TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi yillaridagi MDH mamlakatlari xalqlari matonati va qahramonligini abadiylashtirish haqidagi shartnomani imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu shartnomani imzolash 2011 yilda boshlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi MDH mamlakatlarida urushda qurbon bo‘lganlar qabrlarini saqlab qolishdir. Shartnoma bugunga qadar Ukraina, Belorussiya, Armaniston, Rossiya, Moldova, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston tomonidan imzolangan edi.
Eslatiab o‘tamiz, Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning olti millionlik aholisidan 1,5 millioni ishtirok etgan, ulardan 420 mingi urushdan qaytib kelmagan, 640 mingi turli jarohatlar bilan qaytgan.
Undan tashqari urush yillarida O‘zbekistonga urush bo‘layotgan hududlardan yuz minglab aholi evakuatsiya qilingan.
Ikkinchi jahon urushida 120 ming o‘zbekistonliklar orden va medallar sohibi bo‘lishgan, 338 kishi eng oliy mukofot – Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.