Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati tomonidan yaqinda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda gumonlanib to‘rt nafar shaxs qo‘lga olindi, qo‘lga olinganlardan biri Rossiya fuqarosi, qolgan uch nafari esa — Tojikiston fuqarolari ekanligi ma’lum qilindi.
Xalqaro masalalar bo‘yicha Rossiya kengashi eksperti Nikita Mendkovichning fikriga ko‘ra, Farg‘ona vodiysining Tojikiston va Qirg‘izistonga qarashli hududlari 90-yillardayoq radikal oqimlar "ko‘chatlari"ga aylangan. Bu oqimlar hozirga qadar ham o‘sha yerda amal qilib kelmoqda, va aksariyat hollarda Rossiya hamda qator davlatlarda taqiqlangan "Islom davlati" manfaatlariga xizmat qilmoqda, deb qayd etdi Mendkovich.
Ekspert shuningdek, Tojikistonga va Qirg‘izistonga qo‘shni bo‘lgan O‘zbekistonda terrorchilarga qarshi qonunlar o‘ta qat’iy amal qilishi va mahalliy kuch tizimlari bu borada qattiq ish olib borishlari hisobidan ham fundamentalistlar harakati unchalik faol emasligini qayd etib o‘tdi.