TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston poytaxti bugun ertalabdan antiqa tomoshalarga boy bo‘ldi: Ikkinchi jahon urushi davri formasini kiygan askarlar urush yillarining eng ommabop qo‘shiqlarini ijro etdilar. Ayni vaqtda "Voditeli Tashkenta" ijtimoiy tarmog‘ida ham ushbu chiqishlar aks ettirilgan videolar paydo bo‘lmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, avtokolonna bugun soat 10 yarimda Janubiy vokzal yaqinidagi Gavhar ko‘chasidan yo‘lga chiqqan. Mashinalar Usmon Nosir, Sh.Rustaveli ko‘chalari bo‘ylab Yunusobod tumani orqali Zangiota tumanidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga yo‘l olgan.
Bu yerda 9-May — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligining mazkur aksiyasi o‘zbekistonliklar tomonidan iliq qarshi olindi, ayrim haydovchilar ham kolonna Toshkentdaligida unga hamrohlik qilishdi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.