TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Gazprom"dan gaz tranzitini davom ettirish kelishuvi bo‘yicha doirasida olingan 2,9 milliard dollarni infratuzilmaviy loyihalarini amalga oshirish va tibbiyotni rivojlantirish uchun sarflashni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Biz yo‘llar qurilishiga – bu infratuzilmaviy ustuvorligimiz, va boshqa infratuzilmaviy loyihalarga, tibbiyot sohasi va energiya samaradorligiga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirishni rejalashtirmoqdamiz", - deb yozilgan ofisi sayti xabarida.
Davlat rahbari ikki hafta ichida zarur hujjatlar loyihalarini tayyorlash haqida topshiriq berdi.
O‘tgan yil 30-dekabrida "Gazprom" va "Naftogaz" Ukraina orqali yetkazib berishni davom ettirish bo‘yicha shartnomalar paketini, shu jumladan 5-yillik tranzit shartnomasini imzoladilar. Ikkala tomon hal qilinmagan sud da’volaridan bosh tortishdi va "Gazprom" Stokgolm arbitrajining qaroriga binoan Kiyevga 2,9 milliard dollar to‘ladi.