"Hatto prezidentni shunday kutib olishmaydi": iqtisodchi Ro‘zmetovdan Quronboyevga ochiq xat

© Foto : Iz lichnogo arxivaDavlatnazar Ro‘zmetov
Davlatnazar Ro‘zmetov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodchi Davlatnazar Ro‘zmetov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi, Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyevga ochiq xat yozdi

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Iqtisodchi Davlatnazar Ro‘zmetov Yoshlar Ittifoqiga juda katta vazifalar yuklatilganini ta’kidlab, belgilangan vazifalarni bajarish uchun deyarli barcha sharoit va imkoniyatlar berilganini e’tirof etgan hamda amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirlar yuzasidan bir qator e’tiroz va takliflarini bildirib o‘tgan.

Kampaniyabozlikka aylanayotgan masala

Keyingi paytda OAVlarda "uyushmagan yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar"ni yoritish kampaniyabozlikka aylanib bormoqda. "Uyushmagan yoshlar", "uyushmagan qizlar" degan tushuncha yoshlar siyosati sohasiga oid ilmiy amaliy va nazariy adabiyotlarning hech birida uchramaydi. Bundan kelib chiqib "uyushmagan yoshlar muammosi " degan mavhum masalani emas, balki yoshlarni dam olish va bo‘sh vaqtlarini maqsadsiz va uyushmagan holda o‘tkazishlariga barham berishdek aniq muammoning yechimini topish chora-tadbirlarini ko‘rish darkor emasmikin?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqi raisi "to‘rtinchi hokimiyat"ni yoshlar muammolarini yoritmaganlikda aybladi

To‘g‘ri uyushmagan yoshlar deganda hech qayerda ishlamaydigan va o‘qimaydigan yoshlarni nazarda tutish mumkin, ammo bizni yoshlarimiz dunyoda analogi yo‘q mahalla tizimi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston deb atalmish yurtda yashaydilar.

Holbuki har bir mahallada bevosita mahalla raisidan tashqari, ularni birlashtirishga ma’sul bo‘lgan ma’rifiy va diniy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari, raisning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, mahalla posbonlari, qolaversa profilaktika noziri faoliyat yuritadi.

Shunday ekan, biz yashash joylarida mahallaning yoshlarini har biri bilan ishlash tizimi bor davlatimizda uyushmagan yoshlar muommosi to‘g‘risida emas, balki davlatimizning yoshlarga oid siyosatini ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z xizmat vazifalariga o‘ta sovuqqonliq bilan befarq qaragan, davlat va halq ishonchini oqlamagan ma’suliyatsiz ma’sullarga chora ko‘rish masalasini ko‘tarish maqsadga muvofiq emasmi?

Menimcha, bizda qandaydir mavhum " uyushmagan yoshlar", "uyushmagan qizlar" muommolari emas, balki hech qayerda o‘qimaydigan va ishlamaydigan yoshlarimizning yashash joylarida bo‘sh vaqtlari ma’sul mutasaddilar tamonidan maqsadli tashkillashtirilmagani masalasi mavjud. 

Nikita Mendkovich - siyosatshunos - Sputnik O‘zbekiston
Mendkovich: Farg‘ona vodiysi yoshlari yollovchilar uchun qulay o‘lja

Natijada ayrim yoshlarimiz o‘rtasida milliy mafkuramizga, urf odatlarimizga, qadriyatlarimizga va dinimizga zid bo‘lgan noformal guruhlar paydo bo‘lishi, aqidaparastlikka berilib ketib turli oqimlarga va boshqa jinoyat yo‘llariga kirib ketganligi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi. Shu boisdan ham Yoshlar Ittifoqi mahalla ma’sullari va boshqa mutasaddilar bilan hamkorlikda hech qayerda o‘qimaydigan va ishlamaydigan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini aniq maqsadlarga yo‘naltirgan holda mazmunli tashkil etish va ularning ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish masalalarini yechimini topishi zarur.

Binobarin uyushmagan yoshlar muoammosi bor deyish, ayrim o‘z ishlariga noloyiq bo‘lgan, takasaltang mahalla ma’sullarining aybini yopib, respublikamizdagi mahalla tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini inkor qilish demakdir.

Sizlarda aniq Dastur bormi?

Yoshlar Ittifoqi tashkil qilinganiga mana bir yarim oydan ziyod vaqt o‘tdi hamki, tashkilotning na Ustavi, na aniq Dasturi qanday bo‘lishi yoshlarga va keng jamoatchilikka hozircha noma’lum. Shu paytgacha Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashining va bo‘limlarining birontasini ham rasmiy sayti ish boshlamagani ham menimcha tushunarsiz hol.

