O‘zbekistonda urushda halok bo‘lgan 33 askarning qarindoshlari qidirilmoqda

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishVelikaya Otechestvennaya voyna 1941-1945 godov. Soldati vedut pulemetniy ogon v boyax za Varshavu
Velikaya Otechestvennaya voyna 1941-1945 godov. Soldati vedut pulemetniy ogon v boyax za Varshavu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Frontda halok bo‘lganlar ro‘yxatida – Toshkent, Farg‘ona,Namangan, Buxoro, Samarqand, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan askarlar qayd etilgan. Askarlar barchasi Rostov viloyatida halok bo‘lgan.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik, Mariya Naumenko. Rostov viloyati “Zov serdsa” qidiruv otradi Ulug‘ Vatan urushi yillarida Rostov viloyatida halok bo‘lgan 33 o‘zbekistonlik askarning qarindoshlarini qidirmoqda.

Uzbekskaya SSR. Kuznes Shaaxmed Shamaxmudov i yego jena Baxri Akramova vzali na vospitanie i usinovili 15 detey, poteravshix roditeley i evakuirovannix vo vremya voyni v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi bo‘lak non va shirin so‘z: o‘zbeklarning urush yillaridagi jasorati haqida

Bundan tashqari, Qozog‘iston (31), Qirg‘iziston (5), Armanistondan (4), Ozarbayjon (9) askarlarning qarindoshlari qidirilmoqda. Sakkiz askarning qarindoshlari Belarusda, to‘qqiz nafari Gruziyada bo‘lishi mumkin. Yana ikki nafar askarlarning yaqinlarini Abxaziya va Tojikistonda topishga umid qilishmoqda.

“Men internetda shu davlatlardagi askarlarning familiyadoshlariga xabar jo‘natdim. Internet guruhlarda qidiruv mavzularni tashkil qildim. Shu orqali askarlarning ayrim oilalari topildi”, - deydi qidiruv otradi rahbari Dmitriy Voronov.

Frontda halok bo‘lganlar ro‘yxatida – Toshkent, Farg‘ona,Namangan, Buxoro, Samarqand, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan askarlar qayd etilgan. Askarlar barchasi Rostov viloyatida halok bo‘lgan.

Voronov barcha davlat fuqarlari vaqti va imkoniyati bo‘lsa qidiruv ishlarida yordam berishi mumkin. Otradning rasmiy vakili bo‘lishi shart emas: inson tarmoqda qidiruv xabarini repost qilishi mumkin, bu ham katta yordam bo‘ladi. 

“Rostov viloyatidagi Shaxti shahri va uning yaqinida o‘rganish ishlarini amalga oshirmoqdaman. Bu yerda noma’lum qabrlar juda ko‘p. Men joylarga chiqib, aholi bilan muloqot qilmoqdaman, qariyalar menga qanday bo‘lgani haqida hikoya qilib berishadi. Chunki qishloqda hech qanday hujjatlar yo‘q. Na mahalliy hokimiyat, na maktab saytlarida hech qanday tarixiy ma’lumot yo‘q. Qabr "gapirishni boshlashi" uchun bir yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Askarlar dafn etilgan joyni bilgan yaqinlarning quvonch qo‘z yoshlari – uning uchun eng asosiy tashakkur bo‘ladi”, - deydi qidiruv tashkilot rahbari Voronov.

Poteravshiy dokument veteran voyni poluchil yego posle 57 let - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda urush qatnashchisining hujjati 57-yildan so‘ng tiklandi

Sputnik O‘zbekiston urush yillarida halok bo‘lgan askarlar ro‘yxatini taqdim etadi. Agar tanish familiyalarni ko‘rgan bo‘lsangiz, qidiruv otradi bilan bog‘lanish uchun Sputnik agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.

