U fohishalar va yolg‘iz ayollarni qutqaradi: toshkentlik ayol-militsioner bilan uchrashuv

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaInspektor po delam jenshin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova
Inspektor po delam jenshin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maqsuda Xo‘janazarova — Yunusobod tumani IIB ayollar masalalari bo‘yicha inspektor. U kundan-kunga o‘zbekistonlik ayollarga yordam berishga harakat qilmoqda: sobiq jinoyatchilar, yolg‘iz ayollar va fohishalar Maqsuda tufayli to‘g‘ri yo‘ldan borishmoqda. Xizmat qiyinchiliklari va ilk muvaffaqiyatlar haqida IIV vakili Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurib, huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar bilan muloqot qildi. Davlat rahbari tashrif davomida huquqiy tartibotni muhofaza qilish va jinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha tizimni takomillashtirish bo‘yicha qator tavsiyalarni berdi. Prezident har bir huquqni muhofaza qilish organida jinoyatchilikning joyi va turi bo‘yicha chuqur ma’lumot bo‘lishi va  davlat idoralari, jamoat tashkilotlari muntazam birga ishlashini mamlakatning tinchlik garovi deb hisoblaydi.

Taktiko-spetsialnie ucheniya po obespecheniyu bezopasnosti v shkolax - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar

Davlat o‘z navbatida IIV tuzilmasini modernizatsiyalash hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Yunusobod IIB bugungi kunda mutlaqo o‘zgargan. Baland devor, panjaralar bu idorada endi yo‘q, militsiya xodimlari va fuqarolar yuzma-yuz o‘tirib gaplashishlari uchun barcha shart-sharoit hozirlangan. Hatto, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida elektron uskunalar joriy etilgan. Tezkor navbatchilik qismi, profilaktika bo‘linmasi, tergov bo‘linmasi, jinoyat qidiruv bo‘linmasi, pasport xizmati, psixolog faoliyati, yong‘in xavfsizligi, tez yordam, favqulodda yordam va boshqa xizmatlar bir joyda mujassamlashgan.

Shuningdek, xotin-qizlar bilan yaqindan ishlash uchun ayol inspektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozircha shunga o‘xshash amaliyot faqat Yunusobodda joriy etilgan. Lekin tez orada ayol ispektorlar Shayhontohur  va Olmazor tumanlarida ham o‘z faoliyatlarini boshlashadi.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri inspektor Maqsuda Xo‘janazarova bilan suhbatlashib, ayol kishining bu kabi ma’suliyatli, og‘ir va nozik jins vakillariga xos bo‘lmagan kasbda faoliyat yuritishi qandayligini tushunishga harakat qildi.

Maqsuda mutaxassisligi bo‘yicha yurist. U 12-yil tergovchi bo‘lib ishlagan. Yangi lavozimga tayinlanganiga atigi bir oy bo‘lgan. Maqsudaning tan olishicha, u bir kun kelib ish kabinetidan uzoqlashishi va xalq ichiga kirib borib, hech bir mubolag‘asiz, fuqarolik va ijtimoiy jasoratlar ko‘rsatishini hech qachon hatto hayoliga ham keltirmagan.

- Maqsuda, ishingiz nimadan iborat va odatdagi ish kuningiz nimadan boshlanadi?

- O‘zbekiston prezidentining qaroriga binoan, har bir mahalla va tumanlarda xotin-qizlar ishlari bo‘yicha katta inspektorlar ta’sis etilgan. Mening hududim 7 ta mahallani o‘z ichiga oladi (20 mingdan ortiq ayol), va har bir mahallada bittadan inspektor ishlaydi.

Sotrudnik pravooxranitelnix organov na fone mecheti - Sputnik O‘zbekiston
"Superpolitsiya": o‘zbek militsiyasi qulay va ko‘rkam formaga o‘tishi kutilmoqda

Bizning asosiy vazifamiz – jinoyatchilik profilaktikasi va qaydda yoki ma’muriy nazoratda turgan yoki muqaddam sudlangan ayollarni qo‘llab-quvvatlash. Bu lavozimga tayinlanganimga atiga bir oy bo‘ldi. Lekin bu yerda naqadar turli va murakkab kishilar yashashini allaqachon tushunib yetdim. Ular orasida fohishalar, qo‘shmachilar, ta’qiqlangan diniy ekstremik guruhlarda bo‘lgan ayollar, yolg‘iz onalar, shuningdek, notinch va yaxshi oiladan bo‘lmaganlar ham bor. Fuqarolarning shunga o‘xshash toifasi bilan ish olib boramiz.

Biz ularning takroran biror jinoyatga qo‘l urmasliklari va to‘laqonli yaxshi hayotga qaytishlari uchun qo‘limizdan kelgan hamma narsani qilamiz.

Mening odatdagi ish kunim haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u tezkor ma’lumotlarni o‘rganishdan boshlanadi. Bundan tashqari, men har bir mahalladagi xotin-qizlar ishlari bo‘yicha inspektorlar hamda domkom va ko‘cha kattalari bilan hamisha aloqada bo‘laman. Shundan so‘ng mahallaga chiqib, ishimni olib boraman.

