaho xom-ashyo bo‘lgan ipak yetishtirishning mutlaqo yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etildi. Birinchi marta pilladan yiliga ikki marta hosil olish tajribasi sinovdan o‘tkazildi va ijobiy natija berdi.

Selxoz dron - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqariladi

Har bir viloyatda pilla xomashosini qayta ishlab, tayyor mahsulot olish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari jalb qilinmoqda. Natijada shu yilning o‘zida ipakni qayta ishlashga ixtisoslashgan 10 dan ortiq yangi korxona ishga tushirildi.

Keyingi yillarda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish dasturlari doirasida baliq, asal yetishtiriladigan, parranda, echki, qoramol boqiladigan ko‘plab xo‘jaliklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yilqichilik tarmog‘i bo‘yicha 15 ta nasl xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 3 ming 150 dan ziyod zotdor ot boqilmoqda. Zotdor qorabayir otlarini ko‘paytirish va ot sportini rivojlantirish maqsadida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yangi yilqichilik kompleksi tashkil etildi. Toshkent viloyatida va yurtimizning boshqa hududlarida ham bunday majmualar barpo etilmoqda.

Oxirgi 20-yilda e’tibordan chetda qolgan yana bir tarmoq – baliqchilik sohasini tiklash uchun “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etildi. Uning tizimiga 3 ming 600 ta baliqchilik xo‘jaligi kiritildi. Joriy yilda 580 ming gektar maydondagi tabiiy va 28 ming gektar sun’iy ko‘llarda 100 ming tonnadan ortiq baliq yetishtirildi.

Qishloq xo‘jaligi - Sputnik O‘zbekiston
Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshiradi

Vyetnam va Xitoy texnologiyasi asosida intensiv usulda baliq yetishtirish, uni ko‘paytirish, baliq ozuqasi ishlab chiqarish borasida ushbu mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Yana bir muhim yo‘nalish – asalarichilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi tashkil etilib, unga asal yetishtiradigan 14 mingdan ortiq tadbirkor a’zo bo‘lib kirdi.

Qishloq xo‘jaligining eng ilg‘or vakillari

Shavkat Mirziyoyev yuqorida aytib o‘tilgan salmoqli yutuqlar ortida kunda-kun tinimsiz mehnat qilayotgan, soha rivojiga umrini, butun hayotini bag‘ishlayotgan insonlar turganini aytib o‘tdi.

“Ayniqsa, O‘zbekiston Qahramonlari Azim Latipov, Avaz Ergashev, Anorboy Eshmatov, Parda Ziyodov, Sarsenbay Seytnazarov, Do‘stmurod Abdullayev, Isaxon Bahromov, Siyosatxon Abdullayeva, Avaz Hosilov, Gulmat Hayitmetov, Sharifboy Rajabov, Ahmad Narzullayev, Abdumurod Bozorov, Abdurayim Homidov, Patilaxon Ergasheva, Xalchaxon Mirzayeva, To‘ra Narziyev kabi fidoyi yurtdoshlarimiz haqida har qancha gapirsak arziydi”, — dedi prezident

Davlat ko‘magi

Sabzavot bazasidan mahsulot olib chiqish - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi hajmini oshirishga kelishib olishdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hukumati fermer xo‘jaliklari va umuman, qishloq xo‘jaligi sohasi davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularga barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilayotganini aytib o‘tdi.

Xususan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining barcha xarajatlari to‘liq davlat budjeti hisobidan qoplanayotganini hamda ushbu qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil olishda muhim omil bo‘layotganini aytib o‘tdi.

“Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta’minlash maqsadida har yili davlat budjetidan 2 trillion so‘mdan ortiq, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun 400 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilmoqda”, — dedi prezident.  

Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat budjetidan mablag‘ ajratish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Agar 2008-yilda ushbu maqsadlar uchun 80 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 300 milliard so‘mni tashkil etdi.

Islohotlar ilg‘or natija berdi

Shundan so‘zng prezident paxta yetishtirishda yuksak natijalarga erishgan fermerlarni sanab o‘tdi. Gektaridan o‘rtacha 50 sentnerdan ziyod hosil olgan fermerlar 1 ming 121 tani, 45 sentnerlik marrani egallagan fermerlar – 2130 tani, 40 sentnerchilar — 7208 tani tashkil etgan. Bu paxtachilik bo‘yicha o‘z tajriba maktabini yaratayotgan fermerlar ko‘payib borayotganidan dalolat beradi.

Karam yetishtirish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni belgilandi

Joriy mavsumda Amudaryo, Buloqboshi, Paxtaobod, Vobkent, Buxoro, Mirishkor, Nishon, Qiziltepa, Mingbuloq, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Jarqo‘rg‘on, Yuqorichirchiq, Bog‘ot, Xonqa, Qo‘shko‘pir tumanlarida paxtadan mo‘l hosil olindi.

Paxta yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan Amudaryo tumanidagi “Amudaryo sohili” fermer xo‘jaligi rahbari Islombek Matkarimov, Mirishkor tumanidagi “Turdiali bobo” fermer xo‘jaligi rahbari Abduvohid Begaliyev, Peshku tumanidagi “Fattoyev” fermer xo‘jaligi rahbari Yoqub Fattoyev kabi fermerlar faoliyati tahsinga sazovordir.

G‘allachilik bo‘yicha erishgan yutuqlarimizda Beruniy, Oltinko‘l, Qo‘rg‘ontepa, Do‘stlik, Romitan, Peshku, Shahrisabz, Norin, Ishtixon, Piskent, Oltiariq, Uchko‘prik, Quva tumanlari fermerlari o‘rnak va namuna bo‘ldilar.

Eng asosiysi, bu yil yetishtirilgan g‘allaning 5 million 200 ming tonnadan ortig‘i fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholi ixtiyorida qoldirildi. Bularning barchasi dehqonlarimizning omborlari donga, ro‘zg‘orlari qut-barakaga to‘lib borayotgani, ular o‘z mehnatidan katta manfaat ko‘rayotgani, xalqimiz iborasi bilan aytganda, tom ma’noda ularning kosasi oqarayotganining amaliy dalili, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Yangi tejamkor texnologiyalar kirib kelmoqda

Suv resurslari cheklangan mintaqamizda dehqonchilik qilish, mo‘l va sifatli hosil olish qanchalar og‘ir va mashaqqatli ekanini siz, shu sohaning mohir ustalari juda yaxshi bilasiz, g‘ dedi prezident.

Yevro - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun €9,3 mlrd ajratdi

Shuning uchun suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlar qo‘llab-quvvatlanib, buning tashabbuskori bo‘lgan xo‘jalik va tashkilotlarga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar yaratib berilmoqda. Natijada bugungi kunda qariyb 240 ming gektar maydonda ana shunday texnologiyalar, jumladan, 28 ming gektar yerda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilindi.

2017 yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi sohasiga oid 5 ta qonun, 20 dan ortiq farmon va qaror qabul qilindi, 2 ta yangi qo‘mita va 3 ta uyushma tuzildi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyati tubdan takomillashtirildi.

Qishloq tumanlarida hokimlarning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi. O‘zbekiston Fermerlari kengashi O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sifatida qayta tashkil etildi.

Endi ana shunday o‘zgarishlar amaliy natija va samara berishi uchun barchamiz bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz kerak.

O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Prezident nutqining to‘liq matni bilan quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0