Yoshlar ittifoqi raisi "to‘rtinchi hokimiyat"ni yoshlar muammolarini yoritmaganlikda aybladi

© Podrobno.UZO‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Nega yoshlarga oid davlat siyosatiga loqayd munosabatda bo‘layotgan amaldorlar haqida ommaviy axborot vositalari, avvalo, yoshlar matbuoti churq etmaydi?", deya haqli e’tiroz bildirdi deb ta’kidladi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev O‘zA muxbirining nega hozirgi globallashuv davrida na davlat, na jamoat tashkilotlari yoshlarning ongu tafakkurini yot g‘oyalar, begona mafkura va "ommaviy madaniyat"dan to‘la himoya qilolmayapti degan savoliga javob qaytardi.

"Yoshlarimiz qalbiga quloq tutish, o‘y-kechinmalari bilan qiziqishga yetarlicha e’tibor qaratmadik. Orzu-niyatlarini so‘rashni o‘rgandig-u, ularni qiynayotgan muammolarni tinglashga, dardiga quloq tutishga hafsala qilmadik. Eng yomoni, "to‘rtinchi hokimiyat" sanalmish ommaviy axborot vositalari yoshlarning faqat yutuqlarini yoritish bilan andormon bo‘lib, ularning talab va istaklari, muammolarini olib chiqishni qariyb unutib yubordi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident OAV xodimlariga savol berdi
Bu borada Prezidentimiz "Go‘yoki hamma narsa joyida, olam guliston. Agar hammasi joyida bo‘lsa, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan yoshlar, jinoyatchilik, ishsizlik qayerdan paydo bo‘lyapti? Nega yoshlarga oid davlat siyosatiga loqayd munosabatda bo‘layotgan amaldorlar haqida ommaviy axborot vositalari, avvalo, yoshlar matbuoti churq etmaydi?", deya haqli e’tiroz bildirdi. Bu bejiz emas, albatta. Rostdan ham, qaysi kanalni qo‘ymang, qaysi radioni tinglamang, qaysi nashrni varaqlamang, "shablon" materiallar — ko‘r-ko‘rona, yuzaki o‘tkazilgan tadbirlardan lavhalar, yengil-yelpi qo‘shiqlar, o‘zini o‘zi maqtash, chiroyli qiyofalardan boshqa narsa yo‘q.

Eng yomoni, ayrim yoshlarimiz maqtanishga o‘ch bo‘lib qoldi. Ularda muammoga tik boqish, uni hal etishga urinish, tengdoshlarini ham shunga undashga jasorat yetishmayotganday. Axir yoshlarning dardini, muammosini ularning o‘z tengdoshlaridan ko‘ra yaxshiroq biladigan kim bor?

Shu bois bundan buyon yoshlar ichiga kirib borish uchun targ‘ibot masalasiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Bunda eng zamonaviy texnologiyalar asosida yondashuvni o‘zgartiramiz, g‘oya va tashabbuslarni faqat qog‘ozda emas, amalda joriy etamiz. Chunki yoshlarimizni og‘zaki gaplar emas, faqat va faqat amaliy ish, aniq takliflar bilangina ortimizdan ergashtira olamiz", — dedi Quronboyev.

Yangiliklar lentasi
0