TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Efiopiyada Ethiopian Airlines kompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda kompaniya o‘zining Facebook᾽dagi sahifasida ma’lum qildi.
Kompaniya xabarida aytilishicha, samolyot bortida 157 kishi bo‘lgan. Ulardan sakkiz nafari ekipaj a’zolari.
Samolyot Keniya poytaxti Nayrobiga uchayotgan payt halokatga uchragan. Mudhish hodisa mahalliy vaqt bilan soat 8:44 da Addis-Abeba shahridan 62 kilometr uzoqlikda joylashgan Debre-Zeyt shahrida sodir bo‘lgan.
Efipiya bosh vaziri Abiy Ahmed Ali hukumat va Efiopiya xalqi nomidan fojiada qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etdi.
The Office of the PM, on behalf of the Government and people of Ethiopia, would like to express it’s deepest condolences to the families of those that have lost their loved ones on Ethiopian Airlines Boeing 737 on regular scheduled flight to Nairobi, Kenya this morning.
— Office of the Prime Minister - Ethiopia (@PMEthiopia) 10 marta 2019 g.
Hozirda halokat tafsilotlari va qurbon bo‘lganlar soni aniqlanmoqda.