1. Abdubayev (Abdullayev, Abdulayev) Tiyak - 1900 y.da O‘zbekiston SSR, Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan.  Parkent RVK tomonidan chaqirilgan. 18 gv diviziya 5 Ud. Armii oddiy askari, Abdubayev 01.03.1943 yilda olgan jarohati tufayli PPG №4169 gospitalida vafot etgan va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Uning qarindoshi Turdina ham Parkent tumanida yashagan, Changi selsoveti, “Iniri” kolxozi. 

2. Atojanov (Atojabov) Orup (Artur) - 1910 y.da O‘zbekiston SSR, Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.  Farg‘ona RVK tomonidan chaqirilgan. 17 gv. kav. polk, 5 gv. kav. diviziya 3 gv. kav. korpus oddiy askari, kavalerist. Atojanov O. 13.02.1943 y.da Rostov viloyati Tabunshikovo degan joyda halok bo‘ldi. Rafiqasi Zakirova Madri  Farg‘ona vil., Farg‘ona tumani, Qorasu selsovet yashagan.

3. Babaxanov Alimjan - 1924 y.da O‘zbekiston SSR, Namangan viloyati Chust tumani, Agasaroy selsovet tug‘ilgan. Chust RVK tomonidan chaqirilgan. 178 azsp oddiy askar. Babaxanov A. XPPG №4169 gospitalida halok bo‘ldi va Rostov viloyati Shaxtida  23.05.1943 y.da dafn etilgan. Uning yaqinlari ham Agasaroy selsovetda yashashgan.

Veterani Velikoy Otechestvennoy voyni vozlagayut venki k Vechnomu ognyu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Urush qahramonlari xotirasi abadiylashtirildi

4. Bureyev (Buriyev) Musa (Muso) - 1912 y.da O‘zbekiston SSR, Buxoro viloyati Rometan tumani, Dalmun-Xatcha s/s, Moskva k/z tug‘ilgan. 25 gv. kav. polk oddiy askari. U 25.03.1943 y.da PPG№4167 gospitalida vafot etgan va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Hujjatlar bo‘yicha uni 1958-yilda o‘g‘li Musayev Xayot qidirgan (yashash manzili: Romitan tumani, Dalmun s/s k-z Moskva).

5. Djaxsembitov (Djaxsembitovich) Tulet - 1923 y.da O‘zbekiston SSR, Toshkent viloyati, Toshkent, Sifdorban tumani, Berxiobolinsk. s/s tug‘ilgan. Toshkent RVK tomonidan chaqirilgan. U 19.03.1943 y.da IG№833 gospitalida vafot etgan va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Qarindoshlari Toshkent sh., Sifdorban tumani, Berxiobolinsk. selsovet yashashgan.

6. Djumanyazov (Dojumonyazov, Djumanazarov) Sosbir (Sosibir, Sobir) - 1922 y.da O‘zbekiston SSR, Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 117 zapas str. polk oddiy askari. Djumanyazov S. 23.03.1943 y.da IG№833 gospitalida vafot etgan va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Uning qarindoshlari Toshkent shahrida yashashgan.

7. Ishkulov (Itkulov, Eshkulov, Yeshkulov) Abdul (Abdula) - 1918 y.da O‘zbekiston SSR, Samarqand viloyati, Narpay tumani, Altiugil selsovet tug‘ilgan. U 01.03.1943 y.da PPG№4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning yaqinlari Altiugil selsovet, Narpay tumanida yashashgan.

8. Kalambetov (Kalimbetov) Karabas - 1912 y.da tug‘ilgan, 126 str. divizii katta harbiy feldsher, Qoraqalpog‘iston voyenkomati tomonidan chaqirilgan. Kalambetov K. 28.02.1943 y.da IG№833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning otasi Tulekbayev Kalimbet Uzbekiston SSR, Muynak s., Sbornaya ko‘chasi, 145 uyda istiqomat qilgan, xotini  Kalimbetova Zisayda Xo‘jayli shahrida yashagan.

