Mutaxassislar Zelenskiy prezidentligining birinchi yilini sarhisob qildilar

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta Ukraini V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve
Vstrecha prezidenta Ukraini V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Zelenskiy shu vaqtga qadar prezident bo‘lishlikni o‘rgandi, ammo u haligacha ushbu kemaning rulini qanday boshqarishni tushunmay kelmoqda.

TOShKENT, 20-may - Sputnik. Bir yil oldin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Siyosiy tajribaga ega bo‘lmagan holda, u ushbu lavozimda o‘zidan oldin prezident bo‘lgan nomzod Petr Poroshenko ustidan ikkinchi bosqichda yirik 73 foiz ovoz natijasi bilan g‘alaba qozongan edi. RIA Novosti xabariga asosan.

Bu vaqt ichida Zelenskiy o‘zining saylovoldi kampaniyasidagi ba’zi va’dalarini, xususan, deputatlar daxlsizligini bekor qilishga erishdi. Shu bilan birga, u va’da qilgan Donbassdagi tinchlikni olib kelmadi. Shuningdek, u qo‘lida misli ko‘rilmagan hokimiyatga ega bo‘la turib, mamlakatni isloh qilish va "qashshoqlik davrini" yengib o‘tish borasida jiddiy yutuqlarga erisha olmadi. Shuningdek, yo‘q qilishga va’da bergan, ammo hanuz lavozimlarga odamlarni tayinlashda "qarindoshlik" kabi usullardan foydalanilayotganligi uchun tanqid qilinmoqda. Kadrlar yetishmasligi ham uning faoliyatining samaradorligiga ta’sir qilmoqda: ko‘pincha asosiy lavozimlarga nomzodlar yo‘q yoki ular oldingi amaldorlar orasidan qidirilishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Putin bilan muzokaralari haqida gapirdi

Juda kutilayotganiga qaramay, Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirish ham amalga oshmadi: Zelenskiyning ofisi tomonidan Rossiyaga qarshi ritorika sezilarli darajada kamaydi, ammo yangi prezident Rossiya Federatsiyasini Ukraina sharqidagi mojaroda ayblashda davom etmoqda va Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirmoqda.

RIA Novosti suhbatda bo‘lgan ekspertlarning fikriga ko‘ra, Zelenskiy "shu vaqtgacha prezident bo‘lishlikni o‘rgandi, ammo u haliga ushbu kemaning rulini qanday boshqarishni tushunmay kelmoqda".

Davlat rahbari lavozimidagi birinchi yilini sarhisob qila turib, Zelenskiy o‘zini kamroq ishonuvchan va qattiqroq bo‘lganini, ammo yangi rolga hali ko‘nikmaganligini aytdi.

"Turborejim"

Zelenskiyning rahbarligi yilida mamlakatda yuz bergan barcha o‘zgarishlar "turborejimi"da amalga oshirildi -  prezidentning uzoq vaqtlardan beri qo‘llanilib kelayotgan qoidalar va uzoq vaqt ishlayotgan amaldorlarni o‘ta tez ravishda almashtirishni va Verxovnaya Radada (Ukrainadagi parlament – tahr.) qarorlarni tez qabul qilinishi istagi aynan shunday atalmoqda. Zelenskiyning inauguratsiya kunining o‘zida birinchi qarori parlamentni tarqatib yuborish va o‘tgan yozda bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin saylovlarni e’lon qilish bo‘ldi. Natijada, prezidentparast partiya 246 o‘ringa ega bo‘ldi (talab qilinadigan 226 o‘rniga) va mustaqil ravishda koalitsiya tuzdi.

Vstrecha prezidenta Ukraini V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy "Gazprom"dan olgan pul nimaga sarflanishini aytdi

Muxolifatning yengil qo‘li bilan Ukraina siyosatida "yashil printer" atamasi paydo bo‘ldi, chunki "Slugi naroda" (xalq xizmatchilari) deputatlari faoliyatining boshida deyarli sutka bo‘yi qonunlarga yoqlab ovoz berishgan, shu bilan birga ular qonunlar matnlariga hatto qarashmagan ham. "Xizmatkorlar"ning partiyaviy belgilari yashil rangga bo‘yalganligi tufayli, printer yashil deb nomlandi.

