Samarqanddagi Yahudiylar qabristonida xotira yodgorlik majmuasi ochildi

© Xokimiyat SamarkandaMujchini na otkritii yevreyskogo kladbisha v Samarkande
Mujchini na otkritii yevreyskogo kladbisha v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi yahudiylar diasporalari Samarqandda yig‘ildilar

TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Samarqand shahridagi Yahudiylar qabristonida xotira yodgorlik majmuasi ochildi, deb xabar berdi hokimlik matbuot-xizmati.

Yahudiylar qabristonining 185-yilligi hamda ibodatxonaning 85-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda AQSh, Kanada, Isroil, Rossiya, Avstriya, Germaniya va Avstraliyadan 300 ga yaqin Buxoro-yahudiy diasporasi vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda Samarqand viloyati hokimligi, AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongresi, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va boshqalar ishtirok etib, mamlakatda 130 dan ortiq millat va elatlar qatorida 4 mingdan ortiq yahudiylar ahil-inoq istiqomat qilayotganligini ta’kidlab o‘tishdi.

Mazkur maskanning obod bo‘lishiga hissa qo‘shganlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Yangiliklar lentasi
0