“Tolibon” harakati dunyoda eng xavfli terrorchilik guruhi deb topildi

© REUTERS / Parwiz ParwizBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Teraktlarda halok bo‘lgan kishilar soni bo‘yicha “Tolibon” IShIDdan o‘zib ketdi. 2018-yilda 6,1 ming kishi toliblar qo‘lidan halok bo‘ldi, bu o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga oshdi.

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Global Terrorism Index 2019 hisobotiga ko‘ra, 2018-yilda dunyo bo‘ylab “Tolibon” radikal harakati (RFda taqiqlangan) tomonidan amalga oshirilgan teraktlarda eng ko‘p odam halok bo‘lgan.  

Voyennoslujashie afganskix sil bezopasnosti  - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” razvedka boshlig‘i ushlandi

Qotilliklar soni bo‘yicha “Tolibon” IShIDdan o‘zib ketdi. 2018-yilda 6,1 ming kishi toliblar qo‘lidan halok bo‘ldi, bu o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga oshdi.

O‘z navbatida 1,3 kishi IShID qurboni bo‘ldi. Ishidchilar tomonidan sodir etilgan teraklar soni ham qisqardi. Tadqiqotchilar buni terrorchilik guruhiga qarshi muvaffaqiyatli harbiy amaliyotlar bilan bog‘lamoqda.  

Biroq Afg‘onistonda teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni ko‘paygan. 2018-yilda 7,3 kishi halok bo‘ldi, bu o‘tgan yilga nisbatan 60 foizga ortgan.

Ta’kidlanishicha, 2018-yilda 15,9 aholi teraklar qurboni bo‘lgan, bu o‘tgan yil ko‘rsatkichiga nisbatan 15 foizga kamaygan.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishida ishtirokchilar Afg‘oniston ShHT hududida terrorizmning asosiy manbai bo‘lib qolayotganligini ta’kidlagan edi. Mamlakatda hukumat kuchlari va radikal harakat jangarilari o‘rtasida uzoq vaqtdan beri qarama-qarshilik davom etmoqda, terrorchilar mamlakatning qishloq joylarida katta hududni egallab olgan.

Afg‘oniston hududida IShID terrorchilik guruhining ta’siri ham kuchaydi.

Yangiliklar lentasi
0