Zelenskiy Putin bilan muzokaralari haqida gapirdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning shaxsiy muzokaralari Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan murakkab kechishi haqida so‘zladi.

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning shaxsiy muzokaralari Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan murakkab kechishi, lekin natija berayotganini ma’lum qildi.

“Bu juda murakkab. Juda. Nima bo‘lganda ham, biz sentabrdan buyon 111 kishini qaytardik. Men yuksalishni amalga oshirdik demayman, lekin uch yil “normand” formati bo‘lmagandi. Vaziyat mutlaqo muzlatib qo‘yilgandi. Uch yil o‘tib biz uchrashdik – hozir 111 kishini qaytardik. Biz muzokaralar stoliga o‘tirdik. Bilasizmi, aytishadi: “Hammasi silliq ketaptimi?” Lekin bu yerda umuman “silliq” degan narsaning o‘zi yo‘q”, — degan Zelenseiy The Guardian gazetasiga bergan intervyusida. Prezident ofisi uning tarjimasini joylashtirgan.

Peregovori liderov Rossii, Germanii, Fransii i Ukraini v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Minsk kelishuvlarining 5-yilligi - Ukraina, G‘arb va Rossiya nimalarga erishdi?

Rossiya va Ukraina 2019-yil 7-sentabr kuni 35 nafardan mahkum va ushlanganlarni ozod qildi. 29-dekabrda Donbassda ikki yil ichida birinchi bor asirlarni almashish bo‘lib o‘tdi. Kiyev o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donens va Lugans xalq respublikalariga 124 kishini topshirdi, Donesk va Lugansk esa Ukraina hukumatiga 76 kishini topshirdi.

Bundan avval Rossiya va Ukraina rahbarlari ilk bor Parijda “normand to‘rtligi” yetakchilari muzokaralari doirasida yuzma-yuz uchrashdi va alohida muzokaralar olib bordi.

Parijda tomonlar qo‘shma kommunike qabul qilishdi va Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlarishi davom ettirish uchun uch oy so‘ngra Berlinda uchrashishga kelishib olishdi.

Yangiliklar lentasi
0