Mirziyoyev o‘zbek militsiyasi qanday bo‘lishi kerakligini aytdi

© AP Photo / Mikhail MetzelUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident yosh kadrlarda tanqidiy tahlil, intizom, halollik, vatanparvarlik, tashabbuskorlik, shaxsiy javobgarlikni shakllantirish kerakligini aytdi

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni o‘tkazilgan mamlakat tinchligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarini o‘qitish, ularning kasbiy mahoratini va madaniyatini muntazam oshirib borish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Zamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Jo‘rayev militsiya xodimlarining asosiy kamchiligini aytdi

"Huquqni muhofaza qilish sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi eng yangi yondashuvlarga asoslanishi, ular shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon va shart-sharoitlarga mos bo‘lishi zarur. Yosh kadrlarda tanqidiy tahlil, intizom, halollik, vatanparvarlik, tashabbuskorlik, shaxsiy javobgarlikni shakllantirish kerak", – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga rahbarlar tayinlashda butunlay yangicha mexanizm joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Unga muvofiq, nomzodlar ma’lum muddat davomida maqsadli indikatorlarga erishish sharti bilan lavozimga tayinlanishi, shartlar bajarilmagan taqdirda shartnoma muddati uzaytirilmasligi lozimligi belgilandi.

Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarda huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish jinoyatchilikning oldini olishda muhim omil bo‘ladi. Lekin huquqiy targ‘ibot ko‘pincha eskicha usullar, majlisbozlik va yuzaki ma’ruzalardan iborat bo‘lib qolayotgani sababli to‘la samara bermayapti. Shu bois Adliya vazirligiga Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kadrlar masalalari ham ko‘rildi. O‘z xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ko‘plab rahbarlar qat’iy ogohlantirildi, ayrimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Yangiliklar lentasi
0