TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Yoshlar kuni va qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma’qullangan hujjatga ko‘ra, endi 30-iyun O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni sifatida nishonlanadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 1-avgustda qabul qilingan, senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma’qullangan hujjatga ko‘ra esa dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilangan.
Ikkala Qonun ham rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.