Xitoy Boeing 737 MAX samolyotlarida parvoz qilishni taqiqladi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy aviasalon "Le Burje-2017"
Mejdunarodniy aviasalon Le Burje-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Efiopiyadagi halokat to‘fayli Xitoy 60ta Boeing 737 MAX samolyotlarida parvozlar amalga oshirishni ta’qiqladi.

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Xitoy fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi, Efiopiyadagi samolyot halokatidan keyin, vaziyat oydinlashmaguniga qadar  Boeing 737 MAX samolyotlarida parvozlar amalga oshirishni ta’qiqlab qo‘ydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Samolet - Sputnik O‘zbekiston
Efiopiyada bortida 157 kishi bo‘lgan Boeing 737 qulab tushdi

Gap shundaki, so‘nggi bir necha oy ichida 2017-yilda ekspluatatsiyaga kiritilgan ushbu samolyotlarning ikkitasi qulab tushdi: Biri o‘tgan  yili Indoneziyada ikkinchisi – kechagina Efiopiyada. Ikkala aviahalokat ham parvoz boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, samolyot balanlikka ko‘tarilish vaqti sodir bo‘lgan.  

Boeing kompaniyasi o‘tgan yilning noyabr oyida ushbu samolyotni ekspluatatsiya qilayotgan barcha kompaniyalarga, aviahalokatni o‘rganishning dastlabki xulosalariga asoslangan, ogohlantirish xati yuborgan edi. Unda parvozni nazorat qilish tizimining xato ko‘rsatgichlari samolyotni keskin sho‘ng‘ishiga olib kelishi ehtimoli borligi xabar qilingan edi. Aniqlanishiga ko‘ra, indoneziyada halokatga uchragan samolyotning tezlik ko‘rsatgichi so‘nggi 4ta parvoz davomida noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Boeing 737 MAX – amerika kompaniyasining ushbu turdagi samolyotlari orasida eng ko‘p sotilgani hisoblanadi. Bugungi kunda Xitoyda 60ta Boeing 737 MAX samolyotlari ekspluatsiya qilinmoqda. 

Eng so‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Boeing korporatsiyasi Efiopiyadagi aviahalokat tufayli 13-mart kuniga mo‘ljallangan Boeing 777X samolyotining taqdimot marosimini bekor qilgan. 

Yangiliklar lentasi
0