Dunyoda

Boeing 737 MAX samolyotlari nega qulab tushdi?

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka oʻtishMejdunarodnыy aviasalon "Le Burje-2017"
Mejdunarodnыy aviasalon Le Burje-2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ekspertlar fikriga koʻra, Boeing 737 MAX samolyotlari muammosining negizi juda chuqur va bu amerikadagi tizimli muammolarni ochib tashlamoqda. 

TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Butun dunyoda Boeing 737 MAX samolyotlari parvozini taʼqiqlash va buyurtmalarning bekor qilinishi tufayli Boing korporatsiyasi AQSH iqtisodini pastga shoʻngʻitmoqda, deb yozadi RIA Novosti mualliflaridan biri Maksim Rubchenko.

Samolet - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Efiopiyada bortida 157 kishi boʻlgan Boeing 737 qulab tushdi

Iqtisodiy oqibatlar

Butun dunyoda aviakompaniyalar Boeing 737 MAX samolyotlaridan voz kechmoqda. Xususan, Garuda Indonesia kompaniyasi umumiy qiymati 5 milliard dollar boʻlgan 49 ta Boeing 737 MAX samolyotlaridan voz kechdi.

Ekspertlar fikriga koʻra, ushbu holat boshqa yirik mijozlarning ham Boeing 737 MAX samolyotlardan voz kechishiga olib kelishi mumkin. Ayni damda Boeing 737 MAX samolyotlarining eng yirik xaridorlari - Norwegian, SpiceJet, Ryanair, Jet Airways, Lion Air, Flydubai, Southwest kompaniyalaridir.

Norwegian kompaniyasi 737 MAX samolyotlari parvozlari taʼqiqlanishi munosabati bilan aviakompaniyaning oʻnlab samolyotlari bekor turib qolayotganini va ular Boingdan har bir samolyotning 1 oy davomida bekor turishi uchun 250 ming dollarlan tovon puli talab qilishilarini aytishmoqda.

JP Morgan iqtisodchilari hisob-kitobiga koʻra, Boeing 737 MAX muammosi tufayli 2019 yilda AQSH YAIMini 0,6 %ga kamayishi mumkin.

Samolet Boeing 737 MAX. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston Boeing 737 MAX samolyotlarini qabul qilishni taʼqiqladi   

Xoʻsh, shuncha kishining oʻlimiga sabab boʻlgan, shuncha katta iqtisodiy muammolarga sabab boʻlgan, Boeing 737 MAX samolyotlarining birin-ketin qulab tushishi sababi nimada?

Falokat sababi juda chuqur

Lion Air va Ethiopian Airlines sssamolyotlari falokati sabablarini oʻrgangan mutaxassislar bir ovozdan falokat sababi boshqaruv tizimiga yashirincha oʻrnatilgan MCAS kompyuter dasturi boʻlganini aytishmoqda.

Samolyot qulashiga texnik sababi MCAS boʻlsada, aslida muammo juda chuqur joylashgan. Keling bir boshidan boshlaylik.

Mejdunarodnыy aviasalon Le Burje-2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy Boeing 737 MAX samolyotlarida parvoz qilishni taqiqladi

The New York Times nashri jurnalistlari yozishiga koʻra, 2011 yilda Airbus kompaniyasi 20 %gacha yonilgʻi iqtisod qiluvchi Neo modelini savdoga chiqarganidan soʻng, Boeing raqibidan ortda qolmaslik uchun tezkor choralar izlay boshlaydi.

Butunlay yangi samolyot yaratish uchun bir necha yil vaqt hamda 32 milliard dollar mablagʻ kerak edi. Boeing boʻlsa osonroq yoʻldan borishga qaror qiladi va eski Boeing 737 samolyotni yangi katta turibinali motor bilan jihozlashga qaror qiladi.  

Lekin oʻlchami katta boʻlgan dvigatel eski motorlar oʻrniga mos tushmas edi, shuning uchun uni belgilangan joyidan yuqoriroqda oʻrnatishga qaror qilinadi. Oqibatda samolyotning muvozanati yoʻqoladi va parvozda uning burni (old qismi) koʻtarilib ketadigan boʻlib qoladi.

