Tolibon AQSh samolyotini urib tushirishi mumkinmi?

© AP Photo / Raumat GulBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" AQSh samolyotini urib tushirishi mumkinmi - harbiy jurnalist Aleksandr Xrolenko javob beradi.

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. Dushanba kuni Afg‘onistonning G‘azni viloyatida AQShning Bombardier E11A rusumli harbiy samolyoti halokatga uchradi. Samolyotni urib tushirishda javobgarlikni darhol “Tolibon” o‘z zimmasiga oldi. Ular tezda urib tushirilgan samolyot videolavhasini ham namoyish etishdi.

Videolavha

“Razvedka ishlari bilan shug‘ullanayotgan samolyot Dix-Yak yaqinda Sado-Xel aholi punkti ustida urib tushirildi. Samolyot ichda bo‘lgan ekipaj a’zolari hamda MRBning yuqori lavozimli zobitlari qurbon bo‘ldi. Undan tashqari samolyotda maxfyi hujjatlar ham bor edi”, - deb izoh berdi voqeaga diniy-harbiy uyushma vakili Zabixulla Mudjaxed.

O‘z navbatida AQShning Afg‘onistondagi Harbiy kuchlari vakili polkovnik Soni Legget samolyot AQShga tegishli ekanini tan oldi, lekin uni Tolibon urib tushirganini tan olmadi. AQSh harbiylaridan yana biri samolyotda 10 kishidan ortiq odam bo‘lmaganini xabar qildi.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, tolibon afg‘on hamda AQSh harbiylarining samolyot halokatga uchragan joyga borishga urinishgan lekin muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Texnik masala

Agar “Tolibon” haq bo‘lib chiqsa, bu hududdagi AQSh kuchlari obro‘si uchun katta zarba bo‘ladi. “Tolibon” vakillari samolyotni qanday urib tushirganlarini hozircha xabar qilgani yo‘q, lekin ba’zi manbaalarda amerka samolyoti sovet davrida ishlab chiqilgan R-73 "Vimpel" raketasi yordamida urib tushirilgan deyilmoqda.

Zavodskoy nomer raketi Buk  - Sputnik O‘zbekiston
Malayziya samolyotini urib tushirgan raketa Ukrainaga tegishli - Rossiya MV

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham Afg‘onistonda AQShning bir necha uchuvchisiz apparatlari va S-130 Hercules harbiy samolyoti o‘xshash uslubda urib tushirilgan edi.

Sovet davrida ishlab chiqarilgan R-73 raketasi aslida samolyot va vertolotlarda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan, lekin uni qo‘lbola uslubda yerdan turib uchirsa ham bo‘ladi. Buning uchun yo‘naltiruvchi rels va akkumulyator kerak xolos. Bunday uchirganda raketa o‘z uzoqligining 50%ini yo‘qotadi, lekin qolgan 20 km ham aksariyat samolyotlarni urib tushirish uchun yetarli. Raketa infraqizil bosh qismi, o‘zini o‘zi nishonga yo‘naltirish tizimiga ega, shuning uchun osmonda samolyotni uning o‘zi topib olishi mumkin. Raketa tezligi 2500 km/soatni tashkil etadi.

Bunday raketalar Sovet Ittifoqi davrida 70-yillar oxirida ishlab chiqarila boshlagan. Ular Afg‘oniston hududiga 40 armiya bilan birga kelib qolgan bo‘lishi mumkin, lekin SSSR minglab ana shunday raketalarni Hindiston, Aljir, Iroq, Xitoy, Misr va Bolgariyaga eksport qilgan. 1992-yilga qadar 6000 mingta ana shunday raketalar ishlab chiqarilgan.

Posledstviya udara noveyshey amerikanskoy raketoy - Sputnik O‘zbekiston
AQSh yangi raketasi qanday zarba berishi ma’lum bo‘ldi - foto

Samolyot haqida

AQSh Harbiy kuchlariga tegishli bo‘lgan Bombardier E-11A samolyoti osmonda aloqa ta’minlash vazifasini bajargan. AQSh uchuvchilari uni “Osmondagi Wi-Fi” deb atashar edi. Qayd etish joizki,  juda uzoq masofalarga uchishi mumkin, uzoq vaqt davomida osmonda bo‘lishi mumkin.

Samolyotdan nafaqat uchuvchilar, balkim uchuvchisiz apparatlarni boshqarish va yo‘naltirishda ham foydalaniladi.

“Tolibon” tarqatgan videotasvirga ko‘ra, samolyotning ostki qismiga zarar yetmagan, go‘yoki u qorniga qo‘nishga majbur bo‘lgan, lekin uning o‘rta va ust qismi yonib yo‘q bo‘lib ketgan.

Eron generalining o‘ldirilishiga aloqasi bormi

General Qosim Sulaymonining AQSh tomonidan o‘ldirilishi hali ko‘pchillikning esidan chiqqani yo‘q. Shu sababli AQShning aloqa samolyoti halokatini ko‘pchillik eronning qasosi deb gumon qilishi ham mumkin.

Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Eron AQShdan qasos olishning 13ta ssenariysini tayyorladi - OAV

Agar ushbu aloqa samolyoti rostdan ham “Tolibon” tomonidan urib tushirilgan bo‘lsa, bu juda jiddiy tayorgarlik ko‘rishni, ma’lum texnik bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladigan operatsiya bo‘lishi kerak.

Eronning Tasnim va Mashregh axborot agentliklari AQShning ushbu samolyoti Eron Islom revolyutsiyasi qo‘riqchilari kuchlari tomonidan general Qosim Sulaymonining o‘limi uchun qasos sifatida urib tushirilgan degan xabarlarni tarqatmoqda. Ular aytishiga ko‘ra, ushbu samolyotda Eron generalini urib tushirishga aloqador bo‘lgan AQSh harbiylari bo‘lgan.

Nima bo‘lganda AQSh ayni damda ushbu samolyot halokati yuzasidan o‘z tekshiruvini o‘tkazmoqda va uning natijalarini rasman e’lon qilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0