Rada bir yildan oz vaqt ichida haqiqatan ham 180 dan ortiq qonunlarni qabul qilishga muvaffaq bo‘ldi. Zelenskiyning atrofidagilari deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish borasida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Amaldagi prezident hokimiyat tepasiga kelishidan oldin bu g‘oyaga Rada tomonidan yillar davomida to‘sqinlik qilib kelindi. Shu bilan birga, qonunchilikdagi yangiliklar shundan iboratki, endi deputatga qarshi ishni faqatgina prezidentning taklifiga binoan parlament tomonidan tayinlanadigan bosh prokuror qo‘zg‘atishi mumkin. Zelenskiyning tashabbusi bilan Rada impichment to‘g‘risida qonunni va ochiq mintaqaviy ro‘yxatlarni nazarda tutuvchi yangi saylov kodeksini qabul qildi.

Kadrlar yetishmovchiligi va "qarindoshchilik"

Zelenskiy rahbarligining asosiy muammosi kadrlar siyosati bo‘ldi: hokimiyatga mamlakatni boshqarish uchun komandasi bo‘lmagan odam keldi. Siyosatga iloji boricha ko‘proq yangi odamlarni jalb qilish bo‘yicha saylovldi g‘oyasi ham muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

"Zelenskiy va saylovchilar, hamma narsani tez fursatlarda blokdan chiqarish uchun shunchaki yangi odamlar jalb qilinsa yetarli deb o‘yladilar. Bu unday bo‘lib chiqmadi. Murakkab muammolarni tez va sodda hal qilib bo‘lmaydi", - deydi ukrainalik siyosatshunos Vladimir Fesenko.

Inauguratsiya izbrannogo prezidenta Ukraini V. Zelenskogo - Sputnik O‘zbekiston
SSSR uchun tavba qildi. Zelenskiy Polshada nimani o‘z zimmasiga oldi

"Xalq xizmatchilari" deputatlari orasida yangi chehralar tez orada "eski"ga aylandi. Hokimiyat partiyasi deyarli norasmiy ta’sir guruhlariga bo‘linib ketdi va anchadan beri beqaror ishlab kelmoqda. Yer bozori va "Kolomoyskiyga qarshi" qonun bo‘yicha so‘nggi muhim ovoz berishlar shuni ko‘rsatdiki, Zelenskiy Radada endi barqaror koalitsiyaga ega emas.

"U jamoani shoshilinch yiqqani sababli, bu jamoaning initzomliligi va safarbarligining yagona mezoni – bu Zelenskiyning o‘zi. Chunki mafkuraviy yoki qiymat omillari yo‘q. Zelenskiy bo‘lmasa, uning o‘zi yaratgan tizim ham bo‘lmaydi", - deydi Fesenko.

Kadrlarning samarasiz siyosati Ukraina iqtisodiyotida ham muammolarga olib keldi. Bosh vazir Aleksey Goncharuk boshchiligidagi Zelenskiyning birinchi hukumati davlat budjetiga tushumlar bo‘yicha muvaffaqiyatsizlikka uchradi, bu esa ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi va natijada vazirlar mahkamasi ishdan bo‘shatildi. Goncharuk o‘rniga Denis Shmigal keldi. Ayni paytda, Zelenskiy ofisi ketgan Goncharuk hukumatining ba’zi a’zolari o‘rniga hanuz odam qidirmoqda. Ukraina Radasi ushbu vazirlar mahkamasi ham tez orada iste’foga chiqishini istisno qilmaydi, chunki koronavirus epidemiyasi avj olgan paytda iqtisodiyotni barqarorlashtirish rejasini taklif qila olmayapti.

"Kadrlar siyosatida hayratlanarli hodisalar ro‘y bermoqda – hokimiyatga nafaqat shunchaki o‘tmishdagi odamlar qaytapti, balki juda shubhali siyosiy tarjimai holga ega odamlar. Va barcha lagerlar: (sobiq prezident) Viktor Yanukovichning lageridan ham va Petr Poroshenkoning lageridan ham. Muayan kadrlar siyosati yo‘qligi ravshan", - deb yozdi "Novoe vremya"nashri kologkasida "Sentr UA" jamoat tashkiloti rahbari Oleg Ribachuk.

Ukraina Siyosat menedjmenti va tahlili instituti direktori Ruslan Bortnikning fikriga ko‘ra, kadrlar siyosatidagi xatolar yaqqol ko‘rinib turibdi, chunki olti oy o‘tgach Zelenskiy hukumat, bosh prokuror va prezident devoni rahbarini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. "Bu shuni ko‘rsatadiki, uning kadrlar siyosati muayan tizimga ega emas, hukumatga tasodifiy odamlar kelib qolyapti va hatto reyting pasayishi hisobiga ulardan tezda halos bo‘lishga to‘g‘ri kelmoqda", - dedi ekspert RIA Novosti agentligiga.

