Afg‘onistondagi vaziyat: toliblar O‘zbekiston bilan chegaradosh tumanlarni egallashi mumkin

© AP Photos / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya "Taliban"
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi jangovar to‘qnashuvlarning yangi xronikasi terroristik xatarlarning oshgani va "Tolibon"ning Qo‘shma Shtatlar bilan tuzgan tinchlik bitimi shartli xarakterga egaligidan dalolat beradi

Harbiy-diniy harakatning kuchayishi va Islom respublikasidagi zo‘ravonlikning yanada avj olishi mintaqadagi boshqa mamlakatlarga xavf soladi.

Ucheniya ShOS Mirnaya missiya - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” Kobulga keskin talab qo‘ydi: ShHT davlatlari qanday javob beradi?

16-aprel kuni afg‘on armiyasining to‘qqiz nafar harbiy xizmatchisi "Tolibon" harakati jangarilari bilan sharqiy Longar provinsiyasida kechgan to‘qnashuvda halok bo‘ldi. Xuddi shu kuni kechga tomon jangarilar Parvon provinsiyasidagi Bagram amerika harbiy bazasining olti nafar mahalliy xodimlarini otib tashladilar. Bir kun oldin kunduzi toliblar Lagman provinsiyasida kriket o‘ynayotgan bir guruh yoshlarga qarata o‘t ochgan, to‘rt nafar yaralanganlarning bittasi halok bo‘lgandi.

Bu hatto afg‘on hodisalari fonida ham misli ko‘rilmagan holat: kriket o‘ynagani uchun bir guruh yoshlarning otib tashlanishi toliblarning g‘arb sivilizatsiyasiga murosasiz munosabatini isbotlaydi. Tabiiyki, bita va koptok bilan o‘ynaladigan bu qadimgi ingliz o‘yini - "britaniya bosqinchilari" merosi va uning Afg‘onistonda ommalashuvi - "Tolibon" uchun mafkuraviy chaqiriqdir. Jangarilarning o‘rta asrlarga xos nafrati sport, madaniyat, san’atning deyarli barcha turlariga qaratilgan. Qoidaga ko‘ra, toliblar munozara o‘rniga qatlni ma’qul ko‘radi.

Viktor Mixaylov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert “Tolibon” bilan kelishuvdagi O‘zbekiston uchun xavflar to‘g‘risida gapirdi

Jangarilar o‘z ta’sirini mamlakat shimolida mustahkam o‘rnatishga intilmoqda. Qunduz provinsiyasi gubernatori Abdul Jabbor Naimiy 17-aprel kuni RIA Novostiga bergan intervyusida, "Tolibon" zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlangani, uning saflarida chet el fuqarolari jang qilishini aytgan edi. Bu ma’lumotlar havotirga solmay qo‘ymaydi.

Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz provinsiyasi strategik ahamiyatga ega, u Markaziy Osiyoga darvoza sifatida xizmat qiladi. Provinsiya poytaxti afg‘on hukumat kuchlari nazoratiga olinganiga uch yildan oshdi, ammo jangarilar bundan oldin ham ikki marta Qunduz shahrini bosib olgan (2015-2016 yillarda). Bugun esa oldingi obro‘larini qayta tiklashga harakat qilishmoqda.

Jangarilar 9-aprel kuni Bagramdagi AQSh aviabazasi tomon beshta raketani uchirdi. Qurollangan hujumlarni amalga oshirayotgan toliblar amerikaliklar joriy yilning fevralida imzolangan tinchlik bitimidan voz kechishlari mumkinligidan qo‘rqmaydilar. Shu bilan birga ular tinchlik jarayonining buzilishida Qobul va Vashingtonni ayblamoqda. Afg‘onistonda ularga raqib hisoblangan "Islom davlati" terroristik guruhi salohiyati oshib bormoqda. Hukumat mudofaa va xavfsizlik kuchlari mamlakatning barcha hududida harbiy operatsiyalarni amalga oshirmoqda. Qobul terrorchilar bilan yuzma-yuz qolgan deyarli.

