Ekspert “Tolibon” bilan kelishuvdagi O‘zbekiston uchun xavflar to‘g‘risida gapirdi

Obuna bo‘lish
Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi direktori Viktor Mixaylov "Tolibon"* bilan tuzilgan shartnomalarni ehtiyotkorlik bilan baholamoqda, chunki uning safida kelib chiqishi o‘zbekistonliklar bo‘lgan terrorchi guruhlar vakillari ham jang qilmoqda.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonida, jumladan, "Tolibon" bilan muzokaralar olib borishda Toshkentning vositachiligi, umuman olganda ijobiy holatdir, biroq O‘zbekiston yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni yodda tutishi va baholashi kerak.

"Sir emaski, o‘z vaqtida O‘zbekiston fuqarolarini o‘z ichiga olgan terrorchi guruhlar ham "Tolibon"* safiga qo‘shilgan. Xususan, "O‘zbekiston Islomiy harakati"* yetakchilari Tohir Yo‘ldoshev va Juma Namangoniy o‘sha paytda Usama bin Laden va Mulla Umar bilan uchrashishgan. Agar pushtunlarning mafkurasi va falsafasida shimol tomonga yurish uyushtirish va yangi hududlarni zabt etish maqsadi bo‘lmasa, u boshqa guruhlar bunday niyat yo‘q deb hech kim kafolat berolmaydi. Hatto kelishuvlarga erishilgan taqdirda ham, ular nizoning barcha tomonlari tomonidan amalga oshirilishi aniq emas", - deb ta’kidlaydi Mixaylov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.

Respublika Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh va "Tolibon"* vakillari o‘rtasida bitimlarni imzolash marosimida ishtirok etdi, shu bilan birga, toliblar Toshkentning afg‘on mojarosini hal qilishdagi muhim rolini ta’kidladi.

O‘zbekiston boshidan Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lgan. 2018-yil mart oyida Toshkentda Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni barcha qarama-qarshi kuchlarning muzokaralari uchun maydon vazifasi sifatida taklif qildi.

Rossiyskiy ekspert rasskazal o riskax dlya Uzbekistana v soglashenii s Talibami*

* O‘zbekiston, RF va bir qator boshqa davlatlarda terrorchilik harakat va uyushmalar deb tan olingan.

Yangiliklar lentasi
0