"Normand" sammiti bo‘lib o‘tdi. Zelenskiy endi nima qiladi?

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tizimli tahlil va monitoring markazi prezidenti Rostislav Ishenko Sputnik uchun Ukrainani parijdagi "Normand formati"dagi sammitdan so‘ng nimalar kutayotgani, va Zelenskiy hozirgi garov holatidan qanday chiqishi mumkinligi haqida mushohada qiladi.

Parijda bo‘lib o‘tgan "normand formati"dagi sammitda Ukraina delegatsiyasi, prezident Zelenskiy va uning ichki siyosiy milliy-radikal opponentlari ortidan kuzatish ayniqsa maroqli edi. Ukraina delegatsiyasi yuzida qoniqish va o‘ziga bo‘lgan ishonch aks etardi.Zelenskiy o‘zining milliy-radikallari haqida hamisha yodda tutardi (o‘zi Parijda bo‘lsa ham, biroq tez orada ular ukrain poytaxtida uchrashishlari kerak). Kiyevdagi radikallar esa bu orada "kapitulyatsiya va sharmandalik", deb hisoblagan holatni to‘xtatishga urinardilar.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu  - Sputnik O‘zbekiston
“Normand to‘rtligi” Parijda nimalar haqida kelishib oldi?

Kapitulyatsiya masalasida, men qat’iy bir narsa deyolmayman. Chunki Ukraina hozircha qarshilik ko‘rsatishga urinmoqda. Amalda esa Zelenskiyni Minsk kelishuvlari "muqobili yo‘q" ekanligiga "ko‘ndirishdi", shunda ham u kelgusi uchrashuvlarda o‘z pozitsiyasini himoya qilishi haqida pisanda qilib o‘tdi.

Sharmandalik borasida esa ukrainaliklar to‘liq haq edilar.

Moskva, Berlin va Parij hamjihatlikda chiqish qilishdi

To‘g‘ri, bu kecha boshlangan emas. "Minsk sharmandagarchiligi"ning taxir ta’mini birinchi bo‘lib hali Petr Poroshenko ta’tib ko‘rgan edi. Ammo o‘shanda bu unchalik ko‘zga tashlanmagan edi. Birinchidan, Poroshenko Minsk kelishuvini imzolayotgan mahalda Ukraina armiyasi tor-mor etilgan va qochib borardi, istalgan vaqtda maydon tarafdorlari orasida vahima boshlanib ketishi mumkin edi. Tanlov nimanidir saqlab qolish yoki hammasini butkul boy berish o‘rtasida kechayotgan edi.

Vidi Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Kreml “normand sammiti” sanasini tasdiqladi: Putin va Zelenskiy ilk bor yuzma-yuz uchrashadi

Ikkinchidan, o‘sha olis yillarda Parij va Berlin Ukraina tarafida chiqish qilar, har borada Kiyevning manfaatiga qarab ish tutayotgan edi. Poroshenko bu kelishuvlarni istiqbolda qayta ko‘rib chiqish, yoki hech kimdan ruxsat so‘ramasdan, o‘zicha o‘qishga umid qilardi.

Bu uchrashuvda esa Zelenskiy (aytgancha, uning o‘zi bu uchrashuv tashabbuskori bo‘lgan) yakka ajralib qoldi. Rossiya, Germaniya va Fransiya Ukraina hududidagi fuqarolar mojarosini bartaraf etish bo‘yicha deyarli bir xil, muvofiqlashgan pozitsiya bilan chiqish qildilar.

Va bunda Ukrainaning o‘zi ushbu holatni tashkil qildi. Ukrainalik siyosatchilarga vaqt o‘zgarayotganini, bugungi ittifoqdosh ertangi raqib bo‘lishi mumkinligi, tashqi ko‘mak - agar u o‘z kuchingga bo‘lgan tayanchga qo‘shimcha bo‘lsagina, aksincha emas yaxshiligi haqida qanchalik tushuntirma - ular G‘arb har qanday rusofob rejimni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaydi, degan aqidaga ishonib kelmoqda. Ularga kzra mamlakat tashqi siyosatini ham, xavfsizlik siyosatini ham G‘arbga ishonib topshirish mumkin. G‘arb kuchli, u himoyalaydi. Natijada, G‘arb vaziyatga munosabatini o‘zgartirganida, Ukraina yolg‘izlikda qolmoqda.

Putin podskazal Zelenskomu na peregovorax normandskogo formata - Sputnik O‘zbekiston
Putin Parijdagi muzokaralarda dovdirab qolgan Zelenskiyga yordam berdi – video

Takrorlayman, Ukrainaning o‘zi shunday holatni yuzaga keltirganki, bunda tashqi kuchlar unga o‘z ichki muammolarini qay tarzda yechishi kerakligi borasida ko‘rsatma berishmoqda. Kiyev "normand formatida" ittifoqdoshlar bilan hamjihatlikda Rossiyaga bosim o‘tkazishni chama qilgan edi. Lekin ittifoqdoshlar, Rossiya bilan qarama-qarshilikda bo‘lish, o‘zlariga qimmatga tushishi mumkinligini tezda tushundilar. Zelenskiyga uning diplomatlari va burokratlari quyidagilarni va’da qilishgan: agar Zelenskiy "normand formatida o‘zining "yangi halol prezident" ekanligini, "korrupsioner Poroshenko" tomonidan imzolangan Minsk kelishuvlarini Ukraina manfaatlariga zid bo‘lsa ham qayta ko‘rib chiqishni xohlashini aytsa, Fransiya va Germaniya u tomonda bo‘lishi" kerak edi. Aslida esa, Zelenskiy shunday holatga duch keldiki, Merkel va Makron nafaqat Rossiya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladilar, balki Ukrainaga Putindan ham ko‘proq bosim o‘tkazdilar.

