TOShKENT, 13 mar – Sputnik. O‘zbekiston hukumati o‘z aeroportlarida Boeing 737 MAX samolyotlarini qabul qilishni ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Bugun O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligi O‘zbekiston aeroportlari Boeing 737 8 MAX va Boeing 737 9 MAX samolyotlarini qabul qilmayotganlarini xabar qildi. Ta’qiq vaqtincha 13-mart soat 17:00dan bir oy davomida amal qiladi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ta’qiq ushbu turdagi samolyotlarning O‘zbekiston ustidan uchib o‘tishi ta’qiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha soat oldin Qozog‘iston ham ushbu turdagi samolyotlar parvozini ta’qiqlagan edi. Kecha 12-mart kuni esa Xitoy va Yevropa Ittifoqm mamlakatlari Boeing 737 MAX samolyotlari parvozini ta’qiqlagan edi.
Boeing korporatsiyasining eng yangi samolyotlaridan biri – to‘rtinchi avlod 737 8 MAX 10-mart kuni Efiopiyada qulab tushgan edi. Undan bir necha oy oldin esa Fillipinda ham ana shunday fojea yuz bergan.
Mutaxassislarning dastlabiki xulosalariga ko‘ra, Boeing 737 8 MAX samolyotlari nazorat tizimida xatolik tufayli samolyot keskin pastga sho‘ng‘ishii ehtimoli bor.