So‘nggi bo‘lak non va shirin so‘z: o‘zbeklarning urush yillaridagi jasorati haqida

© Sputnik / N. Utarbekov / Mediabankka o‘tishUzbekskaya SSR. Kuznes Shaaxmed Shamaxmudov i yego jena Baxri Akramova vzali na vospitanie i usinovili 15 detey, poteravshix roditeley i evakuirovannix vo vremya voyni v Tashkent.
Uzbekskaya SSR. Kuznes Shaaxmed Shamaxmudov i yego jena Baxri Akramova vzali na vospitanie i usinovili 15 detey, poteravshix roditeley i evakuirovannix vo vremya voyni v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi Nizomiy nomli pedagogika universitetida Buyuk G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan "Eshelonlar sharqqa ketmoqda" nomli xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushi yillarida O‘zbekiston SSR butun Sovet ittifoqidan bir yarim milliondan ortiq insonlarga boshpana bergan.

Evakuatsiya og‘ir sharoitlarda kechgan: shoshilinch ravishda, ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan, hatto yo‘l olingan manzil noma’lum edi. Evakuatsiya qilinganlar yangi o‘lkada - noodatiy iqlim, o‘zgacha an’analar va turmush tarzi, va nihoyat, begona til bilan to‘qnash kelishgan. Ammo o‘zbeklar, evakuatsiya qilinganlar o‘zlarini hech kimga kerakmas kelgindilardek his etmasliklari uchun, qo‘ldan kelgancha harakat qilishgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAmelin: v godi VOV Uzbekistan spas ves svet nauchnoy intelligensii SSSR
So‘nggi bo‘lak non va shirin so‘z: o‘zbeklarning urush yillaridagi jasorati haqida - Sputnik O‘zbekiston
Amelin: v godi VOV Uzbekistan spas ves svet nauchnoy intelligensii SSSR

Tarix fanlari doktori, A. S. Pushkin nomidagi Leningrad davlat universitetining Rossiya tarixi kafedrasi professori Nikolay Kozlov O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan "Eshelonlar sharqqa ketmoqda" anjumanida urush bolalarining Toshkentdagi hayoti haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

V Tashkente provedut konferensiyu, posvashennuyu evakuatsii v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekistonga amalga oshirilgan evakuatsiyaga bag‘ishlangan anjuman o‘tkaziladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, urushning zalvorli damlarida o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinganlarga mehr bilan, bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishgan, ular bilan o‘z uyi, ovqati va kiyim-kechagini baham ko‘rgan.

"Vatandoshimiz, 1941-yilda Toshkentga Leningraddan evakuatsiya qilingan front qatnashchisi Merkulova, evakuatsiya qilingan bolalarning vokzalga olib kelinishi voqeasini yodga olar ekan, hukumat rahbarlarining o‘zbekistonlik ayollarga "evakuatsiya qilingan bolalarga onalik mehrini ko‘rsatish chaqirig‘i"ga minglab ayollar "labbay", deya javob berishganini aytadi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek ayollari vokzalga tez-tez kelib, bolalarni oilalarga olib ketishar edi. Buxoro viloyatidan hatto: "Bolalarni o‘z qaramog‘iga olmoqchi bo‘lgan fuqarolarimiz talablarini qondira olmayapmiz. Agar boshqa viloyatlarda evakuatsiya qilingan maktabgacha yoshdagi bolalar bo‘lsa, ularni Buxoroga yuboring", degan xat kelgan.

© Sputnik / Viktor Chernov / Mediabankka o‘tishKuznes Shaaxmed Shamaxmudov i yego jena Baxrixon s usinovlennimi vo vremya Velikoy Otechestvennoy voyni 1941-1945 godov detmi i vnukami.
So‘nggi bo‘lak non va shirin so‘z: o‘zbeklarning urush yillaridagi jasorati haqida - Sputnik O‘zbekiston
Kuznes Shaaxmed Shamaxmudov i yego jena Baxrixon s usinovlennimi vo vremya Velikoy Otechestvennoy voyni 1941-1945 godov detmi i vnukami.

Evakuatsiyadan tirik qolgan urush bolalari keyinchalik, o‘sha yillarda ular faqatgina ko‘mak va hamdardlik, bir tomondan mutlaqo begona odamlarning oxirgi bo‘lak non bilan bo‘lishishga tayyorligi singari yuksak insoniylik fazilati tufayli yashab qolganliklarini tan oladilar.

Adolf Gitler - Sputnik O‘zbekiston
Gitlerning ulkan rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek haqida yangi tafsilotlar

"Ular yozishardi: bizdan yuz o‘girishmadi, issiq joy berishdi, o‘zlari qisingan bo‘lsa-da, lekin biz uchun joy ajratishdi. Biz evakuatsiya qilinganlar va mahalliy aholi o‘rtasida birorta mojaro yuz berganini eslay olmaymiz, — deya o‘z dokladini o‘qishda davom etadi professor Nikolay Kozlov. — Yana boshqalari esa shunday xotirlagan: bizni og‘a-inilardek qarshi olishdi, boshpana berishdi, so‘nggi burda nonni ham biz bilan baham ko‘rishdi. Shirin so‘zlarini darig‘ tutishmadi. Xuddi boshiga ish tushgan jigari singari bizning boshimizni silashdi. O‘zlari ochlikdan nobud bo‘lsa-da, biroq ovqatini biz bilan baham ko‘rdilar. Bizni qutqarishdi, non berishdi, eng og‘ir damlarda bizga yordam qo‘lini cho‘zishdi".

Ittifoqdagi barcha shoirlar safida Toshkentga yuborilgan Korney Chukovskiy 1942-yillar boshlarida frontda xizmat qilayotgan o‘g‘liga shunday satrni bitgan: "O‘zbeklar ajoyib xalq, xushmuomala, boadab".

© Sputnik / Yakov Brodskiy / Mediabankka o‘tishFotografiya poetessi Anni Axmatovoy. Tashkent. 1942 god.
So‘nggi bo‘lak non va shirin so‘z: o‘zbeklarning urush yillaridagi jasorati haqida - Sputnik O‘zbekiston
Fotografiya poetessi Anni Axmatovoy. Tashkent. 1942 god.

"Aktrisa Faina Ranevskaya esa bir voqeadan qattiq ta’sirlangan: ma’lum bo‘lishicha, u qayerdandir bir bo‘lak saksovulni sudrab kelgan bo‘lib, shoira Anna Axmatovani isintirish uchun uni maydalay olmaydi. Ko‘chaga chiqib tursa, oldidan beliga bolta va bolg‘a osib olgan mahalliy yashovchi o‘tib qoladi. Ranevskaya erkakdan saksovulni bo‘laklab berishni so‘raydi. Erkak uning iltimosini bajaradi. Shunda aktrisa xizmat uchun haq to‘lashga puli yo‘qligini aytadi va erkakdan: "Menga pul kerak ham emas. Siz isinsangiz, men siz uchun xursand bo‘laman, pul nima? Pul hech narsa", degan javobni eshitadi. Ehtimol, shu uchundir, rus shoirasi Anna Axmatova Toshkentda kechirgan hayoti haqida keyinchalik o‘z xotiralarida, aynan shu shaharda ilk marta inson saxiyligi nima ekanligiga guvoh bo‘lgani haqida yozgan", - deya xotima qildi professor.

Yangiliklar lentasi
0