TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga bo‘lgan safari davomida «O‘zagrotexsanoatmashxolding» korxonasiga tashrif buyurib, u yerda dala maydonlarini uchuvchisiz apparat yordamida o‘tkazilgan monitoringi natijalari bilan tanishib chiqdi.
Kvadrokopter yordamida qishloq xo‘jalik yer maydonlarining hududi o‘lchanib, aerofotosyemki qilingan va elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilgan. Tajriba natijasida ushbu ish uchuvchisiz apparat (dron) yordamida amalga oshirish samolyotdan ko‘ra bir necha barobar samarador ekanligi aniqlangan. Masalan, 100 gektar maydonni “An-2” samolyoti yordamida o‘rganish uchun 20 soat vaqt kerak bo‘ladi. Dronlar yordamida esa ushbu ishni 4 soatda amalga oshirsa bo‘ladi. Undan tashqari maxsus dronlar paxta dalalariga dori purkash vazifasini ham samarali o‘tashi mumkinligi namoyish qilindi.
“Bunday zamonaviy uskunalar qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega. Agar bizni kealajak qizqitirsa, biz tezda ishlashning zamonaviy uslublariga o‘tishimiz kerak. Dronlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor berishimiz, ushbu maqsadda qo‘shma korxona tashkil qilishimiz va kerakli kadrlar tayyorlashimiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident e’tiboriga «O‘zagrotexsanoatmashxolding» korxonasi tomonidan 2017-2018 yillarda, Belorussiya bilan birgalkda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik texnikasi namunalari taqdim etildi hamda ushbu sohadagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
Podrobno.uz xabariga asosan.