Eng muhimi Yoshlar Ittifoqining barcha faoliyati, jumladan, moliyaviy faoliyati ham ochiq va shaffof bo‘lishini maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Jenix i nevesta na brakosochetanii - Sputnik O‘zbekiston
Prezident tanqididan so‘ng Yoshlar Ittifoqi to‘ylarni ixchamlashtirish bo‘yicha tadbir o‘tkazdi

Yoshlar Ittifoqiga davlat tomonidan ajratiladigan milliard mablag‘larning oqilona maqsadli va muhimi samarali sarflanyotganli ko‘rsatilib borilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Koma holatida yotgan yoshlar matbuoti

Yoshlar Ittifoqining ustuvor vazifalaridan biri — koma holatida yotgan yoshlar matbuotini jonlantirish bo‘lishi lozim.

Buning uchun so‘z erkinligini ta’minlash, bo‘layotgan o‘zgarishlarni chuqur tahlil qiluvchi publikatsiyalar yozayotgan jurnalistlar, gazeta va jurnallar rag‘batlatirib borilishini ta’minlash kerak.

Jurnalist - Sputnik O‘zbekiston
OAV: O‘zbekistonda jurnalistika sohasi islohga muhtoj
Yoshlar mavzusiga ixtisoslashgan OAVga Yoshlar Ittifoqi tamonidan grantlar ajratish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Hatto prezidentni shunday kutib olishmaydi yoxud Qahramon Quronboyevga savol

"Yoshlar Ittifoqi" faollarining ishi ko‘z qisib suratga tushishdan iboratmi?

Yaqinda yo‘lga chiqqan 6 vagondan iborat taviqot poyezdiga millionlab, (agar milliardlab bo‘lmasa) mablag‘larni sarflanishi kutilgan samarani berarmikan?

Poyezd - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqi "Targ‘ibot poyezdi" yordamida uyushmagan yoshlar bilan ishlamoqchi
Yoshlar Ittifoqining fesybukdagi sahifasida Gulchehra Ashurovaning yozishicha, maqsadi "O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini targ‘ib etish, yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, demokratik o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ularda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish va ijtimoiy faolligini oshirish, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalana olish mas’uliyati ularning o‘z zimmasida ekanligini atroflicha tushuntirish orqali yoshlar o‘rtasida boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, diniy ekstremistik oqimga xayrixoh oila farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashishdan iborat" (e’tibor bering yoshlarning muommolarini joylarda o‘rganish to‘g‘risida biron so‘z deyilmaydi) bo‘lgan tashviqot poyezdiga sarflanadigan millionlardan samara berishiga ishonish qiyin.

Chunki Yoshlar Ittifoqining sahifasiga qarang, tashviqot poyezdini tashrifi faqat ko‘z ko‘z qilib suratga tushishu, yana qaysidir estrada "yulduzcha"larini reklama qilishdan iborat bo‘lib qolmoqda.

To‘g‘ri tashviqot juda muhim tadbir, ammo bu tashviqot va targ‘ibot ishlarini kecha chiqqan bir eshalon estrada "yulduzcha"lar va keraksiz dabdabalar orqali emas, har bir tuman va qishloqlarning o‘zidan yetishib chiqqan ilm-fan, adabiyot, san’at, sport, tadbirkorlik va ijtimoiy —siyosiy sohalarda o‘z o‘rnini topib, yutuqlarni qo‘lga kiritgan kishilar bilan dabdabalarsiz haqiqiy jonli uchrashuvlar tarzida o‘tkazilsa, ishoning yoshlar o‘zlarining ichidan chiqqan bu o‘z sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan kishilarga ishonadilar va havas qilib ularga ergashadilar.

Qahramon Quranboyev - Sputnik O‘zbekiston
Facebook foydalanuvchilari Qahramon Quronboyevga javob qaytarishdi
Bu esa millionlagan mablag‘larni tejashga, tejalgan mablag‘larni esa joylardagi qandaydir mavhum "uyushmagan yoshlar", "uyushmagan qizlar" mmuommolarining kampaniyabozligiga, chiroyli suratlarga tushishga emas, birinchi galda joylarda yoshlarning bandlik masalasini hal etishga sarflash imkoniyatini bermasmidi?

Tashviqot poyezdini dabdabalar bilan kutib olinishiga e’tibor bering, esiz shuncha mablag‘ aniq ishlarga emas osmonga sovurilyapti. Hatto Prezidentimizni ham bunday dabdaba bilan kutib olishmaydi!

Bilasizmi nega, chunki yurtboshimiz borgan joyida oddiy xalq bilan kutilmagan holda uchrashib, ularning haqiqiy muommolarini va dardini o‘rganishga harakat qiladi.

Prezident o‘zini bunday dabdaba bilan kutish uchun davlat mablag‘larini sarflagan amaldorni shu kuni ishdan haydagan bo‘lardi.

