TOShKENT, 12 fev – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari va Boeing korporatsiyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotlari uchun nosoz shassini (qo‘nish g‘ildiragi) tezda yangisiga almashtirib berish xizmati haqida shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda amerikalik ishlab chiqaruvchi matbuot xizmati.
“Ushbu dastur texnik xizmat ko‘rsatish vaqtini juda qisqa qiladi. Aviakompaniya ta’mirlashga vaqt sarflamay samolyotdan foydalanishni davom ettirishi mumkin”, - deyilgan xabarda.
Dastur doirasda kapital ta’mirlash kerak bo‘lgan shassi Boeing tomonidan sertifikatsiya qilingan shassiga almashtirib beriladi. Buning uchun alohida shartnoma tuzish va ta’mirlash jarayonini boshqarish talab qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo yo‘llari 4ta Boeing-787 smololotlaridan foydalanishni 2016-yilda boshlagan. Ayni damda aviakompaniya parkida 4ta ana shunday samolyot bor.