TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Namangan, Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarining qishloq hududlarini rivojlantirish uchun €9,3 milliard mablag‘ ajratadi, deb xabar berdi YeI matbuot xizmati.
YeI dasturiga binoan, uch yil mobaynida qishloq xo‘jaligining chorvachilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilik sohalariga yevropa texnologiyalari kiritiladi.
Ushbu loyha tashkilotchisi — Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit — GIZ). Loyhada yana Fransiya, Italiya va Bolgariya agentliklari va iqtisodiy rivojlanish markazlari qatnashadi.
Loyhaning asosiy maqsadi YeIda yaratilgan sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqish nou-xau va texnologiyalarini, mahalliy hukumat va iqtisodiy subyektlar bilan bilan birgalikda, rivojlanayotgan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga kiritish.