9. Krayev Mixail Yefimovich - 1921 y.da O‘zbekiston SSR tug‘ilgan, Tonshayev tumani, Nikolayevskiy (Novokrayevskiy), Gorkov viloyati. Krayev M.E. 20.02.1943 y.da №4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Toshkent sh. Kuybishev t. K.Marks tumanida istiqomat qilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Urush yillari bizning xalqimiz qanchalar buyuk qalbga ega ekanini ko‘rsatgan

10. Lukoshin (Lukashkin, Lukashin) Petr Konstantinovich – 1923 y.da tug‘ilgan, Kuybishev vil., Bogatov t., Yefremovka. Lukoshin P.K. 03.03.1943 y.da №4167 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning onasi Lukoshina Varvara Timofeyevna O‘zbekiston SSR, Qashqadaryo vil.,  Qarshi sh., Shahrisabz 185, 86 uy. yashagan.

11. Lyubimov Pavel Timofeyevich – 1924 y.da O‘zbekiston SSR, Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 281 polk NKVD oddiy askari. Farg‘ona RVK frontga chaqirilgan.  Lyubimov P.T. 12.03.1943 g. PPG№4167 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon sh. Shosse mot. srabr., 13 uy, 13 kv yashagan.

12. Makarenko Anton Antonovich – 1914 y.da Chernigov vil., M.-Bobroviskiy t., M.-Bobrovitsa tug‘ilgan. Katta leytenant, shturman eskadrili 4 va 218 avd 459 nbap. Makarenko A.A. 12.06.1942 y.da vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Rafiqasi Belim Vera Fedorovna Toshkent sh. aviagorodok, korpus 32 14 p/o yashagan.

13. Makashov Mark – 1904 y.da O‘zbekiston SSR, Toshkent viloyati, Xovas rayoni, "Boyadi" sovxoz. 1941 y.da Xavast RVK tomonidan frontga chaqirilgan. Makashov M. 19.09.1943 y.da SPEG№3262 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshi Makashova Turidnar (Turiznor) Xovas tumani xozirgi Sirdaryo vil.) “Boyadi" (Bogdi, Bagda) sovxozida yashagan.

Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan  ustroila aksiyu v ramkax organizovannogo avtoprobega kolonni avtomobiley voyennogo vremeni - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ko‘chalarida urush yillarining eng mashhur qo‘shig‘i - "Katusha" ijro etildi

14. Madaliyev Abdulxalik – 1922-yilda O‘zbekiston SSR, Toshkent viloyati, Orjonikidze tumani, “Kizilkidash” kolxozida tug‘ilgan. Kuybishev RVK, Kozog‘iston SSR, Pavlodar vil. tomonidan frontga chaqirilgan. Madaliyev M. 24.03.1943 vafot etgan va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Uning qarindoshlari "Kizilkidash" ("Kiziltash") yashashgan. Ehtimol, bu tuman Qozog‘istonga o‘tkazilgan.

15. Mironov Nikolay Trofimovich – 1910 y.da O‘zbekiston SSR, Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Oddiy askar. Mironov N.T. 30.04.1943 yilda IG№833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Uning qarindoshlari Buxoro vil. Qiziltepa tumani, Bustoi s. (hozirgi Qiziltepa, Navoiy vil) istiqomat qilgan.

16. Muratov Murza Atayevich  - 1912-yilda O‘zbekiston SSR, Chiroqchi tumani, Narchan selsovet, s. Oktabr tug‘ilgan. U 19.04.1943 y.da IG №833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani s.Oktabrda yashashgan.

17. Nuradinov Abdroxman – 1902-yilda O‘zbekiston Andijonda tug‘ilgan.  1B 3K 5 Udar Armiya oddiy askari. Andijon RVK tomonidan chaqirilgan.  Nuradinov A. 25.02.1943 yilda PPG№4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Andijon shahrida, Xastr-Belov ko‘chasi №30da yashashgan.