Vstrecha delegatsii MID Uzbekistana s predstavitelyami Taliban v Doxe - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda O‘zbekiston harakatlarini qayd etdi

G‘arb manbalariga ko‘ra, rasmiy Qobul 407 tumanning 133tasigagina egalik qiladi. Toliblar 75ta tumanda to‘liq nazorat o‘rnatgan. Mamlakatning qolgan qismini kim boshqaradi - noma’lum, lekin katta ehtimol bilan jangarilar ta’siri kengayganini prognoz qilish mumkin. Toliblar Tojikiston va O‘zbekiston chegarasiga yaqin bo‘lgan hududlarni egallab olishga juda yaqin kelgan.

"Tolibon"ning rasmiy vakili aprel oyi boshida o‘t ochishlar COVID-19 koronavirusi epidemiyasi tarqalishi qayd etilgan tumanlardagina to‘xtatishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi.

Ma’lumki, 2020-yilda Eron (ya’ni koronavirus jihatdan eng noqulay hudud)dan 200 mingga yaqin afg‘onlar qaytib kelgan. 17-aprel holatiga ko‘ra, Eronda 906 kishi koronavirus bilan bemorlangan.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va "Tolibon" o‘rtasida tinchlik bitimi imzolandi

Xuddi shu fonda 14-aprel kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg "Tolibon" harakatidagi isonkorlar afg‘on xavfsizlik kuchlariga qarshi hujumlarni bas qilishlari lozimligini" aytgan edi. Bu ham kulgili, ham qayg‘uli. Jangarilar hech kimdan hech qanday qarzimiz yo‘q, deb hisoblaydi. Bundan bir kun avval esa amerika elchisi Xalilzod Doxada "Tolibon" harakati vakillari bilan uchrashgan, tomonlar AQSh va toliblar o‘rtasidagi bitimni hayotga tatbiq etish muammolarini muhokama qilgan edilar. Sal oldin Vashington afg‘on hukumati va "Tolibon"ni o‘zaro asirlar almashinuvini tezlashtirishga chaqirdi, bu da’vatni esa Afg‘onistondagi amerikaparast hukumatning o‘z joniga suiqasd qilish bilan tenglashtirish mumkin.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon AQSh samolyotini urib tushirishi mumkinmi?

Amerikaliklar Qobuldan qamoqqa olingan toliblarning tezlashtirilgan tartibda ozodlikka chiqarilishini talab qilmoqda, birinchi bosqichda bu - 5000 ga yaqin jangarilardir. "Tolibon"ga ko‘ra, bu odamlarni ozodlikka chiqarmay turib, afg‘onlararo muloqotni yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi, qurollangan jangarilar bilan esa ozodlikda shunday bir muloqot boshlanishi mumkinki, bunda hech qaysi tomonga havas qilib bo‘lmaydi.

Ehtimolki, harbiy-diniy harakat va amerikaliklar o‘rtasida tuzilgan bitim Pentagonga va ittifoqdoshlarga 19-yil davom etgan shonsiz afg‘on kampaniyasini xavfsiz yakunlash imkonini berar, ammo Afg‘onistonga bu holat o‘ta uzoq davom etadigan, o‘rta asrlarga xos vahshiylikdan o‘zga kafolatni bermaydi.

Jangarilar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarga terroristik jihod shaklida erishishga ko‘nikib qolgan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar soni Afg‘oniston, shuningdek, Qobul va Islomobod nazoratida bo‘lmagan afg‘on-pokiston shaffof chegarasida 30 mingdan 70 minggacha "miltiq"qa teng.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” harakati dunyoda eng xavfli terrorchilik guruhi deb topildi

Shuni e’tiborga olish lozimki, harbiy-diniy tashkilot mafkura va tuzilma jihatdan bir xil emas, turli va hatto "dissidentlik" fraksiyalariga ega. Avtomat qurol va sputnik aloqasi qorishmasidan iborat betartib bir uyushma bu.

Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiy vakillari va "Tolibon" harakati o‘rtasida 29-fevral kuni Doxada 18-yil davom etgan harbiy harakatlar davomida birinchi marta tinchlik bitimini imzolandi. Hujjat, agar jangarilar zo‘ravonlikdan o‘zlarini tiysa Afg‘onistondagi amerika qo‘shinlari soni nolgacha qisqartirilishini ko‘zda tutadi.

Toliblarni rasmiy Qobul bilan yarashtirish AQSh harbiy kontingentini chiqarishning asosiy sharti sanaladi, ammo bu ishni amalga oshirish bir qator sabablarga ko‘ra prinsipial jihatdan ilojsiz.

