Ular uchun yashayapman. Bolalar gettosidan omon qolgan yagona shaxs hikoyasi

1942 yilning aprelida Galni deb nomlanuvchi o‘rmon dalasida fashistlar tomonidan "Krinki" bolalar sanatoriysi o‘rnida barpo qilingan bolalar gettosidagi 84 nafar norasida otib tashlangan. Kolonnada otuvga 85 bola olib ketilgan – bittasi qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Sputnik

Oxirgi daqiqalarda Volodya o‘rmon ichiga qarab qochishga erishdi. Minskdan 100 kilometr narida joylashgan "Krinki" sanatoriysidagi bolalar gettosining 84 nafar turli yoshdagi yahudiy millatiga mansub bolalari 1942-yilning aprel oyida otib tashlandi.

Samarqanddagi Yahudiylar qabristonida xotira yodgorlik majmuasi ochildi

Oradan 70-yil o‘tgach yagona omon qolgan bola o‘rmon yo‘lidagi bolalar mozoriga – ustiga pushti tomirsifat iz yugurgan katta kulrang harsangtoshdan haykal o‘rnatdi.

Omon qolish yuki

Insoniyat boshiga tushgan katta falokatda yagona omon qolgan shaxs bo‘lish yuki qanday? Bunday odamlarni xalq orasida "peshonasi yetti qarich" va omadli kishilar deb atash odat tusiga kirgan. Ammo bu unday emas, aslo unday emas.

"Ularning barchasi uchun yashayotganimni bilaman. Balki shuning uchun Robbim menga shu qadar ko‘p atagandir..."

Vladimir Semenovich Sverdlov to‘qsonni qarshiladi. Va shuni ichida 80-yilni hech tinim bilmas aybdorlik hissi bilan yashab kelyapti. U katta falokatda omon qolgan, ammo o‘zini omadli deb bilmaydi. Uzoq umri davomida u bu haqda o‘ylamagan kun yo‘q. U o‘rmondagi birodarlar qabrini "o‘zimniki" deb ataydi. Va u butun umri davomida yodgorlik uchun pul to‘plab kelgan. U ancha oldin, Sovet davridayoq bu qarorga kelgan edi.

Atambayev: qirg‘izlar yahudiylardan o‘rnak olishi va ularga o‘xshagan bo‘lishi shart

Krinki shahrida bolalar gettosining otib tashlanishi sanasi munosabati bilan Sputnik harbiy tarixning ushbu kam o‘rganilgan sahifani yodga oldi.

Sanatoriy qanday qilib gettoga aylandi?

Urush paytida Osipovich tumanidagi sobiq "Krinki" sanatoriyasida tashkil etilgan bolalar gettosi rasman konslager hisoblanmaydi. Shunchaki, hech kimga buni isbotlashning hojati bo‘lmagan. Yagona omon qolgan jabrlanuvchi Vladimir Sverdlov idoralarga bunday da’volar bilan murojaat qilmagan.

Ular uchun yashayapman. Bolalar gettosidan omon qolgan yagona shaxs hikoyasi

Bu qatlning aniq sanasini hech kim bilmaydi. Sverdlovning so‘zlariga ko‘ra, fojianing ertasi kuni u yon-atrofdagi qishloqlarda bejirim kiyingan odamlarni ko‘rgan, ular Pasxani nishonlashayotganini aytishgan. Bu nimaligini, Rogachev tuman partiya komiteti birinchi kotibining farzandi bilmas edi. Ammo g‘alati so‘zni eslab qolgan. Keyinchalik, o‘lkashunos Vladimir Kiselov Pasxa 1942-yil 4-aprelda bo‘lganligini, bundan kelib chiqadiki, getto bolalari 2-aprel kuni otib tashlanganligini aniqlaydi. Bugun bu haqda birov bahslashmasligi aniq.

Ular uchun yashayapman. Bolalar gettosidan omon qolgan yagona shaxs hikoyasi

...O‘n yoshli Volodya Sverdlov Rogachevdan sanatoriyga borishni istamagan edi. Ammo ota-onasining rayiga qarshi bora olmadi. Bundan tashqari, otasi uni tez orada olib ketishga va’da bergandi. Shunday qilib, 1941-yil 17-iyunda bola uyini tark etdi.

