SSSR uchun tavba qildi. Zelenskiy Polshada nimani o‘z zimmasiga oldi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishInauguratsiya izbrannogo prezidenta Ukraini V. Zelenskogo
Inauguratsiya izbrannogo prezidenta Ukraini V. Zelenskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Polshada bo‘lganida SSSRni Ikkinchi Jahon urushining aybdorlaridan biri deb atadi.

TOShKENT, 29-yanvar - Sputnik, Anton Lisitsin. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Polshada bo‘lganida SSSRni Ikkinchi Jahon urushining aybdorlaridan biri deb atadi. U shuningdek, Aushvis konslagerining Jitomir va Lvov bo‘linmalari tomonidan ozod qilinganligini ta’kidladi. Zelenskiyning rezonansli bayonotlari Kiyevga Polsha Prezidenti Andjey Duda tomonidan qilingan taklifning ta’sirini kuchsizlantirdi. Varshava qo‘shnidan nimani xohlamoqchi, RIA Novosti materialida.

Prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya svoyey yejegodnoy press-konferensii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Putinning diplomat haqidagi gapidan so‘ng Polsha TIV Rossiya elchisini chaqirtirdi

Vayronalar qahramoni

Motam tadbirlarining birinchi kunida Polsha prezidenti Aushvisdagi marosim ishtirokchilari "ushbu va boshqa lagerlarda, gettolarda va qatl etilgan joylarda o‘lgan barcha olti million yahudiylarga hurmat bajo" keltirishlarini aytdi. Butun dunyoga murojaat qilar ekan, u konslager qurbonlari orasida bo‘lgan Qizil Armiya va hatto Sovet harbiy asirlarini ham esladi. Darvoke, Parijda so‘zga chiqqan Emmanuel Makron "konsentratsion lager hududiga tikanli simlar ortiga kirgan Qizil Armiyaning jasur askarlari" haqida ham gapirdi. "O‘sha paytda ular milliondan ortiq odam o‘lgan ulkan ommaviy qabr kuli ustida yurishayotganini bilishmas edi", deb qo‘shimcha qildi Fransiya prezidenti. Ammo Duda va Makronning ukrainalik hamkasbi konslagerda omon qolganlar oldida chiqish qilar ekan, Qizil Armiya haqida gapirishni lozim topmadi.

Biroq, ertasi kuni Polsha rahbari ham ritorikani almashtirdi. Ukraina prezidentiga murojaat qilib, u Kiyev va Varshava uchun boshqa yaqinlashtiruvchi jihatlarni esga olishni o‘rinli deb bildi: "Men prezidentga birgalikda 1920-yilda bolsheviklar hujumiga qarshi chiqqan Polsha va Ukraina askarlarining xotirasini sharaflashni taklif qildim. Bir tomondan, bolsheviklarga qarshi kurashgan Polsha askarlari, biz ba’zan, majoziy ma’noda, Pilsudskiyning askarlari deb atagan, boshqa tomondan, Petlyura va uning jangchilari edi ”.

Ofitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Polshaning Ikkinchi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Polsha prezidenti  bejiz Simon Petlyurani eslamadi. Varshava uchun bu tarixiy shahs juda qulaydir. 1918-yilda Galitsiya va Volinda G‘arbiy Ukraina Respublikasi e’lon qilindi, keyinchalik u Polsha armiyasi tomonidan mag‘lubiyatga uchradi. Ammo 1919-yil yanvarida ZUNR Ukraina Xalq respublikasi direktoriyasi bilan "akt zluki" (birlashish akti)ni tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Bugun rasmiy Kiyev ushbu tadbirning yubileyini nishonlamoqda, 22-yanvar Birlashish kuni deb e’lon qilingan. Ammo keyin Ukraina millatchilari uchun hodisalar keskin rivojlana boshladi. UNR qo‘shinlari Qizil Armiya va Rossiyaning janubidagi (Denikin) qurolli kuchlarning rivojlanib borayotgan qismlarini yo‘q qildi. Bunday sharoitda ZUNR"akt zluki" (birlashish akti)ni qoraladi, uning qo‘shinlari oq gvardiyachilar tomon o‘tib ketishdi. Va UNR direktoriyasi rahbari Petlyura Varshavaning Volin va Galitsiyaga bo‘lgan huquqlarini tan oldi. Ukrainada bu hali ham milliy xiyonat harakati sifatida qabul qilinadi.

