Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshiradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishQishloq xo‘jaligi
Qishloq xo‘jaligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi yangicha uslubda, agrofirmalar tashkil qilish orqali rivojlantiriladi.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Surxondaryo viloyatida agrofirmalar MChJ ko‘rinishida tashkil qilinadi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today nashri, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asoan.

Bunday firmalar 2016-yilning 10-dekabrigacha tashkil qilinishi kerak. Ular viloyatning har bir tumanida paydo bo‘ladi. Ularning faoliyati “O‘zagroeksport”, Kichik biznes eksport fondi va Milliy bankning poytaxt bo‘limlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Ularni rivojlantirish uchun, tashkil qilinganidan keyin bir oyi ichida har bir agrofirma faoliyatini yuritish uchun kamida 2 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

O‘zbekiston meva-sabzavot yetkazishning yangi tizimini yaratadi

Agrofirmalar faoliyati turli yo‘nalishlarga qaratilgan bo‘lib, ular yer va mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun dehqon xo‘jaliklari bilan chambarchas bog‘langan holda faoliyat yuritishadi.

Agrofirmalar dehqon xo‘jaliklariga ichki va tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish buyurtmalarini topshiradilar. Shuningdek ular dehqon xo‘jaliklarini urug‘ va ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlashadi.

Agrofirmalar meva sabzavot mahsulotlarini tayorlash, sortlarga bo‘lish va upakovka qilish bilan, hamda issiqxonalar, sovutgich kameralari va mahsulotlarni qayta ishlash sexlari qurish bilan ham shug‘ullanadi.

Agrofirmalar hududda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Respublika va chet mamlakatlar bozorlarida sotish bilan ham shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0