Urush boshlanganida, uni sanatoriydan olib ketisholmadi - poyezdlar qatnovi to‘xtagan, onasi arava topolmagan - hamma sharqqa tomon yo‘l olgandi. Ko‘p o‘tmay, oila evakuatsiya qilindi, otasi esa – partizanlik harakatini tashkil qilish uchun okkupatsiya qilingan hududda qoldi.

Toshkentdagi 9-may tadbirida diktor Levitanning 1941-yildagi murojaati jarangladi

O‘z uy  manzillarini va taxminan qayerga borishni biladigan katta yoshdagi bolalarni sanatoriy mudirasi shunchaki qo‘yib yuborgandi.

"Faqat o‘rta yoshli va jajjilari qoldi", - deb esga oladi Vladimir Sverdlov. U 89 yoshni qarshi olganiga qaramay, hatto mayda tafsilotlargacha osongina tasvirlaydi.

Ba’zi bolalarni ota-onalar olib ketishdi. Ammo yahudiylarni emas... Aksariyat tarbiyachilar ham ketishgan. Eng jasoratlilari, ehtimol eng vijdonlilari qolishgan.

"Nemislar kelganida, boshida qo‘rqinchli bo‘lmadi. Ular yahudiy bolalarini alohida binoda yig‘ib, hammaga kiyimlariga sariq yulduzlarni tikib chiqishni buyurdi. Biz ularsiz yurishimiz mumkin emas edi. Agar oshxonada paltolarimizni yechsak, ko‘ylakda ham yulduz bo‘lishi kerak edi".

Siyosatchilar unutgan xolokostning asosiy darsi

Sovuq havo kelgunicha, bir amallab yashasa bo‘lardi. Sanatoriy atrofida lavlagi va karam dalalari bo‘lib, bolalarni ularni yig‘ishga yuborishardi.

"Xom lavlagi yeb bo‘lsa ham, qorinni to‘ydirsa bo‘lardi. Hatto dastlab bizdan qon ham olishgan. Ehtimol, askarlar uchun. Mendan ham bir marta olishdi. Hushimdan ketdim. Faqat shpris "Kavkaz asirasi" filmidagi kabi ulkan bo‘lganini eslayman".

Qish boshlangach, vaziyat yomonlashdi. Non kuniga 100 grammdan berilardi. Izg‘irin - tuganmas, barcha fikr va istaklarni barbod qiluvchi izg‘irin. Sanatoriy joylashgan Daragan ismli pomeshchik ayolning shifti to‘rt metrga teng sobiq qarorgohining keng zallarida shamol izg‘irdi. Qalin devorlar muzlab ketgan, pechni uch kunda bir marta yoqishga ruxsat berilar va olov yoqish uchun uch dona pona ajratilardi. Devorlar isishga ulgurmasdi. Deraza va eshiklar ko‘p joyda yo‘q edi.

Ular uchun yashayapman. Bolalar gettosidan omon qolgan yagona shaxs hikoyasi

Dastlab, bolalar brezent qoplangan raskladushkalarda uxlashardi, yozgi choyshab ostida yotib bo‘lmaydigan darajaga yetgach, ulardan eski Daragan bog‘idan to‘kilgan barglar - zarang, eman barglarini olib kelish uchun ruxsat berishlarini so‘rab, yolvordik. Soqchilarning rahmi kelib, ruxsat berishdi.

"Dimog‘imdan bug‘ chiqardi. O‘sha payt shu darajada qattiq muzlaganimdan hayotim davomida isinolmadim - har doim sovuq qotaman, titrayman", - deydi Sverdlov. U yashaydigan xonadon juda issiq, lekin qahramonimiz biz, Sputnik muxbirlari bilan, mo‘ynali jiletda suhbatlashmoqda.

"Urush hamma narsani hisobdan chiqaradi"

Oshxona yonida axlat qutisi bor edi. U och qolgan bolalar uchun yagona baxtga aylandi.

"Quti katta edi, ikkiga ikki yarim metr kelardi. Men juda yaxshi sakrardim - uning bir yarim metrcha keladigan devorini osongina sakrab o‘tardim va qo‘ynimni - karam, kartoshka po‘choqlari kabi chiqindilarga to‘ldirib chiqardim. Keyin biz bu "o‘ljamiz"ni daroda yuvardik, oramizda eng kattamiz – 12 yoshli Yasha mahsulotlarni hammaga teng bo‘lardi, kuchsizlarga yaxshirog‘ini berishga harakat qilardi".