- Siz shuncha kuch va vaqtingizni ajratayotgan mashaqqatli xizmatingizga turmush o‘rtog‘ingizning munosabati qanday?

- (Jilmayadi) Meni tushunadi. Bu uchun undan minnatdorman.

- Mahallalarda xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari bor, sizning ishingiz ular faoliyatidan nimasi bilan farq qiladi?

- Ha, mahallalarda turmush muammolari bilan shug‘ullanishadi, masalan, qaynona va kelin o‘rtasida bo‘lib turadigan muammo va tortishuvlar, ajrashish shartlari, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nizolarni tartibga solishni hal qilishadi. Ammo so‘nggi paytlarda joylarda shunga o‘xshash muhim muammolarni hal qilish uchun malakali, huquqiy ma’lumotga ega mutaxassislar yetishmasligi ravshan bo‘ldi.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev o‘zbek militsiyasi qanday bo‘lishi kerakligini aytdi

Hozirda har qaysi mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan savollarni berishadi: aliyentlarni qanday undirib olish mumkin, ajrashganda molu mulk qanday taqsimlanadi – kvartira kimga qoladi, bolalarchi. Men boy tajriba va huquqshinoslik ma’lumotiga ega bo‘lgan holda, odamlarga konsultativ yordam hamda qonunchilik nuqtayi nazaridan har qanday savolga javob bera olaman.

- Maqsuda, qo‘lingizda bir dasta qog‘oz – hayotda yanglishgan ayollar ro‘yxati. Siz ularni jinoyatga qo‘l urishlariga nima undaganini o‘rganib chiqdingizmi?

- Shubhasiz, biz muammoni hal qilish uchun har qanday aniq holatni tahlil qilamiz. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha ayollar moliyaviy ahvolining og‘irligi tufayli jinoyatga qo‘l urishadi. Eridan ajrashgan, 2-3 nafar farzandi bor yolg‘iz ona yoki turmush o‘rtog‘i oylab xorijga ishlashga ketib, ammo bir tiyin ham jo‘natmayotgan bir vaqtda bir o‘zi oilasini boqayotgan ayolni ko‘z oldingizga keltiring. U axir nafaqat bolalarini ta’minlashi, balki ularni yedirib-ichirishi, bog‘cha va maktab pullarini to‘lash kerak-ku. Shu holatlarda ko‘pchiliklari qonundan chetga chiqib, jinoyatga qo‘l urishadi.

Mahallalar bizga ishsizlar ro‘yxatini taqdim etadi, biz esa bandlikni ta’minlash markazlariga ariza jo‘natamiz. Ko‘p hollarda bu ayollarning biror mutaxassisligi bo‘lmaydi, lekin ishlash va tayinli kasbni egallash istaklari bor. Biz hozir hokimiyat bilan birgalikda tikish va pazandachilik kurslarini tashkil qilyapmiz.

Sotrudniki militsii okolo zdaniya SUMa v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Militsiya politsiyaga aylantirilsa, nima o‘zgaradi? Ekspertlar fikri

Mana (surat va hisobotlarni ko‘rsatadi) yaqinda ikkita farzandi bor Umidaga yordam berdik. Uning o‘zi majruh, shuning uchun hamma joyda ishlolmaydi. Lekin biz ayolning chiroyli to‘qish qobiliyati borligini bildik. Umidani yigirilgan ip bilan ta’minlash uchun homiylar bilan kelishishga muvaffaq bo‘ldik. U o‘zi to‘qigan mollarni sotib, daromad olishi mumkin. Men unga mahallada to‘qish kurslarini ochishini ham maslahat berdim. Ishonchim komilki, bu hunarni o‘rganmoqchi bo‘lgan qizlar topiladi.

Bunday yondashuv yordam tariqasidagi mablag‘ yordamidan ancha yaxshiroq – inson uning mehnati talabgar ekanini ko‘radi. Bu unga nafaqat pul, balki quvonch va o‘z mashg‘ulotidan lazzat olib keladi.

Men Umidani qo‘llab-quvvatladim va unga faqat olg‘a intilishini aytdim. Biz esa barcha kerakli yordamni ko‘rsatishga tayyormiz.

- Siz ro‘yxatga olinganlar orasida yengiltak ayollar ham borligini aytib o‘tdingiz. Ular bilan qanday ish olib boriladi?

- Biror muammoni hal qilish uchun uning negiziga nazar solish kerak – nima uchun bunday bo‘ldi, qaysi holatlar ayolni bu ishga undadi, u qanday hayot kechiradi. Shunga o‘xshash ayollarning uyiga kelib, haqiqiy sabab nimada ekanligini darhol anglaysan.

Har bir alohida holat bo‘yicha turlicha ish olib boramiz. Avvaliga vaziyatni o‘rganamiz, undan keyin esa insonni to‘g‘ri hayotga qanday qaytarish mumkinligi haqida qaror qabul qilamiz.

