“Tolibon” Kobulga keskin talab qo‘ydi: ShHT davlatlari qanday javob beradi?

© Sputnik / Tabildi KadirbekovUcheniya ShOS "Mirnaya missiya"
Ucheniya ShOS Mirnaya missiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fevralda AQSh va “Tolibon”* harakati bilan tinchlik bitimi imzolangandan so‘ng (bu BMT va ODKBning rasmiy pozitsiyasi) Afg‘onistonda tinchlik ko‘paymadi.

Dadillangan toliblar rasmiy Kobuldan o‘zlarining besh ming a’zolarini qamoqdan ozod qilishni qat’iy talab qo‘ydi va viloyatlarda hukumat qo‘shinlarini siqib chiqarishni davom etmoqda.

Viktor Mixaylov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert “Tolibon” bilan kelishuvdagi O‘zbekiston uchun xavflar to‘g‘risida gapirdi

Eng katta hujumlar Sari-Pul, Balx, G‘aznida qayd etilgan. 2-martda “Tolibon” Afg‘onistonning markaziy Vardak viloyatida o‘zlarining a’zolari bilan mahbuslarni almashish uchun 55 kishini garovga oldi. Shu kuni Xost viloyatidagi portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi.

Shu asosda, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining “Tinchlik missiyasi 2020” sakkiz mamlakatining keng ko‘lamli aksilterror mashqlarini o‘tkazish rejalari mantiqqa to‘g‘ri keladi.

Bunday mashg‘ulotlar ikki yilda bir marta (2002 yildan beri) o‘tkazib kelinadi va ilk bor Sibir hududida o‘tkaziladi.

ShHTga a’zo davlatlar - Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Pokiston va Hindistonning qo‘shma qo‘shinlari “Yurginskiy” poligonida aksilterror amaliyotining vazifalarini bajaradi.

Yevroosiyo ogohlantiruvi

Avgust oyida ShHTning sakkizta davlatidan o‘n mingdan ortiq qo‘shinlar “Tinchlik missiyasi 2020” terrorizmga qarshi mashqlarida ishtirok etishadi, reja hozirgacha kelishib olinmoqda, ammo asosiy bosqichlarini oldindan aytish mumkin.

Prognoz qilish uchun yetarlicha o‘xshashliklar va tendensiyalar mavjud, chunki birinchi marta Rossiya Federatsiyasi hududida 2007-yil avgust oyida Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Xitoyning qo‘shinlari va vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

Vstrecha delegatsii MID Uzbekistana s predstavitelyami Taliban v Doxe - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda O‘zbekiston harakatlarini qayd etdi

Chelyabinsk viloyatida bo‘lib o‘tgan "Tinchlik missiyasi - 2018" mashqlari ham yaxshi ishora. Birlashmaning ishtirokchilari soni, hamjihatligi va samaradorligi yil sayin ortib bormoqda.

Ehtimol, shartli ravishda uyushgan va qurollangan terrorchilar "aytilmagan mamlakat"da yana bir "shaharni" (garovga olinganlar, hukumat organlari, strategik obyektlar) egallab oladilar.

Ozod qilishning murakkab amaliyotini ko‘p millatli va ShHT qo‘shinlarining yagona rejali guruhiga amal qilgan holda (quruqlikda va havoda hamkorlik) muvaffaqiyatli amalga oshirishdi.

Sakkizta davlatning harbiy vakillarining o‘zaro hamkorligi oddiy ish emas, “Yurginskiy” o‘quv poligonida, suv to‘sig‘ini yengib o‘tish joyi oldindan o‘rganish ishlari (rekognossirovka) olib borildi.

Mashq bo‘yicha muzokaralar yakunlanmoqda. Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Pokiston va Hindiston may oyida yakuniy bitimni imzolashadi.

Ha, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti - avvalam bor, iqtisodiy va siyosiy ittifoqdir. ShHTning harbiy yo‘nalishi zaruriy chora, “Tinchlik missiyasi” mashqlari – bu xalqaro terrorchilarga yevrosiyo ogohlantiruvi hisoblanadi.

Davr talabi

“Tinchlik missiyasi”dan tashqari, bu yil Rossiya qo‘shinlari Qirg‘iziston va Belarus hududida ODKBning bir nechta o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadilar, O‘zbekistonda esa ikki davlat kuchishlatar bo‘linmalari maxsus taktik mashqlarini o‘tkazadilar.

Eslatib o‘taman, Rossiya Federatsiyasining Markaziy harbiy okrugi Markaziy Osiyoning strategik yo‘nalishini qamrab oladi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda xorijiy obyektlar va harbiy bazalarni o‘z ichiga oladi. Markaziy harbiy qo‘mondonlikning jangovar tayyorgarligi tobora kuchayib bormoqda va Panj qirg‘oqlarigacha bo‘lgan hududni qamrab oladi.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Nega Afg‘oniston AQSh uchun qopqonga aylandi?

Tojikiston tog‘larida o‘tkazilgan mashqlardagi maxsus vazifalarni bajarish uchun 2-martda 201-chi Rossiya harbiy bazasining vertolot uchuvchilari Liaur o‘quv poligoniga taktik desant qo‘shinlarini olib keldi. Himoyani Mi-24 hujum vertolotlari ta’minladi. Mashg‘ulotlarda qatnashgan zirhli mashinalar pozitsion kurashni va yopiq pozitsiyalarda tank olishuvini o‘tkazdilar. Jami mashqlarda 500 dan ortiq harbiy xizmatchi va 200 ta harbiy texnika jalb qilindi.

Qo‘shinlarning malakasi va texnik jihozlanishi eng murakkab vazifalarni hal qilishga imkon beradi.

Markaziy harbiy okrugi kuch to‘plashni davom etmoqda va 2020-yilda 850 donadan ortiq yangi qurol va harbiy texnika, shu jumladan S-400 “Triumf” zenit-raketa tizimining to‘rtta to‘plami va S-350 “Vitaz” havo mudofaa tizimiga ega bo‘ladi.

Qirg‘izistondagi Kant aviabazasi yangi “Forpost” va “Orlan-10” uchuvchisiz uchish apparatlarini o‘zlashtirmoqda. Qurolli kuchlarni qayta qurollantirish va jangovar tayyorgarlikni oshirish - davr talabi.

Ko‘plab qo‘shni davlatlar singari, Rossiya AQSh va "Tolibon" o‘rtasida Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risida bitim imzolanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo, amerikaliklar bilan qo‘l berib ko‘rishgan toliblar “Al-Qoidaning "yaqin qarindoshi" va Markaziy Osiyo mintaqasiga jiddiy tahdid soluvchi terrorchilar bo‘lishni to‘xtatmaydi.

"Tolibon" radikal islomiy tashkiloti BMT va Rossiya Federatsiyasi (2003 yilda), ODBKning boshqa mamlakatlari (2009 yilda) tomonidan rasman terroristik tashkilot sifatida tan olinganidan beri hech narsa ijobiy tomonga tubdan o‘zgarmadi.

BMTning ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda Afg‘oniston hududi va aholisining yarmidan ko‘pini nazorat qilayotgan "Tolibon" safida 70 mingga yaqin jangari bor.

"Tolibon davlati" hisobida - o‘rta asr vahshiyligini o‘rnatish, tinch aholi va qadimiy madaniy yodgorliklarni yo‘q qilishning yigirma yili bor. Shu sababli ShHT davlatlari mudofaa sohasidagi hamkorlik darajasini yanada oshirish niyatida.

Terrorchilikka qarshi kurash suriyalik tajribani hisobga olgan holda, Rossiya bu yerda yetakchi rol o‘ynamoqda.

* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0