Urush veteranlari navbatsiz mashina oladi

Obuna bo‘lish
G‘alaba va xotirlash kunini munosib kutib olish maksadida O‘zbekistonda bugungi kunda yashayotgan Ikkinchi Jahon urushi veteranlariga qo‘shimcha imtiyoz va qulayliklar yaratilmoqda.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida beligilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  bosh vazir Abdulla Aripov viloyatlar, tuman hokimliklari va boshqa tegishli idoralar rahbarlari ishtirokida videoselektor majlisi o‘tkazdi.

Majlisda so‘zga chiqqan "O‘zavtosanoat" AJ raisi o‘rinbosari urush faxriylariga GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan har qanday turdagi avtomashinalarni bir martalik navbatsiz olish imkoniyati taqdim etilayotganini ma’lum qildi. 

Urush faxriysi, o‘ziga yoki yaqinlari, qarindosh-urug‘lariga bir marta bir dona avtomobilni navbatsiz xarid qilishga ruxsat beruvchi sertifikatlar shu yilning 20-apreliga qadar topshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda respublikada 1542 nafar urush faxriysi yashab kelmoqda. Prezident qaroriga muvofiq ularning har biriga 2 mln so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari hokimlar, keng jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.

Kun.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0