OAV: O‘zbekistonda jurnalistika sohasi islohga muhtoj

© Sputnik / Ekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishJurnalist
Jurnalist - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi OAV xodimlari jurnalistika sohasi islohga muhtoj, degan fikrni bildirishmoqda

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida "So‘z mas’uliyati, grajdanlik pozitsiyasi, ma’naviy jasorat-jurnalist faoliyatining bosh mezoni" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tgan. Tadbirda O‘zbekistondagi OAV tizimi muhokama qilingan. Bu haqda Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari xabar qilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident OAV xodimlariga savol berdi
Jumladan, Vohid Luqmon tadbir ishtirokchilari "Jurnalist kadrlar tayyorlash tizimi jiddiy islohga muhtoj" degan to‘xtamga kelishganini yozib qoldirgan.

"Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ishtirok etgan barcha jurnalistlar, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan OAV rahbarlarining xulosasi shunday. Jurnalistika sohasini, jurnalistlarni o‘zgartirish uchun kadrlar tayyorlash tizimini o‘zgartirish kerak. Jurnalistika sohasining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan, zamonaviy, mustahkam moddidiy-texnik bazaga ega institut yoki universitet kerak bizga, deyishdi ishtirokchilar", deb qo‘shimcha qilgan FB foydalanuvchisi.

Feysbukda faol bo‘lmagan jurnalist faoliyati davr bilan hamnafas emas! — tadbir xulosalaridan biri shunday bo‘lgan.

Xalqaro press klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev esa yangi institut tashkil qilish kerak, degan fikrni bildirib o‘tgan.

"Jurnalistika institutini tashkil qilish kerak! Bakalavr, magistraturadan tashqari, malaka oshirish instituti ham ichida bo‘lsin, deb aytdi Qudratxo‘jayev", deb izoh qoldirgan Dilfuza Sobirova.

Maqsud Jonixonov Qudratxo‘jayevning taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarni tabrikladi
"Sherzod Qudratxo‘jayev jurnalist tayyorlaydigan alohida akademiyani tashkil qilish haqida fikr bildirdi. Yaxshi taklif… Chunki jurnalistlarni tayyorlaydigan universitet yoki akademiya tashkil etilsa, avvalo Milliy universitet va Jahon tillari universitetidagi jurnalistika fakultetlari yopilib, markazlashadi.

Qolaversa, jurnalistikaga qabul takomillashadi, haqiqiy intiluvchan, dilida dardi, qo‘lida qalami borlar bu dargohga intiladi.

Adashib o‘qishga kirib qolishlarga yo‘l qo‘yilmaydi, professional, gazeta va jurnallardan katta maktab yaratgan ustozlar bu dargohga kirishni istovchilar bilan suhbatlashadi, insho oladi. Shu tariqa savodsizlikka ham barham beriladi. TVda yulduz bo‘laman deganlarga esa jurnalistikada o‘qish shart emas. Ular san’at institutida o‘qisa ham bo‘laveradi. Bir so‘z bilan aytganda, jurnalistika islohga muhtoj", deb izoh qoldirgan Maqsud Jonixonov.

Yangiliklar lentasi
0