AQSh razvedkasi Gitlerning jinsiy hayoti haqidagi maxfiy ma’lumotni oshkor etdi

© AP PhotoAdolf Gitler
Adolf Gitler - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hisobotda Gitlerning jinsiy hayotidagi faktlardan tashqari, uning bolaligi, ta’limi, yaxshi ko‘rgan taomlari, musiqa va odatlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Germaniya fashistik davlati yetakchisi Adolf Gitler sadomaxistik moyilliklariga ega bo‘lgan. Shuningdek, o‘zini gomoseksual va geteroseksual oriyentatsiyasida deb hisoblagan. Bu haqda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi furerning hayoti to‘g‘risidagi maxfiy hisobotida aytilgan.

Ushbu hisobot 70 varaqdan iborat bo‘lib, 1943-yilda AQSh strategik xizmat boshqarmasi antropologi Genri Fild tomonidan tuzilgan.

U Ernst Sedjvik Ganfshtengel taqdiqotiga asoslanadi. U Gitlerning XX asr 20-30 yillarda yaqin do‘sti bo‘lgan. Keyinchalik AQShga ketgan.

Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari Taro Aso - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari Gitler haqida aytgan so‘zlari uchun uzr so‘radi

Hisobotda aytilishicha, Gitler “sadomazaxistik, yoshlikda gomoseksualizmga moyilligi” bo‘lgan. Bundan tashqari, Gitler o‘zining bo‘lajak o‘rinbosari Rudolf Gessega nisbatan shahvoniy qiziqishi bo‘lgan. Ular 20-yillarda birga qamoqda bo‘lishgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Gess gomoseksual bo‘lib, “unda ayollar liboslarini kiyish odati bo‘lgani” uchun “Froylen Anna” laqabini olgan.

Shuningdek, hisobotda Gitler “yosh yigitlarga qarashdan estetik zavq olgan”.

“Uning jinsiy hayoti – siyosiy qarashlari singari ikki xil, u bir vaqtning o‘zida gemoseksual va geteroseksual, sotsialist va keskin natsist, erkak va ayol”, - deyilgan hisobotda.

Hisobotda Gitlerning jinsiy hayotidagi faktlardan tashqari, uning bolaligi, ta’limi, yaxshi ko‘rgan taomlari, musiqa va odatlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan.

Yangiliklar lentasi
0