Gitlerning ulkan rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek haqida yangi tafsilotlar

Yashaning familiyasi xotirada qolmagan, Sverdlov faqat uning Mozirdan bo‘lganini eslaydi, xolos. Bola yetakchilikni o‘z zimmasiga olgandi, chunki atrofda hamma karaxt, undan boshqa hech kim bu ishni bajarmasligini tushungandi.

"Bir marta, shu qutini ichida meni komendant tutib oldi. U meni po‘lat simlardan ishlangan qamchi bilan urdi. U "Agar ixtiyor menda bo‘lganda, seni o‘ldirgan bo‘lardim", dedi. Men esa azbaroyi jahlim chiqqanidan ko‘kragimdan yulduzni yulib, qorga uloqtirdim. U quturib ketdi, hushimni yo‘qotgunimga qadar do‘pposladi. Shundan so‘ng dekabr oyini to‘shakda o‘tkazdim. Agar menga oziq-ovqat va suv tashib turgan bolalar bo‘lmaganida, o‘lgan bo‘lardim. Umuman, o‘sha dekabr oyini uncha eslay olmayman. Men u yerda (yuqoriga ishora qiladi - Sputnik) bo‘lganman... "- bu so‘zlardan keyin Vladimir Semenovich o‘yga toladi.

Ular uchun yashayapman. Bolalar gettosidan omon qolgan yagona shaxs hikoyasi

O‘zining, keksa odamlarga xos bo‘lmagan yorqin xotiralarida, Vladimir Sverdlov yana 10 yoshli bolakayga aylanadi go‘yo. Xuddi shu bolalarcha dahshat va tushkunlik bilan u tarbiyachi-nazoratchilar vahshiyliklari haqida gapiradi.

Ularning hammasi nemislar emas edi - sobiq "o‘zimiznikilar" ham bor edi. Bitta narsani, ular u yerga "qalb chaqirig‘i"ga asosan borishganmidi yoki "urush hamma narsani hisobdan chiqaradi", degan fikr, ularni butkul tormozdan mahrum qilganmidi, anglab bo‘lmasdi.

Direktor - asirga olingan Qizil Armiya sobiq mayori, ukrainalik Shipenko edi. Tarbiyachi Vera Jdanovichni esa, bolalar "nemis" deb atar edilar. Uning oldiga nemis askarlari kelib turardi, tez-tez ziyofatlar uyushtirilardi. Ular tayyorlagan ovqat hididan bolalarning bo‘sh oshqozonlari go‘yoki teskari bo‘lardi. Ba’zilari hushdan ketardi.

O‘zbekistonda urushda halok bo‘lgan 33 askarning qarindoshlari qidirilmoqda

"U direktor o‘rinbosari edi, lekin hammasini aslida u boshqarardi. Otuvga ro‘yxatni ham u tuzardi", - deydi Sverdlov.

Vera Petrovna Jdanovichning so‘roq qilinishi bayonnomalari Belarus KGBning Mogilev viloyati bo‘linmasi arxivida saqlanadi. Ularda ayol Krinki sanatoriysidagi yahudiy bolalarining qatl etilishi haqida qisqa va hayajonsiz gapirgan. 1942-yil aprelida esa Izya ismli bolakayni go‘yoki qatldan yashirib qolgani haqida juda batafsil so‘zlagan. Bola go‘yoki Osipovichi burgomistri Garaninning Krinki bolalar uyiga tashrifi paytida kutilmaganda yashirin joydan ehtiyotsizlik qilib chiqqan va burgomistr ko‘ziga tushgan. Shundan so‘ng uni Osipovichiga olib ketib, otib tashlaganlar.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 milliondan mukofot beriladi

Shuningdek u okkupatsiya qilingan hududga kelib qolgan ikki askarni partizanlikka o‘tib ketishiga "shaxsan yordam bergani" haqida aytib bergan.

Bu haqiqatmi yoki sobiq nazoratchi shu xilda o‘zini oqlashga uringanmi, endi buni bilolmaymiz. Faqat Krinka bolalar uyida tartibni nazorat qilib, keyinchalik 25-yildan to otuvgacha xukm qilingan boshqa nazoratchi va politsiyachilardan farqli o‘laroq, Jdanovich oz muddatga hukm qilingan. U atigi olti yil o‘tirdi. Aytishlaricha, uning NKVD tizimida qarindoshlari bo‘lgan.