Vstrecha prezidenta Ukraini V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy SSSRni Ikkinchi jahon urushini boshlashda aybladi

Zelenskiy saylovda g‘olib bo‘lishi sabalaridan biri, oldingi prezidentlarda bo‘lgani kabi, do‘stlari va qarindoshlarini hokimiyatga tayinlamaslik haqidagi va’dasi bo‘lgan.

"Xavotir olmang. Bizda qarindoshchilik bo‘lmaydi", - deb javob berdi Zelenskiy 2019-yil aprel oyida jurnalistlarning hukumat lavozimlariga kimlarni tayinlashi to‘g‘risidagi savoliga. Bir yildan so‘ng, "95 Kvartal Studiyasi" ning navbatdagi ishtirokchisining davlat lavozimlariga tayinlanishiga ukrainaliklar hayron bo‘lmay qo‘ydilar.

Zelenskiy o‘zining birinchi qarorlari bilan bolalik do‘sti, ilgari "Kvartal 95" MChJ rahbari bo‘lib ishlagan Ivan Bakanovni Xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinladi. Zelenskiyning qadimgi do‘sti va biznes-hamkori, "Kvartal 95" studiyasi egalaridan biri Sergey Shefir prezident maslahatchisi etib tayinlandi. "Kvartal" huquqshunosi va Zelenskiyning do‘sti Andrey Yermak Prezident devoni rahbari bo‘ldi. "Kvartal"dan hokimiyatga tayinlanganlar soni allaqachon hazillarga sabab bo‘ldi, nimaga Lisiy  (kal-tahr.) (Zelenskiyning yaqin do‘sti Yevgeniy Koshevoy) haligacha lavozimga tayinlanmadi. Ukrainalik jurnalistlar "Kvartal"chilar tugagach, lavozimlarga guruh konsertlarida hammadan balandroq qarsak cholgan yoki kulganlarni tayinlasa bo‘ladi hazil qilishmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash va va’da qilingan qamalishlar

Poroshenko bilan stadiondagi munozarada Zelenskiy: "Men sizning hukmingizman", degan muhim iborani aytdi. Zelenskiy atrofidagi odamlarning asosiy shiorlaridan biri quyidagicha bo‘lgan: "Bahor keladi – hibsga olishlarni boshlaymiz". Korrupsiyaga nisbatan bag‘rikenglikka nol daraja to‘g‘risida va  Poroshenko prezidentligi tugashi bilan birga "o‘zimizning" odamlar mamlakatda hamma narsani boshqarishi davri tugaganini ko‘rsatishni istashlariga qaramay, Zelenskiy o‘z yirik korrupsion janjaliga ega bo‘lib bo‘ldi.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qildi: prezidentlar bir-birini bayram bilan tabrikladi

Mart oyining oxirida, prezident ofisi rahbarining ukasi Yermak davlat lavozimiga nomzodlar bilan suhbatlashayotgani va buning uchun ehtimol pul olgan bo‘lishi mumkinligi haqida videolar paydo bo‘ldi. Faqatgina bir hafta o‘tgach, Zelenskiyning ofisi ushbu janjalga munosabat bildirdi va videoda ko‘rsatilgan hech bir odam lavozimlarga tayinlanmaganini, ammo "keltirilgan barcha dalillar sinchkovlik bilan tekshirilishi kerakligini" ta’kidladi. Keyinchalik Davlat tergov burosi Yermakning bayonotiga binoan go‘yoki hukumat lavozimlarini sotish bilan bog‘liq materiallarni tarqatilishi munosabati bilan ish qo‘zg‘adi. Korrupsiyaga qarshi prokuratura odamlarni davlat organlariga lavozimlarga tayinlashda o‘z mavqeyini suiiste’mol qilish faktlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Keyinchalik u ish "firibgarlik" moddasiga qayta tasniflandi.

Zelenskiyning o‘zi, nima uchun bir yil davomida korrupsionerlarni "qamash" haqidagi va’dasini bajarmaganligini tushuntirayatib, huquqni muhofaza qilish organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkaza olmasligini aytdi. Ushbu davrda boshlangan shov-shuvli ishlardan biri Poroshenkoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgani bo‘ldi. Unga nisbatan 16 ta jinoiy ish, shu jumladan "davlatga xiyonat", "jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish" va "vakolatni suiste’mol qilish" moddalari bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atilgan.

