Irkutskda eng yangi yo‘lovchi samolyoti MS-21 taqdim etildi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishMS-21 samolyoti taqdimoti marosimida
MS-21 samolyoti taqdimoti marosimida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MS-21 samolyotlar oilasi 132-165 kishiga mo‘ljallangan MS-21-200 va 163 – 211 yo‘lovchiga mo‘ljallangan MS-21-300 samolyotlarini o‘z ichiga oladi. Samolyot barcha iqlim zonalarida turli mavsumlarda ishlatilishi mumkin.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Irkutskda o‘rta masofalar uchun mo‘ljallangan yangi yo‘lovchi layneri MS-21-300 samolyotining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, RIA Novosti xabariga asosan.  

Samolyotning “Olib chiqish” marosimida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, bosh vazir o‘rinbosarlari Arkadiy Dvorkovich va  Dmitriy Rogozin hamda savdo va sanoat vaziri Denis Manturovlar ishtirok etdi. Taqdimot marosimi samolyot ishlab chiqargan korxona – “Irkut” korporatsiyasi direktori Oleg Demchenko o‘tkazdi.  

“Bir necha yil oldin biz, jahon aviatsiya bozorida munosib o‘rin egallashga qodir bo‘lgan samolyot ishlab chiqarishga qaror qildik. Biz ishonamizki MS-21 o‘z toifasida eng yaxshi samolyot bo‘ladi. Bugun men konstruktorlar, muhandislar, ishchilar  va korxona rahbarlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman – biz samolyotga nafaqat eng zamonaviy texnika bilan jihozladik, balkim unga o‘z qalbimizni ham tikdik”, — dedi Oleg Demchenko.

Samolyot barcha sinov va sertifikatsiyalardan 2018-yilning oxiriga qadar o‘tishi rejalashtirilgan.

MS-21 samolyoti jahondagi eng ommaviy samolyotlar turiga kiradi. Kompozit materiallardan yasalgan qanot, uzaytirilgan fuzelyaj va oxirgi avlod dvigatel samolyotning raqobatbardoshligini oshiradi va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi. Undan tashqari samolyot yo‘lovchilar uchun ham qulaydir. Uning ekologik ko‘rsatkichlari ham uzoq yillarga mo‘ljallangan.

MS-21 samolyotlar oilasi 132-165 kishiga mo‘ljallangan MS-21-200 va 163 – 211 yo‘lovchiga mo‘ljallangan MS-21-300 samolyotlarini o‘z ichiga oladi. Samolyot barcha iqlim zonalarida turli mavsumlarda ishlatilishi mumkin.

Bugungi kunda ushbu samolyotga allaqachon 175ta buyurtma olingan va mijozlar yana 100ta buyurtma berishga tayor turishibd. “Aeroflot”, 2018 yilda yetkizib berishni boshlash sharti bilan, 50 ta samolyotga buyurtma berdi.

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishKabina samoleta "MS-21"
Kabina samoleta MS-21  - Sputnik O‘zbekiston
Kabina samoleta "MS-21"
Yangiliklar lentasi
0