Tegishli muddatni o‘tab, u yana Osipovichiga qaytib kelgan va u yerda ko‘p yillar yashagan. Bu joylarga tez-tez tashrif buyurgan, mahalliy o‘lkashunoslar va Daraganov muzeyi xodimlari bilan aloqada bo‘lgan Sverdlovga bu haqda ayol vafotidan keyin aytishadi.

Men ulardan: "Nega uning bu yerda yashaganini menga aytmagansiz?", - deb so‘radim. Ular: "Qasos olishingizdan qo‘rqqanmiz", - deb javob berishdi. Albatta, men qasos olmas edim - bu menga xos emas. Ammo borib uning ko‘zlariga qarardim – ha, shunday qilardim", -  deydi shunchaki Sverdlov.

Ptichi muz o‘yig‘idagi qabriston

1941-1942 yillarda qish haddan sovuq edi. Yahudiy bolalari uxlagan xonada hamma narsa qirov bilan qoplanardi, barglar o‘rniga solingan somon isitmas edi.

General-mayor Artikbayev: “Urushda asosiy chaqirig‘imiz “Vatan uchun” degan so‘zlari bo‘lgan”

Bolalarning kiyimlari muzday edi. Kuzda ularga sanatoriyda berilgan panama-shlyapa-bluzkalar o‘rniga, bolalar kiyib kelgan liboslarni berishdi.

"Mening botinkalarimni tezda o‘g‘irlashdi - butun qishni kalishda o‘tkazdim. Barmoqlarimni butun umrga sovuq urdi".

Dekabr oyi oxiri - yanvar oyi boshlarida yahudiy gettosida o‘limlar boshlandi. Har kuni ertalab nazoratchilar bir nechta bolaning jasadlarini Ptichiga, muz o‘yig‘i ostiga tashlab kelardilar.

"Bizni gettoga yig‘ishganida, yahudiy bolalari 160 nafarcha edi, qatlga 80 dan oshiq odamni olib ketishayotgandi... Deyarli har kuni ertalab kimdir uyg‘onmasdi. Ko‘rinishidan sog‘lom, to‘lacha bolalar birinchi bo‘lib o‘lardi".

Zaxarova Polshaning Ikkinchi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Qish oxiriga kelib, hammani loqaydlik bosdi. Kuchdan qolgan bolalar o‘rinlaridan turmay qo‘yishdi, yurmay qo‘yishdi. Najas tufayli xona havosi nafasni qaytaradigan darajaga yetgandi, soqchilar bu yerga ortiqcha kirmaslikka harakat qilardilar.

"Keyin nima bo‘ladi, yashaymizmi yoki nihoyat, o‘lamizmi, ahamiyatsiz bo‘lib qolgan edi. Kuchimiz qolmagandi", - deya eslaydi Sverdlov.

Bahor kelishi bilan umid uchqunlari paydo bo‘ldi. Bolalar bir-birlariga Qizil Armiya hammayoq muzlagani uchun kela olmagani haqida pichirlardi. Endi esa hammayoq eriydi, yo‘llar quriydi va fashistlarni birdan mag‘lub etishadi.

"Issiq, yorug‘ va qorin to‘yadigan joy"

Bir kun erta tongda, hali kun yorishmaganida, bolalarni o‘yg‘otib, ikkitadan safladilar.

"Issiqroq, yorug‘roq va qorin to‘yadigan boshqa joyga qo‘chirishayotgani haqida aytishdi. Aravalar yaqinlashdi - ularga kichkintoylarni orta boshladilar. Besh yashar yoki undan kichik bolalar edi ular. Qolganlari piyoda ketishdi", - Sverdlov yosh qarag‘aylar orasidan o‘tadigan va uning uchun oxirgi bo‘lishi kerak bo‘lgan yo‘lni nechanchi bor esga olyapti, yolg‘iz Xudoga ayon.

Putin chet el razvedkasi Rossiyada nima qidirayotganini aytdi

Yo‘lda Yasha ularni hech qayerga ko‘chirishmayotganini, o‘ldirish uchun olib ketishayotganini tushundi. Aks holda bolalar kolonnasini nega forma kiygan va avtomatli erkaklar kuzatib borishadi?

"Qalbimni havotir chulg‘ab oldi. Qanday qilib o‘ldirishlari mumkin? Axir atigi 11 yoshdamanku...", - deydi Sverdlov.

U Yashaga qochishni taklif qiladi. U ikkita kichkintoyni yetaklab olgan edi. Yasha rozi bo‘lmadi - bolalar u siz yig‘lay boshlashini aytdi.