Spesproyekt Obuchenie planshetnoy gramote dlya lyudey starshego vozrasta v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek militsionerlariga fuqarolar shaxsini aniqlash uchun planshetlar beriladi

Fohishalik bilan shug‘ullanayotgan qizlarning ko‘pchiligi poytaxtga viloyatlardan kelishgan. Aksariyat hollarda ular ota-onalariga enaga, kasalga qarovchi bo‘lib yoki restoranda ishlab pul topabman, deb aytishadi, yoki bo‘lmasa, o‘qiyapman, deb aldashadi.

Biz birinchi navbatda shunday qizlarni uylariga, oilalariga qaytarishga harakat qilamiz. Agar ko‘nmasalar, ish bora-bora jinoiy tus olsa, qonun buzuvchilarning o‘zini ogohlantirgandan so‘ng bu masalani mahalla muhokamasiga qo‘yamiz. Fuqarolar yig‘inida bu qizlarning ota-onalariga qizlari haqiqatdan nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida xabar qilishadi. Qishloq joylarida esa, o‘zingiz bilasiz, or-nomus juda kuchli.

Shundan keyin ko‘pchilik ish topish uchun uyiga qaytishga majbur bo‘ladi. Ular orasida keyinchalik ishlab, jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun oliygohga hujjat topshiradiganlari ham yo‘q emas.

- Oilaviy muammolarni qanday hal qilasiz?

- Bizda muammoli olilalar ro‘yxati bor. Ulardan psixolog yoki voyaga yetmaganlar bo‘yicha inspektor bilan birgalikda xabar olamiz. Shunday oilaning har bir a’zosi bilan alohida suhbatlashamiz, ayniqsa, ajralish xavfi yoki zo‘ravonlik holatlari gumoni bo‘lsa.

Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!

Men huquqshunos sifatida ularning muammolarini tinglashim, maslahat berishim mumkin, lekin psixologning roli boshqa. Shuning uchun bunday uchrashuvlarning har biridan so‘ng psixolog menga biz xabar olgan ayol xususida tavsiyalar beradi, masalan, u qanday holatda, o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bor-yo‘qligi va boshqa xususda aytadi. Shular asosida bu vaziyatda qanday yordam berish kerakligi haqida qaror qabul qilamiz.

Shuni qayd qilmoqchimanki, bizning barcha yettida mahallamizda o‘tgan yili va joriy yilning ikki haftasi mobaynida birorta ham o‘z joniga qasd qilish holatlari kuzatilmadi.

Bundan tashqari, biz ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari ishlashga ketgan oilalarni alohida nazorat ostiga oldik. Bu tegishlicha e’tibor yoki moliyaviy yordamsiz qolgan ayollar va bolalarga zudlik bilan yordam berish maqsadida tashkillashtirilgan.

- Odamlarning ishingizga bo‘lgan munosabati qanday? Ular bilan til topishish imkoni bo‘lyapdimi?

- Men so‘ngi bir oy ichida juda ko‘p xulosalar chiqardim: inson o‘z ishini, kasbini sevsa, u ko‘p narsalarga erishishi mumkin ekan. Uyma-uy yurib, odamlarga oz bo‘lsada yordam berganimda, ular ko‘zlarida jiqqa yosh bilan minnatdorlik bildirishadi. Odamlardan keyingi paytlarda: "Nahotki, siz, militsiya xodimlari shunday bo‘lishingiz mumkin?", degan gaplarni juda ko‘p eshitayapman. Tan olaman, ko‘p yillar davomida kabinetda o‘tirib ishladim, lekin bir dasta qog‘oz bilan ishlash boshqa ekan, xalqning ichiga kirib borib ishlash va ularning turmush tarzini ko‘rib, xulosa chiqarish boshqa ekan. Biz endi xalqning tashvish va muammolarini tushuna boshladik. Men o‘zimni haqiqatdan foydali inson ekanligimni his etib, hatto kichik yutuqlarimdan ham sevinishni o‘rgandim.

O‘zbek militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev militsiya xodimlari nega xalqqa yaqinlashtirilganini tushuntirdi

- Siz o‘zbek ayollariga hayotning qiyin vaziyatlariga tushib qolmasliklar uchun qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

- Birinchi navbatda ayollarimiz o‘z farzandlariga ko‘proq vaqt ajratishlarini istardim. O‘zim ikki farzandni tarbiyalayman, shu bois mamlakatimiz kelajagi va davlatimizning ijtimoiy farovonligi yosh avlodga bog‘liq ekanini juda yaxshi bilaman.  

Agarda ayollarda muammolar yuzaga kelsa, eshigimiz hamisha ochiq. Biz allaqachon yigirma to‘rt soatli rejimga o‘tganmiz, kelishsin, bizning mutaxassislarimiz ularga yordam berishadi. Biz bu yil ro‘yxatda turgan hamma ayollarni ish bilan ta’minlashni, turmush qurmagan yoki yolg‘izlarni turmushga berishni, eng asosiysi esa ular hayotiga sog‘lom muhitni kiritmoqchimiz.

Yangiliklar lentasi
0