Ushbu kamchilikni bartaraf qilish maqsadida Boeing mutaxassislari MCAS nomli maxsus kompyuter dasturi yaratishadi. Ushbu dastur samolyot uchi koʻtarilib ketganda uni avtomatik ravishda pastga tushirishga moʻljallangan edi.

Boeing-787 Dreamliner - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston havo yoʻllari Boeing bilan yangi shartnoma imzoladi

Dastur samolyot boshqaruv tizimiga mutlaq yashirincha oʻrnatiladi. Uning mavjudligi haqida Boeing hech bir aviakompaniyaga yoki uchuvchiga yoki boshqaruv yoʻriqnomasida lom-mim deymaydi.

Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi.

Keyin maʼlum boʻlishicha, dastur juda “xom” boʻlib chiqadi. U kerak boʻlmaganda ham oʻzidan oʻzi ishlab ketar, belgilangandan 4 baravar koʻproq samolyotni shoʻngʻitar ekan.

346 kishining umriga zomin boʻlgan Lion Air va Ethiopian Airways kompaniyalari samolyotlari qulashi aynan mana shu MCAS dasturi tufayli, uning yashirin ishlashi va uchuvchilarning uning borligidan bexabarligi tufayli sodir boʻlgan.

Poraxoʻrlik emas lobbizm

Shu oʻrinda oʻrinda oʻz oʻzidan savol tugʻiladi: qanday qilib yaxshi sinalmagan dastur va tizim FAAdan sertifikat oldi? Nima uchun, Boeing ushbu dasturni yashirishga urindi?

Birinchidan, kompaniya katta dvigatel samolyotga mos tushmaganini va samolyot muvozanati yoʻqotganini yashirishga uringan. 

Uzbekskiye avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeщe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviaparkiga yana bir Boeing-787 Dreamliner samolyoti keltirildi

Ikkinchidan esa FAA  - Amerika Federal Aviatsiya boshqarmasi Boeingga juda xayrixox boʻlib, sertifikatlash va boshqa yumushlarni Boeingning oʻziga ishonib topshirib qoʻygani maʼlum boʻldi.

Yana bir qiziq holat – Boeing amerika senatidagi uning manfaatlarini himoya qiluvchi senatorlarga yiliga 15 milliondan ortiq toʻlashi ham maʼlum boʻldi. Bu summa amerika uchun ham juda katta deyilmoqda. Ha aytmoqchi, amerikada bu pora emas lobbizm deyiladi.  

Ayni damda ushbu holat yuzasidan FBR jinoyat ishi ochib tekshiruvni boshlagan. FAA – esa butun dunyoda oʻziga boʻlgan ishonchini yoʻqotdi. Aynan shu sabadan Efiopiyada qulagan samolyotning qora qutisi ichidagi maʼlumotni oʻqish uchun amerikaga emas Frantsiyaga olib borildi.

Xoʻsh endi nima boʻladi?

Kecha Boeing 200dan ortiq uchuvchilar, injenerlar va aviakompaniya rahbarlarini toʻplab yangilangan MCAS dasturi haqida taqdimot marosimi oʻtkazishdi. Lion Air, Ethiopian Airways hamda Garuda International kompaniyalari vakillari unda ishtirok etishmadi. 

MS-21 samolyoti taqdimoti marosimida - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Irkutskda eng yangi yoʻlovchi samolyoti MS-21 taqdim etildi

Asosiy xaridorlar esa koʻproq raqib kompaniyalar mahsulotlari bilan qiziqishni boshladi. Xususan, Airbus kompaniyasining NEO laynerlariga boʻlgan buyurtmalar soni kesikn oshib bormoqda. Xitoy rahbari yaqinda Yevropa boʻylab qilgan safari doirasida Airbus bilan 300ta ana shunday samolyotlarni sotib olish haqida shartnoma imzoladi.

Oʻtgan haftada Indoneziya vakillari Rossiya Savdo va sanoat vaziri bilan Rossiyaning eng yangi MS-21-300 yoʻlovchi samolyotlari bilan qiziqqan. Ayni damda ushbu samolyot Rossiya va Yevropada sertifikatsiyadan oʻtmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0