Donbass tanaffusda

Zelenskiy butun yil davomida o‘z ishida katta e’tiborni Donbassdagi harbiy mojaroga barham berishga bag‘ishladi. O‘tgan yil oxirida Fransiya, Germaniya, Ukraina va Rossiya yetakchilari uch yillik tanaffusdan keyin "Norman formatida" muzokaralarga o‘tirishdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasida Ukraina sharqida bir qator nuqtalarda kuchlarning qaytarilishi boshlandi, shuningdek, RF va o‘z-o‘zini e’lon qilgan DNR va LNR bilan "ushlab turilgan" shaxslarning bir qator muhim almashinuvlari amalga oshirildi.

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
"Normand" sammiti bo‘lib o‘tdi. Zelenskiy endi nima qiladi?

"Ishonchim komilki, bu almashinuv orqali biz bu urushga yakun yasaymiz... Men bir yil ishlashga tayyorman, agar Minsk jarayoni ishlamasa, biz taktikani o‘zgartirishga tayyormiz. Bu yil hali o‘tmadi", - dedi Zelenskiy.

Minskdagi Donbass bo‘yicha muloqot guruhi mintaqaning maxsus maqomi to‘g‘risidagi qonunning kuchga kirishini belgilaydigan "Shtaynmayer formulasi" to‘g‘risida kelishib oldi. Formula kelishib olinganidan so‘ng, Ukraina poytaxti va boshqa bir qator shaharlarda Kiyevning bunday qarorga qarshi chiqqanlarning namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Donbass maqomi haqidagi qonun Radada ham hali paydo bo‘lmadi.

May oyida Zelenskiy Minskdagi aloqa guruhining tarkibini ham kuchaytirdi, jumladan, uning tarkibiga bosh vazir o‘rinbosari va Ukrainaning vaqtincha egallab olingan hududlari bo‘yicha vaziri Aleksey Reznikov qo‘shildi.

"Muzokaralar jarayoni siljiy boshladi va bu Zelenskiy uchun ijobiy jihat. Ammo, afsuski, "Normand to‘rtligi"ning ikkinchi uchrashuvi bo‘lmadi. Va bunga sabab koronavirus emas, sababi shundaki, birinchi uchrashuvning natijalari hali amalga oshirilmadi. Ijobiy boshlanganiga qaramay, bugungi kunda Zelenskiy ma’lum bir rubikonga yetib keldi, bu rubikonda Donbass bo‘yicha jiddiy qarorlar qabul qilinishi kerak, ammo bu mamlakat ichidagi o‘ng qanot radikallari tomonidan ishlatilishi aniq, biroq ularsiz reintegratsiyaning iloji yo‘q", - dedi Bortnik agentlikka bergan izohida.

Moskva va G‘arb bilan munosabatlar

Tashqi siyosatda Zelenskiy Kiyevning Yevropaga integratsiya vektorini saqlab qoldi va NATO bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, prezident ofisida Ukrainaning NATO va Yevropa Ittifoqiga keyingi o‘n yilliklarda a’zolikka umid qilib bo‘lmaydigan sharoitda tashqi siyosat bo‘yicha aniq strategiya yo‘q.

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Putin bilan muhokama qilmoqchi bo‘lgan masalalarni aytdi

"Jamoada strategik rejalashtirishni his qilib bo‘lmaydi - bu esa birinchi navbatda ustuvorliklarni belgilash. Aslida biz eski ko‘p vektorli yondashuvni davom ettirmoqdamiz", - dedi Xalqaro ilg‘or tadqiqotlar markazi mutahassisi Nikolay Kapitonenko.

O‘z navbatida, siyosatshunos Bortnik, ko‘p vektorli siyosatga qaytish haqida gapirishning keragi yo‘q, degan fikrni bildirdi, yangi prezident shunchaki Poroshenko kabi Yevrointegratsiyani qat’iyatlik bilan ilgari surmayapti.

"Biz yevrointegratsiyalashuvni to‘xtatdik holos, ammo Zelenskiyning pozitsiyasi unchalik ta’sir ko‘rsatmadi, chunki G‘arb inqiroz, koronavirus tufayli Ukrainadan ozgina uzoqlashdi va o‘z muammolariga qaytdi. Hech kim YeI va NATO tomon harakatdan voz kechmayapti, bu tartib konstitutsiyada qolmoqda, ammo hech kim bu jarayonlarni tezlashtirmayapti ham”, - deb hisoblaydi mutaxassis.

Rossiya bilan munosabatlarda, Ukraina tomoni tajovuzkor ritorikani sezilarli darajada olib tashladi. Donbass masalasida Moskva bilan umumiy til topish uchun rasmiy Kiyev "Qrimni qaytarish" masalasini muzokaralardan deyarli olib tashladi. Bundan tashqari, Ukraina xukumati vakillari vaqti-vaqti bilan axborot makoniga Qrimni suv bilan ta’minlash g‘oyalarini kiritishgan.

