TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Sifat bo‘yicha ikkinchi Xitoy anjumani"da ishtirok etmoqda.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish bo‘yicha xitoyliklarning tajribasini o‘rganishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik va do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha qator vazirlik va idoralar bilan muzokaralar o‘tkaziladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilning birinchi yarmida ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar almashuv hajmi 2,5 milliard dollardan ortgan.