"O‘ylashga vaqt yo‘q edi. Men o‘rmonga qarab yugurdim. Hayotimda boshqa hech qachon bu qadar tez yugurmagan bo‘lsam kerak. Men tomon o‘q uzishdimi, yo‘qmi, eshitganim yo‘q. Qarag‘ay shoxlari yuzlarimga qattiq urilardi, to yiqilmaguncha yugurdim. Tizzam ezilgan edi - haligacha bilmayman, uni otib yaralashganmidi yoki toshga urib olganmanmi, bu o‘rmonlarda toshlar juda ko‘p".

Bu qatlda ko‘p narsa sirligicha qoldi - nega fashistlar bolalarni qishloqlar orqali besh kilometr olib yurishdi va nega ularni kechqurun otishdi.

AQSh razvedkasi Gitlerning jinsiy hayoti haqidagi maxfiy ma’lumotni oshkor etdi

Shu joylarda yashovchi 92 yoshli Sergey Pinchuk o‘sha paytda 13 yoshli bola edi. U kattaroq yoshdagi do‘sti bilan qatl joyi yaqinida sigirlarni boqib yurardi. Ertalabdan u yerga mashinalar o‘tayotganini ko‘rgan. Avtomobillardan biri, kapotiga pulemet o‘rnatilgan "Opel"dan hatto, bir nemis tushib, mahalliy cho‘ponni suratga olgan.

Sergey Nikolayevich chalajon bolalar kolonnasini qay tarzda haydab borishayotganini ko‘rgan, baravariga otilgan o‘q ovozlarini eshitgan. Ertasiga u qatl joyiga qarab yugurgan.

"U yerga qum sepilgan edi. Ammo men o‘sha chuqurga yaqin bordim - u go‘yo nafas olardi. Agar kimdir ularni qazib olganida - ehtimol, kimdir omon qolishi mumkin edi. Meni qo‘limdan nima ham kelardi? Yosh bola edim. Bundan tashqari, hamma juda qo‘rqardi. O‘sha joyga hech kim bora olmagan - faqat men, ahmoq, borganman" - deya hikoya qiladi qariya.

Yaxshi odamlar orasida uzoq yo‘l

Zich o‘sgan qarag‘ayzor bo‘ylab uzoq yugurgach (ma’lum bo‘lishicha, u atigi uch yuz metr yugurgan) Volodya hushini yo‘qotadi. Sovuqdan uyg‘onib ketadi - aprel oyining boshida yer hali muzday edi.

"O‘sha yerda bo‘lganimdan buyon birinchi marta yig‘lab yubordim. Alamdan, qo‘rquvdan, tushkunlikdan", - deydi Sverdlov.

O‘kirib yig‘lagach, qanday bo‘lmasin tirik qolishga harakat qilish kerak, deb o‘ylab qoldim. Boshim oqqan tomonga qarab yurdim. Sanatoriyning xo‘jalik hovlisiga keladi. U yerda bir ayol timirskilanayotgan edi. Bolaning gaplaridan, u sakrab tushadi - ehtimol, o‘sha vaqtda nimanidir o‘g‘irlayotgan bo‘lgan.

Stalin aytganiday bo‘ldi – 50-yil o‘tib dunyoda yangi tafovutlar boshlandi...

"U menga, yulib tashlashni unutgan sariq yulduzga qarab: " Ditatko, uxadzi adsul, bo sabe zab'yus"(Bolajon, bu yerdan ket, bu yerda sen tirik qolmaysan – tahr.) dedi. Ayol menga daroning narigi tomoniga borishni aytdi. Daryo ustidagi muz esa erib bo‘lgan edi. Ko‘prikni partizanlar yoqib yuborishgandi. Suvdan faqat ustunlar va allaqanday yog‘ochlar chiqib turardi. Men darodan qanday o‘tganimni bilasizmi? Haqiqatan, Parvardigor qo‘lladi: qayerdadir sakradim, qayerdadir emakladim. Lekin o‘tdim. Ustim xo‘l bo‘ldi, loyga burkangandim – u yer torf botqog‘idan iborat edi".

