"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviaparkiga yana bir Boeing-787 Dreamliner samolyoti keltirildi

© Stringer SputnikUzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner
Uzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy aviakompaniya parki 2020-yilga qadar ushbu rusumdagi oltita samolyotga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining aviaparki navbatdagi yangi avlod samolyoti — Boeing-787 Dreamliner bilan to‘ldirildi, deb xabar bermoqda MAK matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, aviakompaniyaning ushbu rusumdagi uchinchi avialayneri MAK aviaparkida mavjud bo‘lgan avvalgi ikkita Boeing-787 Dreamlinerdan yo‘lovchi o‘rindiqlarining soni ortiqligi va ekipaj dam olishi uchun alohida bo‘linma tashkil etilganligi bilan farqlanadi.

Samolet Airbus 320 - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Airbus Neo samolyotlarini sotib oladi

Ushbu samolyotda ham aviakompaniyaning boshqa Boeing-787 Dreamliner havo kemalaridagi kabi yonilg‘i tejash samaradorligini oshirish, shovqin darajasini pasaytirish va atmosferaga karbonat angidrid ajrab chiqishini kamaytirish imkonini beruvchi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B dvigatellari o‘rnatilgan.

"Ikki klassli komponovkada ishlangan samolyotning keng sahni 270 o‘rindiqqa (biznes klassi — 24, iqtisodiyot klassi — 246) ega. Laynerning qulay va keng o‘rindiqlar, yangicha yoritish va shovqin o‘tkazmaydigan tizimlar, pol qoplamalari hamda alohida har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar bilan jihozlanganligi "O‘zbekiston havo yo‘llari" yo‘lovchilariga parvozlarini yuqori darajadagi qulaylikda, maroqli o‘tkazishlariga imkon yaratadi", — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, bugungi kunda aviakompaniyaning uchuv va texnik tarkibi uchinchi samolyotni ishga tushirishga ham to‘liq tayyor.

Boeing 787 Dreamliner aviakompanii Uzbekiston xavo uyllari - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" "kichik haj" mavsumida Jiddaga 14ta qatnovni amalga oshiradi

Yangi Dreamliner aviakompaniyaning parvozlar jadvaliga kiritilgan bo‘lib, uzoq masofalardagi qatnovlarda ekspluatatsiya qilinishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda Boeing-787 Dreamliner samolyotlariga buyurtma bergan birinchi buyurtmachidir. Aviakompaniya Dreamlinerlarning tijorat ekspluatatsiyasini 2016-yilda boshlagan.

2017 yilning 27-iyulida esa O‘zbekiston Milliy aviatashuvchisi tarixda birinchi marta ushbu rusumdagi samolyotda Toshkentdan Nyu-Yorkka ilk uzluksiz parvozini amalga oshirdi.

Bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviaparki zamonaviy Boeing 757, 767, 787 Dreamliner va Airbus 320 havo kemalaridan iborat.

Milliy aviakompaniya parki 2020-yilga qadar Boeing-787 Dreamliner rusumidagi oltita samolyotga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0