Vazir o‘rinbosari Sa’dullayev kiyimini almashtirib, oddiy xalq ichiga kirib bordi

© Feysbukdan olingan suratAlisher Sa’dullayev yordamga muhtoj otaxon bilan
Alisher Sa’dullayev yordamga muhtoj otaxon bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomdiga borgan yosh vazir o‘rinbosari yolg‘iz qolgan, yordamga muhtoj mo‘ysafidga ko‘zi tushgan. Buni payqagan mahalliy aholi Alisher Sa’dullayevni chalg‘itishga harakat qilgan. Ammo ularning bu harakatlari ish bermagan, vazir o‘rinbosari borib otaxonning xolidan xabar olgan

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xalq ta’limi vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Sa’dullayev Navoiy viloyatida oddiy xalq hayoti bilan tanishmoqda.

"Kecha ust-boshimni almashtirib, oddiy xalq bilan muloqot qilishga otlandim. Kunimni aynan shu ish bilan boshlashga axd qilgandim", — deb yozgan Sa’dullayev o‘zining Feysbukdagi sahifasida. 

Sa’dullayevning so‘zlariga qaraganda tumanlarning biriga qilgan tashrifi uning safarini tub ma’noda o‘zgartirib yuborgan: Navoiy viloyati Tomdi tumaniga borgan yosh vazir o‘rinbosari yolg‘iz yordamga muhtoj mo‘ysafidga ko‘zi tushgan. Buni payqagan mahalliy aholi Sa’dullayevni chalg‘itishga harakat qilgan. Ammo ularning bu harakatlari ish bermagan.

Eng yosh vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev - Sputnik O‘zbekiston
Eng yosh vazir o‘rinbosari o‘zining yangi loyihasini ishga tushirmoqda
"Aslida bu otaxonni maktablarni aylanib yurgan vaqtimda derazadan ko‘rib qoldim. Buni payqagan shu yerliklar meni chalg‘itmoqchi bo‘lishdimi, tezda meni gapga solishdi, ammo ularning barchasidan o‘sha yerda qolib meni kutishlarini so‘radim.

Yaqinlashib hol-ahvol so‘radim, otaxon bir necha yildan beri bo‘ksasi singanligi tufayli arang o‘zi mustaqil oyoqqa tura oladi. Buni ko‘rib chidab tura olmadim va tuman hokimi muovinini chaqirishlarini so‘radim. Ajablanarlisi, ular bu otaxon haqida bilmas emishlar!!!

Shunday bo‘lsada, bu otaxonga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi takidlab o‘tildi! Otaxonning hamma ma’lumotlarini oldim va hokim muovini bilan kelishib oldik! Aslida barchamiz shunday joylarga borib, shu kabi mazlumlarimizning holidan xabar olishimiz shart!", — deb taassurotlari bilan bo‘lishgan Sa’dullayev.

Navoiy viloyatining eng olis tumanlaridan biri Tomdi 1927-yilda tashkil etilgan. Aholisi asosan qozoq millatiga mansub(14,500 nafarga yaqin). Navoiy shahridan 300 km uzoqlikda joylashgan (Ovullari bundanda uzoqroq). Eski va Yangi shahar qismlaridan tashkil topgan, eski shahar seysmik nuqtada joylashganligi va yer relefi bo‘sh bo‘lganligi tufayli, yangi shahar barpo etilgan.

Sa’dullayev bergan xabarga ko‘ra Tumanda 16 ta maktab va 2 ta bog‘cha mavjud. Asosiy xalq va ularning ona tili qozoq tili hisoblanadi. Sakkizta maktabda(ba’zi maktablarda bor yo‘g‘i 3 nafar o‘quvchining istaklari hisobga olingan holda)  10-sinf ochilyapti.

"Bugun tumanning 2 qismidagi maktab va bog‘chalarga tashrif buyurdim, albatta bu maktab va bog‘chalarni o‘zim tanladim va tuman hokimi va boshqalarni ortga qaytarib yubordim! Bu aholining qo‘rqmasdan o‘z fikrlarini bayon qilishga yordam berdi!", — deb yozgan Sa’dullayev. 

Vazir o‘rinbosari shuningdek, tumanda suv faqatgina 2 soat aholi ehtiyoji uchun berilishiga qaramay juda ham ko‘p yashilga burkangan gulzorlarni uchratish mumkinligiga e’tibor qaratgan.

Yangiliklar lentasi
0