Urush va tinchlik: Mirziyoyev nega armiyani mustahkamlamoqda

© IA "Jaxon"O‘zbekiston harbiylari
O‘zbekiston harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari birinchi navbatda yangi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqish shartligini ta’kidladi

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik, Anton Kurilkin. 26-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtiga tashrif buyurdi. Prezident ofitser kadrlar tayyorlanadigan maskanda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi hamda bo‘lajak qo‘mondonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Rasmiy press-reliz mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlashning bosh yo‘nalishlari haqida umumiy tushuncha beradi. Davlat rahbari xavfsizlik sohasiga oid qonunchilik samaradorligini yuksaltirish, Qurolli Kuchlar tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish, uning shaxsiy tarkibini tayyorlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirishga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, harbiylar va ularning oila a’zolari uchun zamonaviy uy-joylar qurish bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratdi.

Vatanparvarlik, tayyorgarlik, qo‘llab-quvvatlov

Bilim yurtidagi yig‘ilish prezident harbiy sohadagi yangi vazifalarni belgilab bergan ilk yig‘ilish emas. Bundan ikki hafta oldin, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo‘llangan bayram tabrigida ham bir qator muhim yo‘nalishlar tilga olingandi. Davlat rahbari birinchi navbatda yangi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqish shartligini ta’kidladi.

"Biz milliy xavfsizlikni ta’minlashda strategik rejalashtirish bo‘yicha aniq davlat tizimini barpo etishga obyektiv zarurat sifatida ehtiyoj sezmoqdamiz. Ushbu tizimda doimo yangilanib boradigan Milliy xavfsizlik konsepsiyasi markaziy o‘rinni egallashi shart", — degandi Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy sir: Mirziyoyev O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariga qanday topshiriq berdi

Shu bilan birga, deb hisoblaydi prezident, konsepsiyada O‘zbekiston tashqi siyosatiga xos moslashuvchanlik va ochiqlik tamoyillari, bizning yaqin qo‘shnilarimiz bilan konstruktiv munosabatlarni rivojlantirish ustuvor vazifa ekani aks ettirilishi darkor.

Armiya asosini vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan ofitserlar tashkil qilishi darkor. Bu borada prezident ikki yo‘nalishni belgilab berdi.

Birinchisi — oliy harbiy ta’limni isloh qilish. Bu bilan yangi tashkil etiladigan Quroll Kuchlar akademiyasi shug‘ullanadi. Yangi harbiy o‘quv maskani leytenantlar tayyorlash, faoliyat ko‘rsatayotgan ofitserlar malakasini oshirish va armiya boshqaruv tarkibidagi qo‘mondonlik kadrlarini maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

Biroq yoshlar harbiylikka yo‘lni akademiyadan emas, mamlakatning har bir mintaqasida tanlab olingan kollej va litseylardan boshlashadi.
Umuman olganda, Mirziyovning nutqlarida vatanparvarlik tarbiyasi tez-tez tilga olinadi.

"Barchamizga yaxshi ma’lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rishimiz shart", — deb ta’kidladi prezident.

Harbiy texnika

Toshkent ofitser kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish bilan birga armiyani qayta qurollantirish borasida ham olg‘a qadam tashladi. Bugungi kunda respublika Qurolli Kuchlari ixtiyorida asosan sobiq sovet jangovar texnikasi mavjud. AQSh tomonidan berilgan bronemashinalar va "Xuansyu shibao" gazetasining ma’lumot berishicha, 2013-yilda Xitoydan sotib olingan bir nechta zenit-raketa majmualari bundan mustasno.

Tank T-90 - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekistonning o‘z harbiy sanoat majmuasini yaratishni taklif qildi

Shu sababli mamlakat oliy bosh qo‘mondoni mamlakatda harbiy sanoat majmuasini barpo etish zarurligini bildirdi. Bu bilan yangi mas’ul tegishli organ shug‘ullanadi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatovga tegishli davlat organini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish yuklatildi. Shu bilan birga, mamlakat armiyasini qayta qurollantirish va modernizatsiya qilishda Rossiya ham ko‘maklashadi — o‘tgan yil oxirida ikki mamlakat yangi harbiy-texnik kelishuv haqidagi shartnomani imzoladi.

Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. Ular imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo‘li orqali uy-joy bilan ta’minlanadilar.

Xavotirli qo‘shnichilik

Rossiya TIV huzuridagi MDXMI analitika markazining katta ilmiy xodimi Leonid Gusevning Sputnik O‘zbekistonga aytishicha, respublikaning xavfsizligi masalalariga mamlakatning birinchi prezidenti Karimov katta e’tibor qaratgan va endilikda Shavkat Mirziyoyev ham jiddiy e’tibor qaratmoqda.

ARMIYa-2016 harbiy-texnik ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston harbiy-texnik hamkorligi osonlashdi

Buning sababi — "Tolibon" va "ID" bilan birga Turkiston islom harakati guruhi qo‘nim topgan Afg‘oniston bilan xavotirli qo‘shnilikdir. Bu guruh jangarilari O‘zbekiston hududiga bir necha bor hujum qilishgan — masalan, 1999-yilda.

Bundan tashqari, ushbu harakatga O‘zbekistondan chiqqan ko‘plab kishilar a’zo. Keyingi yillarda Afg‘onistonning Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaralarida vaziyat yomonlashdi va bu ham tahdid keltirib chiqaradi.

Gusevning fikriga ko‘ra, aynan chegaraoldi vaziyati O‘zbekiston uchun tashvishlidir va shu bois ham Toshkent armiyani takomillashtirishga alohida e’tibor qaratishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0