https://oz.sputniknews.uz/20180509/8162448.html
Toshkentdagi 9-may tadbirida diktor Levitanning 1941-yildagi murojaati jarangladi
Toshkentdagi 9-may tadbirida diktor Levitanning 1941-yildagi murojaati jarangladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 73-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda mashhur suxandon Yuriy Levitanning urush... 09.05.2018, Sputnik O‘zbekiston
2018-05-09T17:39+0500
2018-05-09T17:39+0500
2018-05-09T18:33+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/185/78/1857877_0:92:2000:1217_1920x0_80_0_0_e16f04c55187935187a83643df292251.jpg
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2018
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/185/78/1857877_128:0:1873:1309_1920x0_80_0_0_58b6abf9f389e1902d65b7b206b10842.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar, 9-may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
yangiliklar, 9-may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
Toshkentdagi 9-may tadbirida diktor Levitanning 1941-yildagi murojaati jarangladi
17:39 09.05.2018 (yangilandi: 18:33 09.05.2018) Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 73-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda mashhur suxandon Yuriy Levitanning urush boshlangani to‘g‘risidagi e’loni jarang topdi
TOShKENT, 9-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkentdagi 9-may bayramiga bag‘ishlangan tadbir davomida mashhur suxandon Yuriy Levitanning 1941-yil 22-iyundagi — urush boshlangani va tadbir o‘rtasida 1945-yil 8-maydagi — SSSR fashistlar ustidan g‘alaba qozongani to‘g‘risidagi e’lonni o‘qigan ovozi jarang topdi.
Bugun Toshkentdagi Botanika bog‘ida Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bog‘da Ikkinchi jahon urushi muhiti vujudga keltirilgan edi.
Bog‘ning mehmonlar uchun dasturxon bezatilgan qismida sahna yasalgan va uning ortidagi ulkan monitor orqali o‘zbek xalqining urush yillarida ko‘rsatgan tengsiz qahramonliklari aks ettirilgan arxiv lavhalar namoyish etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston san’at arbobi Turob To‘laning "Ona monologi" yangradi. Shuningdek, Hamid Olimjonning "Fashizm balosi", Zulfiyaning "Jangga ketgan o‘g‘ilga", G‘afur G‘ulomning "Sen yetim emassan" she’rlarining mualliflardan yozib olingan parchalari eshittirildi.
Turob To‘laning "Qasos olamiz", Kamtarning "Frontdan xat", Habibiyning "Ko‘rgum kelur", G‘afur G‘ulomning "Yigit omon bo‘lsa", Konstantin Simonovning "Jdi menya", Yakov Galiskiyning "Siniy platochek" she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar yangradi.