"Bizning Rossiya bilan munosabatlarimiz Gruziya ssenariysi bo‘yicha davom etmoqda, bunda, bir tomondan muhim gaz tranziti shartnomasi tuzildi, savdo uchun to‘siqlar kamaydi, boshqa tomondan, siyosiy normallashtirish haqida gapirish hozircha noo‘rin. Ukrainada RF elchisi yo‘q, va siyosiy munosabatlar juda past nuqtada”, - dedi Bortnik.

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy unga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yagona odamni aytdi

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar Donbassdagi vaziyat fonida yomonlashdi. Ukraina rasmiylari avvalroq Rossiyani mamlakatning ichki ishlariga aralashganlikda bir necha bor ayblashgan. 2015-yil yanvar oyida Verxovnaya Rada Rossiya Federatsiyasini "tajovuzkor mamlakat" deb nomlovchi bayonot qabul qildi. Rossiya Ukraina tomoni ayblovlarini rad etib nomaqbul deb atadi. Moskva bir necha bor Ukraina ichidagi mojaroning ishtirokchisi emasligini va Kiyev ichki siyosiy va iqtisodiy inqirozini bartaraf etishidan manfaatdorligini bildirdi.

2014 yil mart oyida o‘tkazilgan referendumdan so‘ng Qrim Rossiya hududiga aylandi, unda Qrim respublikasi saylovchilarining 96,77% va Sevastopol aholisining 95,6% Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz berishdi. Qrim xukumati 2014-yil fevral oyida Ukrainada sodir bo‘lgan to‘ntarishdan keyin referendum o‘tkazdi. Ukraina hali ham Qrimni o‘zining, lekin vaqtincha bosib olingan hududi deb hisoblaydi. Rossiya rahbariyati bir necha bor Qrim aholisi demokratik yo‘l bilan, xalqaro qonunlarga va BMT nizomiga to‘la mos ravishda Rossiya bilan birlashishga ovoz berganliklarini ta’kidladi. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasi "butunlay yopiq".

Reyting tushishi

Xatolar va har doim ham jamoatchilikka tushunarli bo‘lmagan qarorlarga qaramay, saylovlar yaqin kelajakda o‘tkazilgan taqdirda, Zelenskiy yana saylovda g‘alaba qozongan bo‘lar edi. So‘nggi sotsiologik so‘rovlarga ko‘ra, potensial saylovchilarning 40 foizdan ko‘prog‘i unga ovoz berishga tayyor.

O‘tgan yili o‘tkazilgan saylovning birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, u barcha nomzodlar orasida eng ko‘p ovoz to‘plagan (30,24%), hatto amaldagi prezident Poroshenkodan ikki baravar ko‘p ham. Saylovning ikkinchi bosqichida Zelenskiy 73,22 foiz ovoz yig‘ib g‘alaba qozondi.

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qildi

"Zelenskiyning partiyasi o‘n oy ichida o‘z saylovchilarining to‘rtdan birini yo‘qotdi, Zelenskiyning o‘zi esa saylovchilarning 30%ni yo‘qotdi. Yuqori qo‘rsatkich 73 foizdan yuqori bo‘lib, reytingi bqoriligicha qolayotganiga qaramay, ularni yo‘qotish dinamikasi salbiy va Yanukovich va Poroshenkolarning xuddi shu tendensiyalariga taqqoslaganda yaqin”, - dedi Bortnik RIA Novostiga.

Uning fikriga ko‘ra, jamiyatda ko‘pchilik ushbu saylov inqilobi, tizimsiz siyosatchining saylanishi siyosiy inqilobga va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning o‘zgarishiga olib keladi deb umid qilishgan. Biroq, bu sodir bo‘lmadi va Zelenskiy o‘zining o‘tmishdoshlaridan meros qolgan boshqaruv tizimini davom ettirdi.

Shunga o‘xshash fikrni "Demokratiya uyi" markazining siyosiy tahlilchisi Anatoliy Oktisuk ham bildirdi.

"Taassurot shundayki, hokimiyat o‘zgardi, eski qoidalar esa Poroshenko davridan farqli o‘laroq jamlanmagan bo‘lib qoldi holos. Menimcha, Zelenskiy oligarxlardan qo‘rqadi, o‘z reytingini yo‘qotishdan yoki kimdir u haqida yomon yozib qo‘yishdan qo‘rqadi. Oxir oqibat, olqishlarga muhtoj aktorlik sindromi, hanuz yo‘qolmadi”, - deydi siyosatshunos.

Yangiliklar lentasi
0