"Qishloqqacha yetib olib, allaqanday saroyga kirib oldim. Isinib olganimdan so‘ng, oshqozonim o‘zini eslatdi - ovqat hidini sezdim. Kartoshka edi. Men hozir ham istalgan joyda kartoshka hidini ilg‘ay olaman. Cho‘chqalarga yem beriladigan kirtog‘orani topdim. Chetlariga qurigan kartoshka yopishgan ekan. Men uni ko‘chirib ola boshladim. Cho‘chqaga bu yoqmadi shekilli, qichqirib yubordi. Shu payt saroyga kirib kirayotganini eshitdim. Tamom, kaput, deb o‘yladim".

Ammo qishloqlik bu kishi bolani haydamadi. Paltodagi yulduz izidan u hammasini tushundi, pichan orasiga yashirib, shu yerdan hech qayerga chiqmaslikni buyurdi. U non va sut olib keldi. "Sanatoriy"dagi to‘qqiz oy ichida birinchi marta normal ovqat edi bu.

"Men ovqatga tashlandim, u tortib oldi - mumkin emas, dedi. Meni oz-ozdan ovqatlantira boshladi. Keyin u kiyim-kechak, svitka, anuchi, lapti olib keldi - meni dehqon bolasi kabi kiyintirdi. Latta-puttalarimni esa go‘ng orasiga ko‘mdi".

Ikkinchi jahon urushida 5 o‘g‘lini yo‘qotgan o‘zbek ayoli haqida film suratga olinmoqda

"O‘sha paytga kelib lat yegan oyog‘im shishib ketdi. Amakining aytishicha, shifokorga uchramasam, o‘lar ekanman. Qorong‘i tushishi bilan meni Kovgari qishlog‘idagi shifokorga olib bordi. Meni qishloqqacha olib kelib, shifokor qayerda yashashini tushuntirdi va qo‘yib yubordi. Afsuski, uyni adashtirib, boshqa bir ayolning uyini taqillatibman. U meni haydamadi, shifokorga olib bordi. Shifokor meni ko‘rikdan o‘tkazib, yaramga ishlov berdi, cho‘miltirdi va uxlagani pech ustiga yotqizdi. Ammo ertalab jo‘natib yubordi. Butun qishloqni o‘ldirishadi, dedi. Meni Buda qishlog‘iga, bo‘rsiq yog‘i bo‘lgan bobosinikiga yubordi. U meni davolay olardi. Uning o‘zida esa hech qanday dori yo‘q edi. Bobo haqiqatan ham meni davoladi - u ham meni jo‘natib yubordi", - deya esga oladi Sverdlov.

Shunday qilib, Sverdlov u qishloqdan bu qishloqqa kezadi - kislitsa, eman yong‘og‘i bilan oziqlandi. Ozg‘in bolaga albatta, hammaning rahmi kelardi, lekin hech kim yahudiy bolani o‘z uyida qoldirishga jur’at etolmasdi. Yahudiylarni yashirgani uchun butun oilani otib tashlashlari mumkin edi. Volodya butunlay tushkunlikka tushib, qayta uyg‘onmaslik umidida, yerga yotib olganida, qulog‘iga: "Xlopchik, ti chiy?" (Bolakay, sen kimnikisan – tahr.) degan gap eshitildi.

Ular uchun yashayapman. Bolalar gettosidan omon qolgan yagona shaxs hikoyasi

"Xolajon, men hech kimniki emasman. Meni o‘rmonda qoldirmang", deb javob berdim. Shunday qilib, men Alesya buvim bilan uchrashdim. Uning qizi urushdan oldin Minskdagi kasalxonaga yotqizilgan. Qizini izlab bormagan bolalar uylari qolmagan. Va u meni tashlab ketmadi. Uning Makarichi qishlog‘idagi uyida okkupatsiyani o‘tkazdim. U hammaga ota-onamni (uning uzoq qarindoshlarini) Germaniyaga olib ketishganini aytib chiqdi. Bu gapga kim ishondi, kim ishonmadi, bilmayman. Ammo urush davomida meni hech kim sotmadi. Nemislar qishloqqa kelishsa, Alesya buvim meni o‘rmonga jo‘natardi, u juda yaqin 200 metr masofada joylashgandi".

Ular uchun yashayapman. Bolalar gettosidan omon qolgan yagona shaxs hikoyasi

Nemislarni quvib chiqarishgach, bolakay Rogachevga otlandi. U yerda birinchi navbatda o‘zining Sovetskaya ko‘chasiga bordi. Ko‘rdiki, jonajon uyi o‘rnida butunlay boshqa, yangi uy qurilayotgan ekan. Yashayotgan odamlar ham tamomila boshqa edi. U o‘zining oilasi haqida so‘radi, hovlidagi ayol javob o‘rniga unga tayoq ko‘tardi. Rogachevning barcha yahudiylari 1941-yildayoq otib tashlanganini aytdi.