18. Nurmatov Tursun (Turdi)  - 1917 y.da O‘zbekiston SSR, Samarqand vil., Paxtakor tumani, Fulagi selsovetda tug‘ilgan. 1941-yilda Paxtakor RVK tomonidan chaqirilgan. Nurmatov T. 17.09.1943 y.da SPEG №3262 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning onasi Kurbayeva Ziyet (Nurumbayeva Zizet. Ziyoda) Paxtakor tumani, Fulagi (Fulyash) selsovetida istiqomat qilgan.

Urush veteranlari navbatsiz mashina oladi

19. Pushkinskiy Dmitriy Andreyevich – 1904 y.da O‘zbekiston SSR, Farg‘ona vil., Kaganovich tumani, s. Yakor tug‘ilgan. Farg‘ona viloyati Kaganovich RVK chaqirilgan. Pushkinskiy D.A. 03.03.1943 y.da PPG №4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, s Yakor (Yaypan???) yashashgan.

20. Raximov Isman – 1913 y.da O‘zbekiston SSR, Namangan vil.da tug‘ilgan. 62 gv. str. polk oddiy askari Namangan RVK chaqirilgan. Raximov I. 09.04.1943 y.da IG № 833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Qarindoshlar haqida ma’lumot yo‘q. Namangan viloyati voyenkomati tomonidan chaqirilgan. Topilgan ma’lumotlarga ko‘ra: Namangan shahrida uch nafar Raximov Ismanov, 1915, 1919 va 1922 t. chaqirilgan. Faqat – Raximov Isman 1916 y. t. (02.06.1939 y. Namangan RVK chaqirilgan, O‘zbekiston SSR, Farg‘ona vil. Namangan t. Onasi Raximkulova Topa, Molotov s/s Gorkiy k-z). U  09.1941 y.dan bedarak yo‘qolganlar ro‘yxati hisobida bo‘lgan.  Ehtimol u o‘limilan sal oldin asirlikdan ozod qilingan va tekshiruvdan o‘tib, 62 gv. str. polkga tushgan.

21. Sadikov Rozik  - 1921 y.da O‘zbekiston SSR, Andijon vil.da tug‘ilgan. Oddiy askar. U 18.04.1943 y.da IG №833 gospitalda vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Qarindoshlari Andijon vil. Lenin (Asaka) t., Kujep s/s, Kaxroma k-z yashagan.

22. Sarsiyev (Matsiyev, Sariyev) Turun – 1908 y.da Qoraqalpog‘iston ASSR Chimboy sh.da tug‘ilgan. 991 SP 258 SD 5 UA rota zamkom, kichik leytenant. U 17.03.1943 y.da PPG№3533 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Rafiqasi Tarabayeva Qoraqalpog‘iston, Chimbay t.Chimbay sh. Sovet ko‘chasi, 15 uyda yashagan.

23. Sonayev (Sanayev) Sapar – 1914 y.da O‘zbekiston SSR, Samarqand vil. Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Xatirchi tuman RVK chaqirilgan. U 08.07.1943 y.da IG№833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Rafiqasi Samarqand vil. Xatirchi t. Molotov selsovetda yashagan.

O‘zbekiston harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Urush va tinchlik: Mirziyoyev nega armiyani mustahkamlamoqda

24. Subixankuliyev (Subxonkuliyev, Sibixankulov, Subixankuleyev) Xudjagalet (Xudjagaleb) – 14.03.1943 y.da PPG№4167 gospitalida vafot etdi. U haqda boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q.

25. Urozbaxtiy (Urozbaxtin, Urazbaxtin) Digir (Dosir) – 1911 y.da O‘zbekiston SSR, Andijon tumani, Sovuqbulaq. 12.04.1943 y.da PPG № 4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Sovuqbuloq ovulida yashashgan.