Petlyura o‘zining hayot yo‘lini juda ramziy ravishda yakunladi. Ukraina Direktoriyasining sobiq rahbari Parijda emigratsiya paytida yahudiy vayronlari uchun diktatordan qasos olgan Samuyel Shvarsburd tomonidan o‘ldirilgan.

Fransiya sudi Shvarsburdni oqladi

Ammo Zelenskiy Duda tomonidan taklif etilgan bunday qahramon bilan bahslashmadi, uning javobida u Osvensimni ozod qilishda Ukrainaning rolini ta’kidlashga urindi. "Biz Lvov diviziyasining 100-chi xujum batalonining barcha askarlarini hech qachon unutmaymiz, ular Poltava fuqarosi Anatoliy Shapiro boshchiligida lagerga kirishgan. Birinchi Ukraina frontining 322-chi diviziyasi askarlari bilan birgalikda (ular) lagerni ozod qilishdi", deb ta’kidladi Ukraina davlatining rahbari.

Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Polshani aybdor deb topishni taklif qildi

Zelenskiyning nutq yozuvchilariga Ukraina bilan bevosita bog‘liq bo‘lib tuyulgan ikkala bo‘lim ham Gorkiy va Vologda viloyatlarida tashkil etilgan. Biroq, Zelenskiy Osvensimdagi tadbirlarda ishtirok etgan kuni, Ukraina boshqa sabab bilan motam tutdi va boshqa "Lvov" bo‘linmasini esladi. Ivano-Frankovskda "Galitsiya" SS bo‘linmasining so‘nggi faxriysi Mixail Mulik vafot etdi. U ham lagerlarida mahbus bo‘lgan – faqat sovet lagerlarida, va buni Ukraina matbuoti hamdardlik bilan ta’kidladi. Rasmiy shahs, Ivano-Frankovsk meri Ruslan Marsinkiv SS hodimining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Darvoke, "Osvensim asirlarini ozod qilgan ukrainaliklar" g‘oyasi 2015-yilda Ukrainaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk tomonidan ilgari surilgan. "Yetmish yil oldin tarkibida Jitomir va Lvov jangchilari bo‘lgan Birinchi Ukraina fronti Ikkinchi Jahon urushining eng dahshatli lagerlaridan biri - Avushvisni fashistlardan ozod qildilar", dedi u.

O‘shanda Polsha tashqi ishlar vaziri Gjegoj Sxetina ukrainalik hamkasbini qo‘llab-quvvatladi. U ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida "o‘sha yanvar kunida Ukraina askarlari shu yerda edilar, ular lager darvozalarini ochib, lagerni ozod qilishdi" deb aytdi.

Glavniy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan. - Sputnik O‘zbekiston
Simonyan polshalik siyosatchilarga Yevropani fashizmdan kim qutqarib qolganini eslatib qo‘ydi

"Rejimlar kelishuvi"

Ammo Zelenskiyning "Lvov" bo‘linishi haqida so‘zlari emas, balki Ikkinchi Jahon urushi boshlanishining sabablari to‘g‘risidagi so‘zlari eng ko‘p aks sado berdi. "Polsha va uning xalqlari birinchi bo‘lib totalitar rejimlarning to‘qnashuvini his qilishdi. Bu urush boshlanishiga olib keldi va fashistlarga Xolokostning o‘lim mashinasini ishga tushirishga imkon berdi", - dedi Zelenskiy.

Dudaga yoqishni xohlash, Zelenskiyning bir kun oldin gapirgan nutqidan kelib chiqqan janjal tufayli bo‘lishi mumkin. Sobornost (Birlashish) kuni u mamlakatni tabrikladi va Fuqarolar urushi paytida "Polsha qo‘shinlari Galichinaning katta hududini egallab olishdi, Ruminlar Shimoliy Bukovinani egallab olishdi, Chexoslovakiyaga esa Zakarpatye o‘tdi" deb esladi.