Volodya Rogachovni aylanib yurdi - na ovqat, na pul, na tanish topa oldi. U o‘z otasi, partizan otradining sobiq komissari, ozod etilishi hamon Berezinskiy tumaniga o‘tkazilganini bilmasdi.

Ota-onasi oldiga to‘rt yil deganda bordi

Poyezdlarda yurganida, askarlardan biri unga FZO (fabrika-zavod ta’limi) maktabiga kirish kerakligi haqida aytib qoldi. U yerda oziq-ovqat ham bo‘ladi, ishchi kasbga ham o‘qitiladi. FZOga kirish umidida, Sverdlov, deyarli butun Belarusni kezib chiqdi.

"Meni avvaliga hamma joyda yaxshi kutib olishardi, lekin hujjatsiz ekanligimni bilishgach, eng yaxshi holatda - oshxonaga olib borib, ovqatlantirib, jo‘natib yuborishardi", - deya esga oladi Sverdlov. - Meni qabul qilishga haqli emasdi. Oxir-oqibat, Alesya buvimning oldilariga qaytdim. O‘sha paytda qishloqda qanchalik ocharchilik bo‘lmasin u kishi: "Vijili o‘ vaynu, vijivem i zaraz" (Urushda tirik qoldikmi, bu yog‘iga ham kunimizni ko‘ramiz – tahr.), deya meni yupatdi.

Volodya kolxozda ishlay boshladi. Sakkiz kilogramm javdar ishlab topdi.

"Ikki kun itday och qolib, tegirmonda navbatimni kutdim. Ishchilar mendan hatto xizmat haqini olishmadi – tekinga yanchib berishdi. Oqshom bo‘lishiga qaramay, to‘g‘ri Makarichga yo‘l oldim. Buvimning xursandligini ko‘rsangiz edi! Non pishirdilar. Hammamiz to‘yib yeb oldik. Keyin esa... Qishloqda qanday yashashardi? Juda och. Men omoch haydardim – qo‘limdan kelgancha yordam berdim. Ammo Alesya buvimning uchta farzandi bor edi - men u ning bo‘ynida xurjun bo‘lishni hohlamadim", - deya esga oladi u.

Maqsud Akilov 2-chi jahon urushi xotiralari haqida

Kimdir yigitga G‘arbiy Belorussiyada kolxozlar yo‘qligini, ochlik yo‘qligini aytdi - bir necha yil davomida Volodya polyaklarning xutorlarida yordamchi ishchi sifatida yollanib ishladi, ularning haqiqatan ham yirik ho‘jaliklari bor edi.

Bir kuni, Aljbeta xonimnikida ishlayotganida, mahalliy militsioner unga Rogachevga qaytib, hujjatlarni tiklashni maslahat berdi - buning uchun hech kim qamoqqa tiqmasligini aytdi.

"Men Rogachevga keldim. U yerda militsiya oddiy uyda, bir kulbada joylashgandi. Bir burchagida mahbuslar o‘tirishar, ikkinchisida tergovchilarning stollari. Boshliqqa boshdan kechirganlarini aytib berdim – sanatoriy, getto haqida. Qo‘shni stol tomonda o‘tirgan tergovchi: "Vova senmisan?", deya qichqirib yubordi (shu payt Sverdlov yuzini buradi, bir necha daqiqadan so‘ng u yana kuchini yig‘ib, hikoyasini davom etiradi - Sputnik).

"Ma’lum bo‘ldiki, u otam bilan jang qilgan sobiq partizan ekan. U otam meni qidirayotganini bilardi. Ammo unga meni gettoda bolalar bilan birga otib o‘ldirishganini aytishgan. Militsioner tuman ijroiya qo‘mitasi raisi Drachevga xabar qildi - ular otam bilan birga jang qilishgan. U meni olib ketdi, cho‘miltirdi, yangi kiyimlar olib berdi. Dadam mening ortimdan mashina yubordi. Rogachevdan Berezinogacha deyarli ikki sutka yo‘l bosdik".

Putin MDH davlati yetakchilariga Ikkinchi jahon urushidan oldingi davr sirini ochdi

Volodaning onasi o‘g‘li topilganiga ishongisi kelmasdi. Mashina yo‘lda kelayotgan mahalda, eriga faqat, ko‘rasiz, begona bola keladi, deya takrorlar ekan. O‘g‘li hovliga kirganida esa, qotib qoldi. Qirq daqiqacha bitta so‘z ham ayta olmadi.

