TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “normand to‘rtaligi” sammitida muhokama qilmoqchi bo‘lgan masalalarni aytdi.
Ukraina yetakchisi Rossiya, Fransiya, Germaniya prezidentlari uchrashuvida uchta muhim masalani muhokama qilinishiga umid qilgan.
Xususan, Zelenskiy Kiyev nazoratiga Donbass qaytish aniq muddatlarini muhokama qilmoqchi.
“Men Donbassni qaytishi haqida aniq muddatlar haqida gaplashmoqchiman. Biz bu haqda suhbatlashamiz, men bu masalani ko‘taraman”, - dedi Ukraina prezidenti.
Shuningdek, Ukraina prezidenti Donesk va Lugansk xalq respublikalarida saylovlar o‘tkazish shartlarini ma’lum qilishiga umid qilmoqda.
Bundan tashqari, Zelenskiy Putin, Makron va Merkel bilan asirlarni almashtirish masalasini muhokama qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Parijda 9-dekabrda “normand sammiti” o‘tkaziladi. Muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel o‘z ishtirokini tasdiqladi.