Varshava va Praga Zelenskiyning chiqishlarini e’tiborsiz qoldirdi. Buxarest esa, Ruminiya OAV xabar berishicha, izoh talab qildi. Ukrainaning Ruminiyadagi elchisi hamma narsani "noto‘g‘ri tarjima va asossiz talqinlar" bilan bog‘ladi, shuning uchun ular "Shimoliy Bukovinani ruminiyaliklar egallab olishdi" deb o‘qishdi. "Ushbu tarixiy viloyatlar xalqaro miqyosda tan olingan suverenitetga ega emas edi, shuning uchun ularni boshqa qo‘shni davlatlar tomonidan egallab olish okkupatsiya deb hisoblanmaydi", deb ta’kidladi diplomat.

Ofitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Polshaning Ikkinchi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Shimoliy Bukovinaning voqeasi Ruminiya uchun og‘riqli, chunki bu hudud Avstriya-Vengriya imperiyasining bir qismi edi, lekin 1918-yilda Buxarest uni o‘z nazoratiga olishga muvaffaq bo‘ldi, ammo 1940-yilda yo‘qotdi. Keyin Sovet Ittifoqi Shimoliy Bukovinani Ukraina SSR tarkibiga kiritdi. Ulug‘ Vatan urushi paytida Vermaxtga ittifoqdosh Ruminiya qo‘shinlari 1944-yilda ozod qilingan mintaqani yana egallab olishdi. Ruminiyalik tarixchilar bu voqealarni "Sovet bosqini" deb izohlashadi.

Ammo Kiyevning Polsha rasmiy ritorikasini so‘zsiz nusxalash istagi Moskvada tushunishni uyg‘otmadi. Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Kreml Zelenskiyning urushni sodir etganlar haqidagi bayonoti bilan mutlaqo rozi emas: "Ukraina prezidenti Polsha rahbariyatining o‘ta noto‘g‘ri nuqtayi nazari bilan birlashmoqda. Bu o‘nlab million ruslar va MDH fuqarolari uchun haqoratlidir, ularning ota-onalari, bobolari, qarindoshlari Yevropani, shu jumladan Polshani fashizmdan ozod qilish uchun jonini fido qildi.

Umumiy xotira man etildi

Tarix fanlari nomzodi Mixail Diunovning fikricha, Dudaning Zelenskiyga "tarixiy muloqot" ni yo‘lga qo‘yish taklifi bir vaqta "ham trolling, ham hiyla-nayrang"dir. "Bir tomondan, ukrainaliklar o‘zlarining xo‘jayini uchun kurashuvchi Polshaning murudlari sifatida namoyon bo‘lib qolyapti. Boshqa tomondan, Petlyura va Polsha o‘rtasidagi kelishuvning eslatilishi ushbu shartnoma shartlariga juda ishora qilib turipti: Polshaning sharqiy chegaralarini tan olish va Polshaga moyil ittifoqchi "Mejdumorye" alyansini yaratish istiqbollari. " - deb eslaydi tarixchi.

Prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya svoyey yejegodnoy press-konferensii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Putinning diplomat haqidagi gapidan so‘ng Polsha TIV Rossiya elchisini chaqirtirdi

Diunovning fikricha, "Ukrainada hokimiyatga kelgan odamlarning xech narsani anglamasligi" siyosatga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. "Agar Ikkinchi Jahon urushining boshlanishida SSSRning aybdorligi haqidagi g‘oyani ilgari sursangiz, darhol savol tug‘iladi: o‘sha paytda Ukraina nimaga chekada turgan? Shu bilan birga 1991-yilda, mustaqillik poydevorlaridan biri bo‘lgan Ukrainaning merosxo‘rligi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Va bu yerda Ukraina davlati Ukraina SSR va umuman SSSRning huquqiy vorisi ekanligi aniq ko‘rsatilgan", - deya ta’kidlaydi RIA Novosti.