26. Umarov Mansur (Mashur) – 1924 y.da O‘zbekiston SSR, Toshkent sh. tug‘ilgan. Toshkent sh.  Oktabr RVK tomonidan frontga chaqirilgan. Umarov M. 18.04.1943 y.da PPG№4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Onasi Umarova Shatkal Toshkent sh. Oktabr tumani, Sakbal-Presolog k., 60 u.da yashagan. Umarov M. ismi Xotira kitobiga kiritilgan. Dog‘iston 9 jild.

27. Xaydarov Katta (Kata) - 1907 (17) y.da O‘zbekiston SSR, Surxondaryo vil., Boysun t.da  Saran s/s, Kalinin k/z tug‘ilgan. Janubiy front 295 gv. str. polk 96 gv. str. diviziya oddiy askar. Buxoro vil. Surxondaryo, Boysun RVK tomonidan chaqirilgan. U 09.08.1943 y.da EG№1584 gospitalida vafot etdi va Rostov vil. Kamenolomna p.da dafn etildi. Uning rafiqasi Tursil (Satta yoki Datta) Kalinin kolxozida yashagan.

28. Xalilov Avdskim (Obdekim, Abekim) – 1923 y.da tug‘ilgan. Janubiy front 29 kav. polk oddiy askari. Namangan RVK tomonidan frontga chaqirilgan. U 15.08.1943 y.da EG№1584 gospitalida vafot etdi va Rosttov viloyati Kamenolomna p.da dafn etildi. Uning qarindoshlari: Nesterenko F. And. va otasi Vanedov A. O‘zbekiston SSR, Namangan vil. Namangan t. Xaratun s/s, Tavrich s.da yashagan.

29. Xasanov Imash (Imamali) - 1913 y.da O‘zbekiston SSR, Farg‘ona vil. Oltin-ko‘l t.da tug‘ilgan, 5 Ud. Armiya oddiy askari. U 26.02.1943 y.da PPG №4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshi Xasanova Yetmara Andijon vil. Oltin-ko‘l t. Saroy, Andijon st., Stalin k-zda yashagan. Urushdan so‘ng onasi Janbutayeva Salamat qidiruv ishlarini olib borgan.

30. Xasanov Salo - 1924 y.da O‘zbekiston SSR, Andijon vil. Andijon t. Rabek (Xirabek) s/s, Yanikurun k. da tug‘ilgan. Andijon RVK tomonidan frontga chaqirilgan. U XPPG№4169 gospitalida vafot etdi va 27.05.1943 y.da Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Xirabek, "Yanikurun" kolxozda yashagan.

Veteran Maksud Akilov  - Sputnik O‘zbekiston
Maqsud Akilov 2-chi jahon urushi xotiralari haqida

31. Xomatov (Xamadov, Xamatov, Xammatov) Kuchkar Xamatovich – 1913 y.da O‘zbekiston SSR, Samarqand vil. Nurota t. Kaganovich kol. tug‘ilgan. U  11.06.1943 y.da IG№833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning rafiqasi Kaganovich kol yashagan. Hozir bu O‘zbekiston, Navoiy vil. Nurota t.

32. Shadiev (Shadiyev, Shodiyev) Iyergat - 1921 y.da O‘zbekiston SSR, Toshkent vil. Molotov t., Katagal s.da tug‘ilgan.  60 str. polk 5 Udar Armiya oddiy askari. U 19.05.1943 y.da XPPG№4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Katagal s. (G‘alla Orol yoki Katta Kashkar) yashagan. Molotov t. Toshkent vil.

33. Shuray (Suray) Sharabo - 1921 y.da O‘zbekiston SSR, Buxoro vil. G‘ijduvon t. Gavshun s. tug‘ilgan. G‘ijduvon RVK tomonidan frontga chaqirilgan. U Rostov viloyati Shaxti sh. Ayuta x. ozod qilinishida 12.02.1943 y.da vafot etdi. Uning qarindoshlari (Ruziy T. Yoki Ruziyev) Buxoro vil.G‘ijduvon t. Gavshunda yashagan.

Yangiliklar lentasi
0