Albatta, hamma o‘z his-tuyg‘ularini yengib olganida, dasturxon tuzatildi, bayramga aylandi, kutilmagan baxtga ishongilari kelmas edi. Volodya ota-onasidan qilgan yagona iltimosi - bu mavzuni yopib, qayta bu haqda og‘iz ochmaslik bo‘ldi.

"Men uzoq umr ko‘rganim sababi ham balki ularning hammasi uchun yashayotganimdadir. Shuning uchun ham Parvardigor meni asradi.  Yerda ko‘proq kerak bo‘lgandirman, ehtimol. Bir vaqtlar cherkovlarga yordam berganman - men yaxshi temirchiman".

U pravoslav cherkovining turli mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 90-yillarda Belarusda qayta tiklangan ko‘plab cherkovlarda u tayyorlagan xoch o‘rnatilgan: Potr va Pavel soborida, Maram Magdalina cherkovida, Minskdagi Muqaddas Ruh kafedral ibodatxonasida. O‘sha paytda u Belarusda bunday ishni bajara oladigan yagona usta edi.

"Hatto yahudiylar ham mendan bir necha bor ginalashgan - nega pravoslav cherkovlari uchun shunchalik ko‘p ish qilyapsan, deya. Men ularga - Belarusning asosiy ziyoratgohlaridan biri, Polosk Yefrosiniyasi xochini ham yahudiy Lazar Bogsha yasagan, deyman", - deydi Sverdlov.

Toshkentda yangi cherkov ochildi

Germaniya kompensatsiyasi hisobiga qatl etilganlarga atalgan yodgorlik

Vladimir Sverdlov butun umri davomida Galna o‘rmon dalasida yodgorlik o‘rnatishni orzu qilgan. Avallari birodarlik qabrida betondan yasalgan obelisk turardi. Halok bo‘lgan 84 boladan atigi 12 nafarining va bitta tarbiyachining ismi ma’lum - tarbiyachi ikki yahudiy bolasi bilan birga otib o‘ldirilgan.

Sverdlov pulni ish haqidan, keyin nafaqasidan tejab bordi. Germaniyadan voyaga yetmagan asir sifatida olgan kompensatsiyasi nihoyat, o‘ylangan rejani amalga oshirishga imkon berdi.

Daragan muzeyining sobiq direktori Semon Borodich bilan birgalikda Osipovichining o‘zidan kerakli toshni topdilar - u yupqa pushti tomir yugurgan ulkan kulrang harsangtosh edi - bu uurushning kulrang tegirmonida bolalar hayoti mo‘rtligi ramzini ifodalardi.

Ogohlantirishsiz hujum qilishgan: 79-yil oldin Ulug‘ Vatan urushi qanday boshlangan

"Hech kimdan so‘ramagan bo‘lsamda, lekin juda ko‘p odam va tashkilotlar meni qo‘llab-quvvatladilar. Kimdir mashina berdi, kimdir odamlar bilan yordam qildi. Buning uchun barchadan minnatdorman. Ular bilan birgalikda amalga oshirishim kerak bo‘lgan ishni bajardim".

... Daraganov muzeyida ekspozitsiyaning katta qismi Krinka bolalar sanatoriysi tarixiga bag‘ishlangan. Qishloq maktabining tirishqoq o‘quvchilari, yosh gidlar Nastya Dubovik va aka-uka Ilya va Kirill Kuzminchuklar fojia haqida so‘zlaydilar. Bolalar juda qattiq harakat qilishadi. Ammo zamonaviy bola urush yoki getto nimaligini, o‘rmonzorni kezib yurgan holdan toygan bolani tasavvur qila olmaydi...

O‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchilar o‘rmon dalasidagi kichik qabristonni tozalashga boradilar, tadqiqot va o‘lkashunoslik bilan shug‘ullanadilar. Garchi, urush yoki getto nimaligini endi anglay olmasalar-da, ammo xotira nimaligini yaxshi o‘zlashtirishgan, nazarimda. Balanparvoz ma’noda emas, balki oddiy, xalqchil tarzda: mart oyining o‘rtalarida bolalar birodarlik qabri saranjom holatga keltirilgan, qabr ustida bahorning ilk gullari unib chiqmoqda.