Facebook foydalanuvchilari Qahramon Quronboyevga javob qaytarishdi

© Podrobno.UZQahramon Quranboyev
Qahramon Quranboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev kuni kecha xorijga chiqib ketayotgan O‘zbekiston yoshlari masalasida, ya’ni ushbu vaziyatni o‘nglash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan edi

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev chet elga chiqib ketayotgan yoshlar haqidagi savolga javob berar ekan "Ayrim yoshlarning noqonuniy ravishda xorijga chiqib ketayotgani va bu ko‘rsatkich yildan-yilga ortib borayotgani masalaning mohiyatiga to‘liq yetib borolmayotganimizni ko‘rsatadi", deb ta’kidlagan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqi raisi "to‘rtinchi hokimiyat"ni yoshlar muammolarini yoritmaganlikda aybladi
U shuningdek, oilasi hayotining moddiy farovonligini ta’minlash maqsadida chet elga otlangan yoshlarning ayrimlari uy-joyga ega bo‘lish, mashina sotib olish, zamonaviy uy-ro‘zg‘or anjomlari, maishiy texnika, mebel jihozlari kabi hayotiy ehtiyojlarga oylik maosh bilan erishish mushkulligini ro‘kach qilishlarini eslatib o‘tgan.

Quronboyev O‘zA muxbiri bilan suhbati davomida "Ikkinchi jahon urushidan keyingi og‘ir sinovli yillar iztirobini chekkan, hatto bir burda zog‘ora nonga zor yashab, kunjara yeyishgacha borib yetganda ham odamlar boshqa joyga ketish haqida o‘ylab ko‘rmaganligini" qo‘shimcha qilgan.

"Bugun minglab farzandlarimizning xorijda noqonuniy mehnat migrantlari bo‘lib yurishi ularga oilada avvalboshdanoq shu tarbiyani berolmaganimiz oqibatidir", — deb ta’kidlagan u.

Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi raisining ushbu fikr-mulohazalari Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Xalq bilan muloqot" guruhida e’lon qilingach, internet foydalanuvchilari Quronboyev aytgan gaplarga xabar ostida o‘z izohlarini qoldira boshladilar.

Jumladan, Baxadir Nishonov nikli foydalanuvchi "Yana o‘sha balandparvoz gaplar. Xorijga chiqib ketishning oldini olish uchun amaliy chora-tadbirlar qani?", — deb savol bergan.

Shaxinya Koroleva esa Quronboyevga avval O‘zbekistondagi fuqarolarni ish bilan ta’minlashni taklif etgan. "Oldin shu yerda yashayotganlarni ish bilan ta’minlang. Ikki nafar jiyanim bor, biri oliy ma’lumotli. Uyda o‘tirishadi — ish yo‘q. Haligacha farzandlari, rafiqalari bilan onalari qaramog‘ida", — deb yozgan Shaxinya.

"Rossiyada ishlaydigan bir do‘stim bilan gaplashib "kelmaysanmi" desam, "nima qilaman borib" dedi. Qurilishda ishlaydi, vagonda yashaydi. Muhimi juda yaxshi pul topadi. Albatta kelgisi kelmaydida", — deb yozgan Jahongir Ostonov.

Zasedanie Mejdunarodnogo Press-kluba (MPK), vo vremya kotorogo obsujdalis provodimie reformi v sisteme visshego obrazovaniya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yoshlar siyosatiga zamonaviy yondashuv
Odil Yuldashev esa Quronboyevga "etik kiyib qishloqlarni kezishni" maslahat bergan. "Yoshlarning turish-turmushini o‘rganing, konkret fikrlar, takliflar bering. Bunaqada o‘zgarish bo‘ladimi?", degan u.

"Yoshlarga faqat mamlakatimizda emas, mamlakatdan tashqarida ham kafolatli ish o‘rni yaratish haqida o‘ylash kerak. O‘zbekiston  mehnat resurslari ehtiyojidan bir necha barobar ortiq bo‘lgan mamlakat. Tan olish kerak, yaqin kelajakda bu muammoni samarali yechimiga erisholmaymiz. Chetda ishlash — mehnat resurslarini eksporti deyiladi. Mutasaddi davlat idoralari buni xalqaro andozalar va huquqiy kafolatlar doirasida tashkil etish o‘rniga chetda ishlab turganni qaytarish choralarini izlashmoqda", — deb fikr bildirgan Alisher Kadirov.

Ali Al Mehr esa Quronboyevga quyidagicha javob qaytargan:

"Ayrim yoshlarning noqonuniy ravishda xorijga chiqib ketayotgani va bu ko‘rsatkich yildan-yilga ortib borayotgani masalaning mohiyatiga to‘liq yetib borolmayotganimizni ko‘rsatadi" — yana bitta "ko‘zi ochilgan" amaldorning gapi. Noqonuniy chiqib ketmasligi uchun qonuniy chiqib ketish yo‘llarini izlash kerak.

Yana oila aybdor. Qaysi ota-ona o‘z farzandini qayerda ekanligini bilmaydi? Hammasi biladi. Lekin aytgani uyaladi, tan olgani istihola qiladi. Negaki, farzandini boshqalardek o‘qitib, kiyintirib, to‘yintirib qo‘ya olmayapti.

Hamma qiynalgan, kam ta’minlangan oilalarda o‘g‘lidan najot kutadi: tezroq ulg‘ayib otasi bilan yoki qo‘shni bilan chetga chiqib ishlab kelsa qizimni chiqaraman yoki o‘zini uylayman deb. Kechirasizlaru, topgan puli soliqdan ortib, o‘tin, ko‘mirdan ortib, elektrdan ortib, yemoq ichmoqqa zo‘rg‘a yetib turgan xonadonlarda qanday qilib 3-yil kollejda yaxshi o‘qisang, sendan zo‘r traktorchi chiqadi deb aytadi?

Qaysi kollej yoki texnikum yevroremont sirlarini o‘rgatapti? Qaysi o‘quv yurti yurtimizda yetishmayotgan mutaxassislikka, elektron dasturli dastgohlar uchun dasturlashni o‘rgatapti?

O‘sha "noqonuniy" migrantlikda hunar o‘rganib qaytishapti yoshlarimiz. Madaniyat o‘rganib qaytishapti. Hech bo‘lmaganda o‘ziga zamonaviy telefon yoki kompyuter olib kelyapti. Ota-onasi olib bersinmi? Yoki ota-onasi o‘zi ko‘rmagan dunyolar madaniyatini o‘rgatsinmi?

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "Kamolot" IV qurultoyida xorijda yurgan yoshlar masalasini ko‘tardi
Bitta ofisdan tashqariga chiqmagan, Prezident tashabbusi bilan qishloqqa borib 3-4 odam bilan gaplashib, qonun proyektini ishlab chiqishdan oldin, ular bilan birga yashab ko‘rish kerak.

<…> Iltimos, zamon va makon uchun, boshqaruv va madaniyat xatolari uchun oilani ayblamanglar, ota-onani ayblamanglar. Hech bir ota-ona o‘z farzandiga yomonlikni ravo ko‘rmagan.

Fikr bildirishda "Kerak" degan so‘z o‘rniga "Qilamiz" so‘zini qanchalik ko‘p ishlatsak, shuncha yaxshi bo‘ladi degan fikrdaman"

Yangiliklar lentasi
0