TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Yoshlar ittifoqi "uyushmagan" yoshlar bilan ishlash uchun O‘zbekiston bo‘ylab "Targ‘ibot poyezdi"ni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda ittifoq markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev ma’lum qildi, deb xabar bergan Uz24uz.
Xabarda aytilishicha. yaqin kunlarda "Yosh lektorlar" guruhi tashkil etilib, 6 ta vagondan iborat poyezdda respublikaning barcha shaharlariga borishadi.
Yosh targ‘ibotchilar joylarga chiqib, faqat targ‘ibot olib borish bilan cheklanmay, uyushmagan yoshlarning ham fikrini o‘rganish, ularni foydali yumushlarga jalb etish, amaliy ishlarga rag‘batlantirish, har tomonlama yordam berish bilan shug‘ullanadi.