Keng jamoatchilikda avvaldan tayyorlangan ssenariylar o‘tadigan dabdabalar uchrashuvlar va tadbirlar qaysidir shou biznes yulduzlarini reklamasiga asosiy e’tibor berilayotganday, hamda tashkilotchilar va ishtirokchilar chiroyli rasmlarga tushib o‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘z-ko‘z qilish bilan ovora bo‘lishgandek tasavvur paydo qilyapti.

Balkim bu tasavvur tashkilotchilar joylarni bo‘lish jaronida yoshlarning haqiqiy muoammolarini o‘rganish, Yoshlar Ittifoqining kelajakdagi faoliyati to‘g‘isidagi fikrlari, takliflari bilan bog‘lik aniq tahliliy hisobotlar va xabarlar na OAVda, na ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilmayotganligi, shuningdek, juda dabdababozlikka mukkasidan ketayotganligi sabab shakklanayotgandir?

Alisher Sa’dullayev yordamga muhtoj otaxon bilan - Sputnik O‘zbekiston
Vazir o‘rinbosari Sa’dullayev kiyimini almashtirib, oddiy xalq ichiga kirib bordi
Hurmatli Yoshlar Ittifoqi kamtarlikda, xalqqa yaqin bo‘lishda, odamlar orasiga kutilmagan vaqtda va kutilmagan joyda paydo bo‘lib ular bilan hamnafas bo‘lishda Yurtboshimizdan o‘rnak olishi kerakmasmikan?

Dabdababozlikni kamaytirib, tayyor ssenariylar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan ura-ura, qarsaklar asosidagi uchrashuvlardan voz kechib, sizni kutmagan qishloqlarga borib yoshlarning haqiqiy muommolari va dardini o‘rganish asosiy maqsad qilinsa bo‘lmasmidikan?

Bandlik masalasini hal eting, Quronboyev

Yoshlar Ittifoqi, menimcha eng birinchi navbatda yoshlarning eng muhim va va birinchi galda hal qilinishi talab etiladigan bandlik masalasini hal etish chora tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi lozim. Zero unutmasligimiz kerak, birinchi Prezidentimiz tomonidan asos solingan "o‘zbek modeli"ning bosh tamoyillaridan biri "avvval iqtisod, keyin siyosat" kelib chiqsak, ushbu muammo hal etilsa, yoshlarimiz orasida turli jinoyatlar sodir qilinishi, chet ellarga ishga ketishi, turli oqimlarga va aqidaparastliklarga ergashishi 80-90 %ga kamayishi aniq.

Yoshlarimizni o‘zlariga mos va munosib ish xaqi to‘lanadigan ish o‘rinlariga ega bo‘lsalar, bo‘sh va dam olish vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish uchun ular o‘z ustlarida yanada ko‘proq ishlashga, kitob mutoolasiga, sport bilan shug‘ullanishga imkon tug‘iladi. Iqtisodiy jihatdan ta’minlangan, dam olish va bo‘sh vaqtlari maqsadli va to‘g‘ri tashkillashtirilgan yoshlarimiz esa turli jinoyat yo‘llariga, aqidaparastlikka asoslangan oqimlarga kirib ketmasligi isbot talab qilmaydigin aksiomaning o‘zidayo gap.

Shu boisdan ham men Yoshlar Ittifoqi katta mablag‘ni yoshlarni bandligi masalasini hal qilishga va tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga amaliy, moliyaviy va ma’naviy ko‘makchi bo‘lishini istar edim.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik ortganligi uchun rahbarlarga tanbeh berdi
Ochig‘ini aytish kerak joylarda yoshlar Prezidentimizning, hukumatimizning farmon va qarorlarini yumshoq qilib aytganda mensimay qo‘ygan, hamon eskicha fikrlaydigan ayrim mahalliy mansabdorlar to‘sig‘idan o‘tolmaydilar. Shu boisdan ham halqimiz, shu jumladan yoshlarimiz o‘z muammolarini faqat Prezidentning virtual qabulxonasi orqali hal qilishga odatlanmoqdalar.

Eng achinarlisi, ushbu muammoni hal etmagan mahalliy mansabdorlar buning uchun jazolanmaydilar, aksincha, faxrlanib, "falonta" arizani ijobiy hal etdik deya hisobot beradilar. Yoshlar Ittifoqi mana shunday mansabdorlarga qarshi kurashishda yoshlarimizga va prezidentimizga haqiqiy madadkor bo‘lishi lozim deb uylayman!

Unutmaylik, yurtimizning, xalqimizning kelajagi bugungi yoshlarimiz qo‘lida!

Davlatnazar Ro‘zmetov, iqtisodchi

Yangiliklar lentasi
0