Varshava mantig‘iga rozilik mantiqiy natijaga olib kelishi mumkin, deydi Diunov: "SSSRga tajovuzda ayblash uchun qilingan har qanday urinish avtomatik ravishda Ukraina ayblanuvchilar qatorida birinchi bo‘lib sudlanuvchilar qatoriga qo‘shilishiga olib keladi. Va, albatta, polyaklarda juda mantiqiy savol vujudga keladi: nega ukrainaliklar Galitsiya va Volinga egalik qilmoqdalar va agar ular Germaniya bilan fitna natijasida qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ularning qaytishi haqida o‘ylash vaqti keldi."

Aytgancha, Zelenskiy nutqidan ikki kun oldin Polshada hukmron Qonun va adolat" partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy uning hukumati Ikkinchi Jahon urushidan nafaqat Germaniyadan, balki Rossiyadan ham yetkazilgan zarar uchun tovon pulini olishni istashini aytdi.

"Zelenskiyning pozitsiyasi muttasil izchil. Rossiyada negadir Ukrainada rahbariyatidagi shaxslarning o‘zgarishi siyosiy yo‘nalishni o‘zgartirishga olib keladi deb ishonilgan edi, ammo bu sodir bo‘lmadi", deydi Milliy strategiya instituti xalqaro dasturlar direktori Yuriy Solozobov: "Ukraina, markazida ukrainaliklarning o‘zi joylashgan o‘zining tarixiy afsonasini yaratishga intilmoqda". Poroshenko paytida qabul qilingan dekommunizatsiya to‘g‘risidagi qonunga binoan, Ulug‘ Vatan urushi xaqida "umumiy xotirasi" taqiqlangdi. Zelenskiy ushbu millatchilik nutqni davom ettirmoqda, bunga uning kelib chiqishi va shaxsiy qarashlari ta’sir qilmaydi. Ukrainaning davlat mafkurasi mavjud va u bugungi kunda kim hokimiyat tepasida bo‘lishidan qat’i nazar faol ravishda targ‘ib qilinmoqda."

Prezident Polshi Andjey Duda - Sputnik O‘zbekiston
Polsha prezidenti Rossiyani NATO dushmani deb atashdan bosh tortdi

Solozobov nima uchun Varshava Kiyev mafkurasini Ukraina millatchilarini nafrat qilgan holda qo‘llab-quvvatlayotganini tushuntiradi. "Polsha o‘zini Ukrainaning advokati deb atadi va haqiqatan ham u 2014-yildagi mojarodan foyda ko‘rgan Yevropadagi yagona mamlakatdir. Ikki yarim million ukrainaliklar Polsha iqtisodiyotining gullab-yashnashi uchun ishlamoqda. Bu ikkala tomon uchun ham juda muhimdir. Shuning uchun Zelenskiy Osvensimda polyaklar undan kutgan asnoda gapirdi. Agar Poroshenko davrida Polsha bilan ziddiyatlar va tarixiy xotira uchun urushlar bo‘lgan bo‘lsa, endi pragmatizm va yarashish bo‘ladi. Masalan, Poroshenko davrida man qilingan Polshaning Ukrainaning g‘arbiy mintaqalari bilan hamkorligi endilikda kuchaymoqda. Ehtimol Ukraina g‘arbi o‘zini "Kresov vsxodnix" (Polshaning sharqiy mintaqalar) deb xisoblasa kerak, lekin bu endi muhim emas. "Huquq va adolat" hukumat partiyasi dasturida qo‘shni mamlakatlar bilan strategik hamkorlik yo‘nalishi mavjud, bu mamlakatlarga muqaddam Rech Popolitaya tarkibiga kirgan mintaqalar kiradi ", - deya ogohlantiradi suxbatdosh RIA Novostini.

"Sxetina besh yil oldin Osvensimni ozod qilgan ukrainaliklar haqida gapirganda, uni masxara qilishdi. Bu bema’nilik hamma uchun ravshan edi. Endi bu xato bejiz emasligi ayon bo‘ldi. Bu endi kulgili tuyilmayapti, balki qasddan qilingan qadamga o‘hshayapti. Aslida, bu Kiyev va Varshavaning rasmiy pozitsiyasi ”, - deya xulosa qiladi Solozobov.

Yangiliklar lentasi
0