Zelenskiy radikallar "garovida"

Albatta, bunda eshiklarni qarsillatib yopib, "bunday format bizga kerakmas", deyish ham mumkin edi. Lekin aynan «normand formati” – Ukraina va G‘arb birligining, o‘z xalqiga namoyon etish mumkin bo‘lgan "Yevropaga harakat"ning oxirgi moddiy dalilidir. Agar xalqga haqiqatni aytishsa, Yevropa (Parij va Berlin yuzida) Rossiya tomonida o‘ynayotganini aytishsa, xalqda "Yevropa sotgani tufayli" "porloq kelajak" hech qachon kelmas ekan, unda nega buncha odam qurbon bo‘ldi, davlat va jamiyat barbod qilindi, iqtisod yo‘q qilindi?", degan haqqoniy savol tug‘ilishi mumkin. Bunda Ukraina hech qachon YeIga kirmaydi, ukrainaliklar esa hech qachon nemislar singari hayot kechirmaydi, albanlar singari ishlamaydi.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko siyosati to‘liq barbod bo‘ldi – Putin

Shu paytga qadar maydon tarafdorlari o‘z yetakchilariga hammasini kechirishgan, chunki ular YeIga kirishga oz qoldi, shundan so‘ng barcha muammolarga barham beriladi, degan bir umid bilan yashar edilar. Bu yerda esa, bu muammolar - hamir uchidan patir bo‘lganligi ayon bo‘lmoqda.

Poroshenko Zelenskiyga Putin bilan yakkama-yakka uchrashmaslikni maslahat berdi >>>

Qisqasi, Zelenskiy hammasiga chidashiga to‘g‘ri kelmoqda, u hatto bularning barchasi unga yoqayotgandek ko‘rsatmoqda o‘zini. U saylovoldi bergan va’dasini bajarolmaydi - Donbassda tinchlik o‘rnata olmaydi (shu bois ham tarafdorlari undan yuz o‘girmoqda). Lekin u (obyektiv sabablarga ko‘ra) u Ukrainaga Poroshenko davri uchun xarakterli bo‘lgan yevropa ko‘magini ham ta’minlab bera olmayapti. Milliy-radikallar uni muntazam ravishda xoinlikda gumonlab kelishmoqda. U "Minsk kelishuvlarini" undan "normand formatidagi" sheriklari talab qilayotgandek bajara olmaydi (shunday holatda unda ichkisiyosiy kelajak yo‘q) va ularni bajarishdan ham bo‘yin tovlay olmaydi (bunday holatda unda tashqisiyosiy kelajak bo‘lmaydi). U hozirda o‘zi vujudga keltirgan holat garovida qolmoqda. va bu vaziyatni o‘zini foydasiga hal etish uchun unda na tajriba, na malaka bor.

Bularning barchasini Parij uchrashuvi davomida ko‘rdik. Tabiiyki, bunday taqsimotda uchrashuv natijador bo‘lishi mumkin emasdi. Bundan tashqari, agar Zelenskiy Minsk kelishuvlarini shu zahotiyoq har tomonlama bajarish majburiyatini bo‘yniga olgan taqdirda ham, u shunchaki bu ishni bajara olmas edi. U yoki bu majburiyatdan Ukrainaga qaytishi hamon voz kechgan bo‘lardi, yoki Kiyevdagi radikallar uning o‘zini rad qilgan bo‘lardilar.

Yangi yilda natija bo‘ladimi?

Parijda Minsk kelishuvlarini bajarilishi bilan bir qatorda muhokama qilingan gaz masalasida ham xuddi shu gapni aytish mumkin. Nafaqat Germaniya, balki Fransiya ham Rossiya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Kiyev yon bermadi, lekin u istiqbolga ham ega emas, - Yevropa tranzitni ta’minlashni talab qilmoqda.

Premyer-ministr RF D. Medvedev provel soveshanie o reformirovanii sistemi kompensatsionnix viplat po uxodu za rebonkom - Sputnik O‘zbekiston
Medvedev Kiyev bilan gaz bitimini tuzishning asosiy shartlarini aytdi

Zelenskiy unchalik katta bo‘lmagan muddat oldi. Agar Ukraina "Minsk" kelishuvini bajarish yo‘lida ekanligini namoyont etsa, to‘rt oydan so‘ng yana uchrashishga kelishib olishdi. O‘ylaymanki, Kiyevning rossiya gazini YeIga uzilishlarsiz yetkazib berilishini ta’minlay olishi, kelgusi uchrashuv masalasi hal bo‘lishida ahamiyatli rol o‘ynaydi. Ilk natijalarni (ushlab turilgan shaxslarning "barchani barchaga" alishuvi va gaz muammosining hal etilishi) Ukraina Yangi yilgacha ko‘rsatishi kerak. Ulgurish, shubhasiz-ki, mumkin, lekin Kiyev bu yo‘nalishda nimadir qilishni istaydimi?

Zelenskiy "normand formati" yechimlarini bajarish va o‘z radikallari bilan urush o‘rtasida tanlashi kerak. Qo‘rqamanki, u tanlovni amalga oshirishga jur’at eta olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0