TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Afg‘oniston kuchishlatar bo‘linmalari “Tolibon”* terrorchilik harakatining razvedka boshlig‘ini qo‘lga olishdi. Bu haqda RIA Novosti TOLOnews telekanaliga asosan xabar qildi.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, Gazni viloyatida maxsus amaliyot davomida Mulla Nuruddin ismli jangari ushlandi.
“Jangari bilan uning akasi ham qo‘lga olindi”, - deb qo‘shimcha qildi viloyat hokimlik matbuot kotibi Arif Nuri.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Toliblar ilgari mamlakatning qishloq joylaridagi katta hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan.
Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari mamlakat bo‘ylab aksilterror operatsiyalarini o‘tkazishni davom etmoqda.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot