AQSh va "Tolibon" o‘rtasida tinchlik bitimi imzolandi

© REUTERS / Parwiz ParwizBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Vashington va "Tolibon" radikal harakati o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni fevral oyi oxirida imzolashi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

TOShKENT, 29-fevral - Sputnik. AQSh va "Tolibon" radikal harakati 29-fevral kuni Qatarda  Afg‘onistondan amerika qo‘shinlari chiqarilishini hamda afg‘onlararo muloqot boshlanganligini nazarda tutuvchi tinchlik bitimini imzoladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AQSh va "Tolibon" o‘rtasida bitim imzolash marosimida qatnashadi

Tantanali tadbirda, 30ga yaqin davlatlar vakillari guvohligida: AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, muzokaralarda delegatsiya rahbari Zalmay Xalilzod va toliblarning siyosiy yetakchisi Abdul G‘ani Barodar o‘z imzolarini qo‘ydilar.

"Bu bitim uzoq davom etgan urinishlar natijasi bo‘ldi, bu bilan biz Afg‘oniston hech qachon terrorchilar uchun baza bo‘lmasligini tasdiqlaymiz", - deb bayonot qildi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq AQSh Davlat departamenti Davlat kotibi Mayk Pompeo nomidan tarqatilgan bayonotda, AQSh "Tolibon" harakati bilan 29-fevral kuni bitim imzolashga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi. "Tolibon"ning Doxadagi siyosiy ofisi vakili Suxayl Shaxin imzolash marosimi 29-fevral kuni Qatarda, kuzatuvchi sifatida qatnashadigan boshqa mamlakatlar va tashkilotlar guvohligida o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.

Hujjatga muvofiq, AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 135 kun davomida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha qisqartirish majburiyatini oladi. "Tolibon" kelgusida zo‘ravonlikdan o‘zini tiysa, amerikaliklar 14 oy davomida o‘z kuchlarini va NATO kuchlarini chiqarishni davom ettiradilar. "Tolibon" ushbu harakatlarga javoban afg‘on hududidan AQSh va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun foydalanishdan voz kechmog‘i lozim.

Bitim "doimiy va kengqamrovli sulhni" nazarda tutadi.

Xususan, "tolibon" va Afg‘oniston hukumati o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzkaralar afg‘onlararo muloqoti doirasida olib boriladi.

Afg‘onlararo muloqot boshlangach, "Tolibon" o‘zining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilishi uchun BMT XK bilan hamkorlikni boshlaydi. Bu ish 2020-yilning may oyi oxiriga kelib amalga oshirilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0