Muzokaralar "Tolibon" harakati islom amirligini tiklash va shariat boshqaruvini o‘rnatish haqida bayonot bilan chiqqan bir mahalda bo‘lib o‘tgan. Toliblar rejasiga Afg‘onistonning ko‘plab fuqarolari qarshi edi. Islom respublikasi maktablarida bir necha million bolalar tahsil oladilar, ularning uchdan bir qismi qiz bolalar (bu esa shu paytga qadar ayollarni "nokamtarlik" uchun kaltaklab, erkaklarni noto‘g‘ri tirqishlangan soqol uchun qamab kelgan toliblarga mutlaqo zid edi). O‘nlab xususiy OAVlar paydo bo‘ldi.

Voyennoslujashie afganskix sil bezopasnosti  - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” razvedka boshlig‘i ushlandi

Davlatga qarashli va xususiy universitetlar faoliyat yuritmoqda. Mamlakatning 20 millionga yaqin aholisi (aholining aksariyat qismi) mobil aloqadan foydalanadi. Afg‘onlar san’at, madaniyat va sport sohasida (shu jumladan, ayollari ham) o‘zlarini ko‘rsata oldi. Bu normal insonlarni toliblarga g‘ajish uchun berishning umuman iloji yo‘q.

Bitim punktlarining biriga ko‘ra, "Tolibon" ming nafar afg‘on harbiy xizmatchilarini, Qobul esa besh mingga yaqin jangarilarni ozodlikka chiqarishi kerak(birinchi bosqichda). "Almashuv" muzokaralari Qobulda 1-aprelda boshlangan, bu esa amerikaliklar 2001-yilda mamlakatga bostirib kirganidan buyon ilk marta sodir bo‘lgan voqeadir.

Qobuldagi siyosiy ziddiyatlar va o‘zaro jang qilayotgan tomonlarning mahbuslar almashinuvi yuzasidan vujudga kelgan kelishmovchiliklari tufayli afg‘onlararo muzokaralar keyinga qoldirildi. Tomonlar keyinchalik (birinchi bosqichda) 100 nafar jangari va 20 nafar afg‘on harbiy xizmatchilarini ozod etishga kelishdilar. Shu bilan birga toliblar eng avvalo 15ta dala komandirlarini ozod etish talabini ilgari surdi. Oxirgi talabni afg‘on hukumat mutlaqo nomaqbul deb bilib, "boshlang‘ich limitni" 5 ming mahbusdan 400 jangariga kamaytirdi.

Transportniy vertolet v gorax Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
General Do‘stum Afg‘oniston shimoliga keng ko‘lamli yurish boshladi

Natijada, 12-aprel kuni toliblar tomonidan birinchi 20 nafar hukumat harbiy xizmatchilari asirlikdan ozod etitldi va ular Kandagar provinsiyasidagi Shox-Vali-Kot uyezdi hududida joylashgan Xalqaro qizil xoch vakillariga topshirildi.

Afg‘oniston hukumati esa 13-aprel kuni hukumat qamoqxonalaridan 361 ta asir olingan toliblarni ozodlikka chiqardi. Tez orada "Tolibon" yana 20 nafar harbiy xizmatchi va politsiyachilarni asirlikdan ozod etdi. Taqqoslash uchun, koronavirus infeksiyasi xavfi tufayli Afg‘oniston qamoqxonalaridan 5,3 ming mahbuslar qo‘yib yuborilgan.

Xuddi shu vaqtning o‘zida Islomobod Qobuldan Abdulla Orakzay - "Islom davlati"ning "huroson" yacheykasi yetakchisini Pokiston huquq tartibot organlari qo‘liga topshirishni talab qildi. U 19ta jangari bilan birga aprel oyi boshida Afg‘oniston Islom respublikasi milliy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan hibsga olingan. Afg‘on hukumati Orakzayni ko‘plab jinoyatlarda ayblamoqda, xususan, Qobulda mart oyida sodir etilgan sikxlar cherkoviga uyushtirilgan va 25 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan hujumda ham. Albatta, Islomobod Qobuldan oliy martabali jangarilarni (barcha parametrlar bo‘yicha terrorchilarni) berishni talab qilish huquqiga ega emas, ammo Sharq - nozik masala, degan gap ham bor.

Yangiliklar lentasi
0