Rossiya va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi hajmini oshirishga kelishib olishdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSabzavot bazasidan mahsulot olib chiqish
Sabzavot bazasidan mahsulot olib chiqish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq muddtaga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish dasturi haqida kelishib olishdi.

 

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib berishning uzoq muddatli istiqbollari haqida kelishib olishdi, deb xabar bermoqda Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro hamkorlik bo‘limi direktori Artem Sinamdzgvrishvili.

O‘zbekiston elchixonasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar “Hamkorlikning uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbollari, Rossiyada O‘zbekiston meva-sabzavotlari yetkizib berilayotgan hududlarni kengaytirish va tovarlar yetkizib berishga tayor O‘zbekiston korxonalarga yordam ko‘rsatish” haqida kelishiyub olishdi.  

2015 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga yetkizib berilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 10,6 %ga oshib, Rossiyaning umumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importida 0,2 % ni tashkil qildi. Import qilingan asosiy tovarlar bu sabzavotlar (31%), mevalar va yong‘oq  (24,8 %), alkogol ichimliklari (13,4 %), tamaki xom ashyosi (12,9 %), meva soklari (10,6 %).

 

Yangiliklar lentasi
0