TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Ukraina yetakchisining ma’muriyati xabar qildi.
Davlat rahbarlari bir-birini yaqinlashib kelayotgan bayramlar va 29-dekabrda ushlab turilgan fuqarolar almashinuvi bilan tabriklashdi. Shuningdek, tomonlar kuni kecha Ukraina hududi orqali gaz tranziti bo‘yicha shartnoma imzolanishini olqishlashdi.
Muloqot davomida prezidentlar Qrim va Rossiya hududida saqlanayotgan Ukraina fuqarolarini va Ukrainadagi rossiyaliklarni ozod qilish ro‘yxatini zudlik bilan tuzishga kelishib olishdi.
Tomonlar yaqin kelajakda Donbassda chegara ajratish chizig‘igacha otishmani to‘liq to‘xtatishga umid bildirdi.